Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Sug‘urtalangan mol-mulkka bo‘lgan huquqlarning sug‘urtalovchiga o‘tkazilishi



Download 0,5 Mb.
bet230/324
Sana31.03.2022
Hajmi0,5 Mb.
#520875
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   324
Bog'liq
Fuqorolik kodeksi 2 qism

958-modda. Sug‘urtalangan mol-mulkka bo‘lgan huquqlarning sug‘urtalovchiga o‘tkazilishi
Mol-mulk sug‘urta qilinganda sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) sug‘urta hodisasi yuz berganidan keyin sug‘urtalovchining roziligi bilan sug‘urtalangan mol-mulkka bo‘lgan o‘z huquqlarini unga o‘tkazishi va sug‘urta tovonini sug‘urta pulining to‘liq hajmida olishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 45-son “Sudlar tomonidan sug‘urta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 13.5-bandi.
959-modda. Qayta sug‘urta qilish
Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi o‘z zimmasiga olgan sug‘urta tovonini yoki sug‘urta pulini to‘lash xavfi uning tomonidan to‘liq yoki qisman boshqa sug‘urtalovchida (sug‘urtalovchilarda) u bilan tuzilgan qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanishi mumkin.
Qayta sug‘urta qilish shartnomasiga nisbatan, agar qayta sug‘urta qilish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu bobning tadbirkorlik xavfini sug‘urta qilish borasida qo‘llanishi lozim bo‘lgan qoidalari tatbiq etiladi. Qayta sug‘urta qilish shartnomasini tuzgan sug‘urta shartnomasi (asosiy shartnoma) bo‘yicha sug‘urtalovchi keyingi shartnomada sug‘urta qildiruvchi hisoblanadi.
Qayta sug‘urta qilishda sug‘urta tovonini yoki sug‘urta pulini to‘lash uchun asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchi oldida ushbu shartnoma bo‘yicha sug‘urtalovchi javobgar bo‘lib qolaveradi.
Biroq asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanuvchi hisoblangan sug‘urta tashkiloti sug‘urta hodisasi yuz berishidan oldin tugatilgan taqdirda, uning ushbu shartnoma bo‘yicha huquq va majburiyatlarining qayta sug‘urta qilingan qismi qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchiga o‘tadi.
Ikki yoki bir nechta qayta sug‘urta qilish shartnomalarini ketma-ket tuzishga yo‘l qo‘yiladi. Bunday shartnomalarning har biri keyingi qayta sug‘urta qilish shartnomasiga nisbatan asosiy sug‘urta shartnomasi deb hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 27-dekabrdagi 111-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Qayta sug‘urta qilish xizmatlari ko‘rsatishning yagona talablari va standartlari to‘g‘risidagi Nizom”.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 45-son “Sudlar tomonidan sug‘urta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 21-bandi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish