Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

Qimirlaydigan tish 
Goho  tish  yiqilish  yoki  urilish  kabi  tashqi  sabab  bilan  qimirlaydi,  goho  tishni 
mahkam tutib turuvchi asabni bo’shashtiradigan rutubat sababli qimirlab qoladi, 
lekin  tish  to’laligicha  qoladi  va  mo’rt  bo’lmaydi.  Goho  tish  o’sib  chiqadigan 
joylarning  yeyilishi  sababli  qimirlaydi.  Yeyilish  o’sha  joylarni  kengaytirib 
qo’yadi  va  tishni  kichraytirib  xipcha  qilib  qo’yadi.  Yoki  tish  darz  bo’lgan 
bo’laklarning  sinib  tushishi  sababli  qimirlaydi.  Goho  qimirlash  quruq 
mizojlilikning  zo’rayishi  sababli  bo’ladigan  tish  ozishidan  bo’ladi.  Masalan, 
shunday hol kasallikdan turgan kishilarda, keksalarda, ketma-ket och qolgan va 


230 
 
ovqat  yetishmagan  kishilarda  yuz  beradi.  Goho  milk  etlarining      yetishmasligi   
sababli   bo’ladi. 
Davolash.  chaynashdan  saqlanish,  kam  so’zlash,  o’sha  tishlarga  qo’l  va  tilni 
tegiza bermaslik kerak. Umuman chaynaladigan narsalarni mumkin bo’lganicha 
qo’yib  turib,  ichiladiganlariga  o’tish  kerak.  Agar  qimirlashga  tishning  yeyilishi 
sabab bo’lsa, yeyilishga qarshi davo qilinadi: burishtirib mahkam qiluvchi og’iz 
chayiladigan,  ishqalanadigan  va  boshqa  xil  tish  dorilari  ishlatiladi.  Agar 
qimirlashga tishning ozg’inligi sabab bo’lsa, ovqatlar bilan chora qilinadi. Biroq 
buni  davolash  qiyin.  Keyin  tishni  qo’llovchi  dorilardan  yopishtiriladigan, 
ishqalanadigan va gul yog’i, tol yog’i va ituzum bargining shirasi kabi  quloqqa 
tomiziladiganlari bilan,  hatto burishtiruvchilari bilan davolanadi. Tish oriqlagan 
bo’lsa,  ovqatlarning  ta'siri  bo’lmaydi  ular  tishlarni  tezlik  bilan  semirtira 
olmaydi.Shu  paytda  burishtiruvchi  sovuqlik  narsalar  bilan  davolash  kerak.  Tish 
qimirlashi  urilishdan  paydo  bo’lganda  ham  shunday  tadbir  qilinadi.Tish 
bo’shashtiruvchi  rutubatdan  qimirlasa,  burishtirib  qizdiruvchi  dorilar  bilan 
davolash kerak. Masalan,  kunor va sarv daraxtining bargi qaynatilgan suv, yoki 
achchiqtosh  uning  yarmisiga  tuz  solib  qaynatilgan  mayiz  sharobi,  yoki  Eron 
qavragi qaynatilgan suv bilan og’iz chayqaladi. 
Yopishtiriladigan  dorilardan  quyidagilarni  ko’rsatish  mumkin:  ikki  dirham 
achchiqtosh va bir dirham tuzni tishning tagiga yopishtiriladi. Yoki zaytun yog’i 
bilan birga mis to’polini, yana chuchukmiya va sarv po’stining har biridan to’rt 
dirham  va  achchiqtoshdan  bir  bo’lak  olib  yopishtiriladi.  Yoki  yulg’un 
daraxtining kuli va tuzdan barobar bo’lakni, yoki tog’ echkisining kuygan shoxi, 
asal  bilan  qorib  kuydirilgan  tuz  va  kuydirilgan  xurmoning  har  biridan  o’n 
dirham,  murr,  za'faron,  sunbul  va  mastakining  har  biridan  ikki  bo’lak;  quruq 
gazago’t, tatim va anor gulining har biridan uch bo’lak olib, shu tarkibdan tishga 
ishqalanadigan va yopishtiriladigan  dorilar tayyorlanadi. Shuningdek sabr, sariq 


231 
 
zok  va  to’pol  bilan  aralashtirilgan  burishtiruvchi  narsalar  ham  ishlatiladi. 
To’poloq  gul,  xushbo’y  sunbul,  andaron  tuzi,  yulg’un  bujuri  va  tog’  echkisi 
shoxining  kuydirilganidan  barobar  bo’laklar  olib  tayyorlangan  murakkab  dori 
ham shu xil tishlarning qimirlashiga va boshqa kasalliklarga qarshi foyda qiladi. 
Milk  etining  yetishmasligi  sababli  bo’ladigan  tish  qimirlashi  uchun  Yaman 
achchiqtoshi,  kuydirilgan  ud  cho’pi,  to’poloq,  anor  guli  va  tatimdan  dori  qilib 
ishqalanadi. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish