Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari] 3-kichik bo‘lim


-modda. Mulk huquqining sotuvchi ixtiyorida saqlanib qolishi



Download 0,5 Mb.
bet17/324
Sana31.03.2022
Hajmi0,5 Mb.
#520875
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   324
Bog'liq
Fuqorolik kodeksi 2 qism

424-modda. Mulk huquqining sotuvchi ixtiyorida saqlanib qolishi
Oldi-sotdi shartnomasida sotuvchining sotib oluvchiga topshirilgan tovarga mulk huquqi tovar haqi to‘langunga yoki boshqa holatlar yuz bergunga qadar saqlanishi nazarda tutilgan hollarda, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki u tovarning vazifasidan va uning xususiyatlaridan kelib chiqmasa, sotib oluvchi mulk huquqi o‘ziga o‘tguncha tovarni o‘zgaga berishga yoki boshqacha tarzda tasarruf etishga haqli emas.
Topshirilgan tovarning haqi oldi-sotdi shartnomasida belgilangan muddatda to‘lanmaganda yoki mulk huquqi sotib oluvchiga o‘tadigan boshqa holatlar yuz bermaganda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, sotuvchi sotib oluvchidan tovarni qaytarib berishni talab qilishga haqli.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.02 Chakana oldi-sotdi]
2-§. Chakana oldi-sotdi
425-modda. Chakana oldi-sotdi shartnomasi
Chakana oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan sotuvchi sotib oluvchiga shaxsiy maqsadlarda, ro‘zg‘orda yoki tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalaniladigan tovarni topshirish majburiyatini oladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo Qoidalari” 3-bandining ikkinchi xatboshisi.
Chakana oldi-sotdi shartnomasi ommaviy hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 358-moddasi.
426-modda. Tovarning ommaviy ofertasi
Chakana oldi-sotdi shartnomasining barcha muhim shartlarini o‘z ichiga olgan holda tovar reklamasi, kataloglar, shuningdek tovarning nomuayyan shaxslar doirasiga qaratilgan boshqa ta’riflari orqali tovar taklif qilish ommaviy oferta deb hisoblanadi (ushbu Kodeks 369-moddasining ikkinchi qismi).
Tovarlarni ko‘rgazmaga qo‘yish, ularning namunalarini namoyish qilish yoki savdo bo‘layotgan joyda sotilayotgan tovarlar haqida ma’lumotlar (ta’riflar, kataloglar, fotosuratlar va hokazolar) berish, sotuvchi tegishli tovarlar sotishga mo‘ljallanmaganligini aniq belgilagan hollardan tashqari, narxi va oldi-sotdi shartnomasining boshqa muhim shartlari ko‘rsatilgan-ko‘rsatilmaganidan qat’i nazar, ommaviy oferta deb hisoblanadi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish