Xizmat qiluvchi tabiiy quvvatlar
Xizmat qiluvchi tabiiy quvvatlar ham jigarda joylashgan bo`lib, u xizmat
qilinuvchi tabiiy, ya`ni oziqlantiruvchi quvvatga xizmat qiladi. U bajaradigan
faoliyatiga qarab besh turga bo`linadi.
Xizmat qiluvchi tabiiy quvvatlar
Tortuvchi
Ushlab
turuvchi
Hazm
Qilish
Ajratish
Haydash
Ovqat hazmining jigarda kechuvchi uchinchi bosqichi shu xizmat qiluvchi
tabiiy quvvatlarning faoliyati bilan bog’liqdir:
Tortuvchi quvvat ovqat hazmining ikkinchi bosqichida ichaklarda hosil
bo`lgan ximusni masoriqo( ichak tutqichi) qon tomirlari orqali jigarga tortish
vazifasini bajaradi va bu ishni o`zi turgan a`zodan birinchi tortilgan nozik tolalar
yordamida amalga oshiradi.
Ushlab turuvchi quvvat- organizm uchun foydali bo`lgan moddalarni
o`zgartiruvchi va ulardan ozuqa oluvchi quvvatning hukmi ostida ushlab turish
vazifasini o`taydi.Ushbu vazifani o`zi joylashgan a`zodagi qiyshiq tolalar
yordamida bajaradi.
65
Hazm qiluvchi quvvat - jigardagi o`zgartiruvchi quvvat yordamida
ximusning sifatini o`zgartirib, yangi mizojli ozuqa, xilt va kaymusni hosil qilish
vazifasini bajaradi.
Ajratuvchi quvvat- ximusdan hosil bo`lgan xilt, kaymus va hazm
jarayonining chiqindilari bo`lgan suvlik moddalarni haydash quvvatiga tayyorlab
berish uchun xizmat qiladi. Ya`ni, quyuq narsalarni suyultirish, suyuq narsalarni
mo`tadil quyuq holatga keltirish, yopishqoq narsalarni parchalab yetiltirish, tabiiy
qon va balg’am xiltini, yuqori kovak vena qon tomiriga, safro xiltini bir qismini
ajratib o`t yo`llariga, savdoni esa jigar bilan taloq o`rtasidagi yo`lga va umuman
hazm jarayonida yaroqsiz chiqindilarni suvli ajratmalar sifatida ajratadi.
Haydovchi quvvat- iste`mol mahsulotining hazm jarayonidan so`nggi hosil
bo`lgan oraliq va oxirgi mahsulotlarni yuqorida ta`kidlangan maxsus yo`llarga
haydalib borishini ta`minlaydi.
Xizmat qiluvchi tabiiy quvvatlarni harakatlantiruvchisi va boshqaruvchisi
tabiiy ruh bo`lib, ularning vazifasini to`liq bajarish uchun to`rt kayfiyat, ya`ni
issiqlik, sovuqlik, quruqlik va ho`llik xizmat qiladi.
Issiqlik xizmati beshala xizmat qiluvchi tabiiy quvvat uchun umumiy
bo`lsada, lekin har bir quvvat uchun alohida ahamiyatga ega. Sovuqlik esa o`z zotiga
ko`ra hamma quvvatlarga qarshi turadi, chunki hamma quvvatlarning ishlari harakat
bilan bo`ladi. Sovuqlik kayfiyati bilan barcha harakatlarga qarshi xizmat qiladi.
Ho`llik va quruqlik kayfiyatlari barcha harakatlarga bevosita emas, balki bilvosita
ta`sir qiladi. Quvvatlarning ishlari harakat bilan bo`ladi. Bu holat tortish va haydash
ishlarida ravshan ko`rinadi. Hazm quyuq va qattiq bo`lgan narsalarni bo`laklarga
ayirib, suyuq va yumshoq narsalarni qo`shish bilan tugal bo`ladi. Bu ishlar ajratish
va aralashtirish harakatlari bilan amalga oshadi.
Tortish quvvatining o`z ishini tugal bajarishda issiqlik kayfiyatiga zarurati
ko`proq, chunki issiqlik oziq moddalarni ko`proq tortishga yordam beradi.
66
Quruqlik kayfiyati esa tortish quvvatiga harakat uchun lozim bo`lgan
chidamlilikni zo`rayishini vujudga keltiradi.
Ushlab turuvchi quvvat o`z ishini tugal bajarishda sovuqlik va quruqlik
kayfiyatlari xizmat qiladi:
Sovuqlik ushlab turuvchi quvvatning ta`sirini saqlaydi.
Quruqlik sifati moddani tutish uchundir, ya`ni ushlab turuvchi quvvatning o’z
ishini tugal bajarishda quruqlik kayfiyatiga zarurati ko`proqdir.
Hazm qiluvchi quvvat faoliyatida issiqlik va ho`llik kayfiyatlari xizmat qiladi.
Issiqlik, ta`kidlaganimizdek barcha quvvatlarni harakatlantiruvchisidir. Ho`llik
kayfiyati esa hazmda oziqni oqizish va uni shakl olishiga yordamlashadi.
Ajratuvchi quvvat faoliyatida issiqlik, quruqlik va sovuqlik kayfiyatlari
xizmat qiladi. Issiqlik hamma quvvatlarning harakatlantiruvchisi bo`lish bilan
birga hazm mahsulotlarini ayrim - ayrim guruhlarga ajratadi. Ushbu vazifani
bajarishda unga quruqlik bilan sovuqlik yordamlashadi.
Haydash quvvatining faoliyatida ham issiqlik, quruqlik va sovuqlik
kayfiyatlari xizmat qiladi. Issiqlik, yuqorida izohlaganimizdek barcha
quvvatlarning harakatlantiruvchisi bo`lib xizmat qilsa, quruqlik bu quvvatga
hazm ajralmalarini oz miqdorda quyultirish uchun xizmat qiladi. Sovuqlik esa,
chiqindilarni haydashga yordam beradigan yellarni sovutib, quyultiradi va
ko`ndalang siquvchi tolalarni to`dalab zichlashtiradi. Jigardan hazm
bosqichidagi oxirgi mahsulotlarni o`ziga xos yo`llarga haydaydi.
Mavzu savollari
1. Inson organizmini sharqona tabobat usulida urganish
2.Asosiy va yordamchi organlar haqida tuincha berish
3.Qurol a’zolar vazifalari haqida tushuncha berish
4.Xizmat qiluvchi a’zolar,vazifalari haqida tushuncha berish
5.Foydali va mutlaq ish bajaruvchi a’zolar haqida tushuncha berish
67
Do'stlaringiz bilan baham: |