Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

          Usora  -  o`simlikni  xoxlagan  sifatli  qismi  olinib,  kichkina  bo`laklarda 
maydalanib,  keyin  yanchiladi,  so`ngra  qo’goz  xaltalarga  solib  siqib,  shirasi  ajratib 
olib, chinni yoki  sopol lagan yoki likopchalarga solib quyoshda ustini xarir  ipakdan 
qilingan  yupqa  mato  bilan  yopib  qo`yiladi,  toki  lagan  yoki  likopchadagi    shiraning 
suv qismi bug’lanib, quyuqlashib, qiyom holiga kelsin.  
         Buxoro  xalqi  bu  qiyomni  umumiy  qilib  ochor  deydi,  chunki  o`tmishda 
Buxoro  xalqi  uzum,  qovun,  shaftoli,  o`rik,  tut  kabi  mevalardan  shu    usulda  qiyom 
olib  qishda  iste`mol  qilganlar.  Quyosh  nuri  ta`sirida  tayyorlab  olingan  qiyom  - 
ochorni  usora  deyiladi.  Ular  sopol,  chinni  idishlarda  keyingi  vaqtda  esa  shisha 
idishlarda saqlangan. 
        Rubb - yuqorida zikr qilinganidek, o`simlik mahsulotlarining shirasi ajratib 
olingandan  so`ng,  shu    shira  mis  qozonlarga  solib  uncha  katta  bo`lmagan  alanga 
ta`sirida  qaynatiladi.  Toki  shira  tarkibidagi  suv  bug’lanib,  qiyom  holiga  kelsin,  bu 
uslubda olingan qiyom rubb deyiladi.   O`tmishda  Buxoro  ahli  uzum,  nayshakar, 
qand lavlagi shirasini ajratib olib katta mis qozonlarga solib sekin qaynatib qiyomga 
kelishidan  oldin  gulob  qo`shib, so`ngra  shirani  tindirib  olganlar.  Gulob  qo`shish    7 
marotaba  takrorlangan,  so`ngra  esa  shirani  qaynatib  qiyom  holiga  keltirib,  undan 
shirinliklar  tayyorlaganlar.  Gulob  qumi  bu  texnologik  jarayonda  sorbent  vazifasini 
o`tab, shira tarkibidagi boshqa zararli moddalarni o`ziga jamlab oladi. 
         Tayyorlangan  qiyom  -  rubb  chinni,  sopol,  yaxshisi  shisha  idishlarga  solib 
saqlanadi. 
                            Taryoqlar  va  katta  ma`junlar  


150 
 
Taryoqlar  murakkab  dorilarning  eng  yaxshisi  va  afzali  bo`lib,taryoqning  eng 
yaxshi  xili  katta  taryoq  bo`lib,  u  taryoqi  foruq    deb  ataladi.  Bu  dori  kasallikni 
sog’likdan,  o`limni  hayotdan  ,  zaharni inson  tabiatidan  ajratgani  uchun  unga  foruq  
nomi berilgan, ya`ni ayiruvchi taryoq ham deyiladi. 
Birinchi marta Rim imperatori saroy tabibi Andramax taryoqni kashf etgan. 
   Taryoqi  foruq -   murakkab dorilarning eng yaxshi va  eng afzalidir,    chunki  
u    ko`p    narsalarga      foyda  qiladi,  xususan  ilon,  chayon  va  quturgan  it  zahariga 
ichilgan o`ldiruvchi zaharlarga, shuningdek, balg’amda hamda savdodan bo`ladigan 
kasalliklarga  va  ularning  isitmalariga,  yomon  bodlar,  falaj,  sakta,  tutqanoq,  yuz 
falaji,  qaltiroqlik,  vasvasalik,  jinnilik,  ayniqsa  moxov  kasalligiga  hamda  peslikka 
foyda qiladi. 
Bu  taryoq  yurakni  tetiklashtiradi,  hislarni  o`tkirlashtiradi,  ishtahalarni 
qo`zg’atadi, me’yordan kuchaytiradi, nafas olishni kuchaytiradi, xafaqonni ketkazadi 
va  qon  tuflashni  to`xtatadi,  buyrak  va  qovuqning  ko`pchilik  og’riqlariga,  hamda 
ulardan  turli  narsalarning  oqishiga  qarshi  ham  foyda  qiladi,  toshni  maydalaydi, 
shuningdek,  ichak  yaralariga,  jigar,  taloq  va  boshqa  a`zolarda  bo`ladigan  ichki 
qattiqliklarga  ham  foyda  qiladi.  Taryoq  bu  ta`sirlarni,  o`z  tarkibidagi  sodda 
dorilarning  aralashuvidan  kelib  chiqadigan  suratining  xususiyati  tufayli  amalga 
oshiradi,  chunki  u  ruh  bilan  tug’ma  haroratni  kuchaytiradi  va  shu    orqali  inson 
tabiatiga  sovuqlik  va  issiqlikka  qarshi  turishda  yordam  beradi.  Bu  dori  uchun  eng 
yaxshi nusxa Andromaxning  dastlabki asl nusxasidir. Jolinus va  ko`pgina tabiblar 
kunning  tarkibini  orttirish  yoki  kamaytirishga  urinib  ko`rganlar,  buni  ular  biron 
zarurat  yoki  kuchli  sabab  tufayli  qilmaganlar,  balki  nomlari  zikr  etilsin  va  ulardan 
ham  Andromaxdan  qolgani  kabi  yodgorlik  qolsin  degan  umidda  qilganlar.  Tajriba 
natijasida  najot  beruvchi  bo`lib  chiqqan  tarkibdan  hech  narsani  o`zgartirmaslik 
durustroq  bo`ladi.  Taryoqni  shu    xil  vaznda  tarkib  qilish  zarurligi  tajribaning 
taqozosidir.  Agar  undagi  tarkibiy  qismlarning  vazni  o`zgartirilsa,  u  bunchalik 


151 
 
xususiyatga  ega  bo`lolmaydi.  Agar  biror  kishi  taryoq  qismlarining,  o`sha  xildagi 
vaznlari  nima  uchun  taryoqda  shu    xil  xususiyatni  keltirib  chiqarish  sababini 
bilaman,  deb  da`vo  qilsa,  u  kishi  rad  qilinadigan,  yolg’on  narsani  da`vo  qilgan 
bo`ladi;  u  xuddi  biror    kishining  ot,  inson  va  boshqalardagi  sodda  unsurlarning 
vaznlarini bilishni da`vo qilganiga o`xshaydi. 
Taryoqning  bolalik,  o`smirlik,  yoshlik,  qarilik  va  o`lish  davrlari  bor.  U  olti  oy 
yoki  bir  yil  o`tgandan  keyin  bolalik  davrida  bo`ladi,  keyin  u  o`sa  va  orta  borib, 
nihoyat  issiq  mamlakatlarda  o`n  yildan  keyin,  sovuq  mamlakatlarda  esa,  yigirma 
yildan  keyin  o`sishdan  to`xtaydi.  So`ngra  u  o`n  yoki  yigirma  yil  davomida  to`xtab 
turadi, keyin yigirma yoki qirq yildan so`ng  kuchi kamayib  boradi. Nihoyat, uning 
taryoqligi  o`ttiz  yoki  oltmish  yildan  keyin  yo`qoladi  va  u  taryoqlik  darajasidan 
tushgan  ma`junlarning  biriga  o`tadi,  qisqacha,  taryoqning  tarkibiga  64  xildan  ortiq 
dorivor  moddalar  qo`shilgan  bo`lib,  ta`sir  etishiga  qarab  taryoqning  -  6  oydan  1 
yilgacha  bolalik  davri  bo`ladi,  keyin  u  o`sa  borib,  o`smirlik,  yoshlik,  qarilik 
davrlarini  o`tab  10-20  yildan  so`ng  kuchi  kamayib,  30-60  yildan  so`ng  oddiy 
ma`junga aylanadi. 
Biror  narsa  chaqqan  kishiga  taryoqning  yangi  va  kuchlisini  ichirish  kerak, 
boshqalarga esa zaifrog’i ichiriladi. Ko`pincha. biror narsa chaqqanda kishiga yangi 
taryoqdan  yarim  misqoldan  bir  misqolgacha    ichirishga  to`g’ri  keladi.  Taryoqning 
yangi va kuchlisini eski,  kuchsiz va yomonidan ajratadigan sinovlardan biri shuki, 
bir  kishiga  birorta  surgi  ichirib,  ichi  surilishi  kutib  turiladi,  ichi  surilgach,  taryoq 
ichiriladi, agar u ichni to`xtatsa, demak, u yangi va yaxshi taryoq, bo`lmasa  yomon 
taryoq  hisoblanadi.  Jolinus  eslatib  o`tgan  sinovlardan  biri:  masalan,  yovvoyi 
xo`rozni  tutish  lozim,  chunki  uning  mizoji  uyda  boqiladigandan  ko`ra  quruqroq 
bo`ladi, menimcha, bu erkak qirg’ovul bo`lsa kerak, keyin u biror zaharli hasharotga 
chaqtiriladi,  keyin  unga  taryoq  ichiriladi,  agar  u  tirik  qolsa,  taryoq  yaxshi 
hisoblanadi,yoki, taryoqni afyun, sassiq alaf va boshqa narsalar ichgan odamga berib 


152 
 
ham sinab ko`rish mumkin. Ayrim og’ir kasalliklarda esa, u faqat o`lim  muddatini 
bir oz kechiktiradi xolos deydi  ba`zi tabiblar va bunga mushk dorisi boshqa hamma 
narsadan ko`ra foydaliroq bo`lsa kerak  deydilar. 
  Har  bir  ayrim  kasallikda  taryoqdan  qancha  ichirish  kerakligiga  kelsak,  shuni 
aytish  kerakki,  eski  yo`tal,  ko`krak  va  biqin  ogrig’ida  undan  bir  misqol 
miqdoridagisini asal suvi bilan yoki kasalning isitmasi bo`lsa, gulob bilan ichiriladi. 
Davriy  qaltiratuvchi  isitma,  sovuqlik  va  qusishning  dastlabki  davrida  taryoqdan  bir 
misqol  miqdoridagisi  uch  uqiyadan  kam  bo`lmagan  va  to`rt  yarim  uqiyadan  ortiq 
bo`lmagan  suv  yoki  sharob  bilan  ichiriladi.  Qulanjga  uchragan,  me`da  yarasi  va 
ichagi  burab  og’riydigan  kishilarga  bir  misqol  miqdoridagisi,  bilganingdek,  asal 
suvida  yoki  gulob  bilan  ichiriladi.  Ishtahasi  kamaygan  kishiga  ham,  o`zing 
bilganingdek,  suv  yoki  sharob  bilan  ichiriladi,  taryoqdan  bir  misqolni  tuyog’o`t 
qaynatmasi bilan ichiriladi. Istisqoda bir misqol  taryoq  ovqatdan oldin  yo’tqiziladi  
yoki    bir    yarim  uqiya  miqdordagi      suyultirilgan  sirkadan  ichiriladi.      Qon 
tuflaydigan  kishiga  esa,  agar  kasallik  yaqinda  boshlangan  bo`lsa,  taryoqdan  bir 
misqolchasi suyultirilgan sirkada ichiriladi, agar kasallik eski bo`lsa, o`sha miqdorni 
bir oz ko`paytirib, ertalabki va kechqurun ichiriladi. Ovozi bo`g’ilib qolgan kishiga 
bir chayqash miqdordagi taryoqni asalli suv yoki uzum shinnisi bilan ichiriladi, yoki 
til tagida tutib turishga buyuriladi. Ichak yaralari va ichdan qon ketishga qarshi yoki 
tatim suvi bilan, nafas qisishga qarshi esa, bir uqiyadan kamroq oq piyoz sikanjubin 
bilan  ichiriladi.  Tutqanoqda  taryoq  bilan  tomoq  chayiladi,  keyin  chorak  misqoldan 
yarim misqolchasini suvda yoki dengiz piyozi sikanjubinida ichiriladi; bosh og’rig’i 
va shaqiqada  ham shunday qilinadi. 
Agar  taryoq    kashnich  qaynatmasi  bilan  ichirilsa,  qovuq  va  buyrakdagi  toshni 
maydalaydi.  U  hayzni  to’xtatadi  va  tabiatni  bog’laydi.    Sog’liq  vaqtlarida  taryoq 
ichib  yurgan  kishiga  zaharlar  ta`sir  qilmaydi.  U  turli  ofatlardan  saqlanadi  va  vabo 
kasalliklaridan omon qoladi. 


153 
 
   Taryoqning  sifati.  Oq  piyoz  kulchalaridan  qirq  sakkiz  misqol;  afo  iloni 
kulchalaridan    yigirma  to`rt  misqol;  andruqurun  kulchalari,  qoramurch  va 
afyunlarning  har  biridan    shunchadan  dorchindan,  ayrim  adabiyotlarda  o`n  ikki 
misqol, boshqa bir adabiyotlarda yigirma to`rt misqol; qizil guldan  o`n ikki misqol; 
yovvoyi  sholg’om  urug’i,  yovvoyi  sarimsoq,  gulsapsar  ildizi,  daraxt  po`kagi, 
chuchukmiyaning  quyultirilgan  shirasi  va  balzam  zehining  har  biridan  shuncha 
vazndan; murr, za`faron, zanjabil, rovoch, tog’ yalpizi, kanavcha, tog’ petrushkasi, 
Rum  rayhoni,  qust,  oq  murch,  uzun  murch,  kiyik  o`ti,  kundur  yelimi,  qorachayir 
guli,  saqich,  qora  seylon  dorchini,  hind  sunbuli  va  julaxlarning  har  biridan    olti 
misqoldan;  suyuq  may`a  yelimi,  petrushka  urug’i,  Rum  sassiq  qavragi,  oq  indov 
urug’i,  juvona,  kamodaryus,  kamofitus,  takasoqol  shirasi,  Iqlit  sunbuli,  sodaj, 
yovvoyi  ukrop  ildizi,  gentiana  ildizi,  arpabodiyon  urug’i,  muhr  loyi,  kuydirilgan 
sariq zok, amom, igir, balzam daraxti urug’i, dalachoy, tog’ sunbulining ildizi, arab 
yelimi,  yovvoyi  zira,  Rum  arpabodiyoni  va  arab  akatsiyasining  shirasi  -  shularning 
har  biridan  to`rt  misqoldan;  yovvoyi  sabzi  urug’i,  galban  yelimi,  yahud  mumi, 
govshir, ingichka lufo va uzun aristoloxiyalarning har biridan ikki misqoldan,- ayrim 
adabiyotlarda- uzun aristoloxiyaning  o`rniga uning  dumalog’i ko`rsatilgan. Qunduz 
qiridan,- ba`zi bir adabiyotlarda- ikki misqol,- boshqa bir adabiyotlarda- to`rt misqol 
olinadi;  eron  gavragi  haqida  ham  gap  shunday;  asaldan  o`n  ritl,  eski  xushbo`y 
sharobdan  ikki  qism  olinadi.  Dorilardan    eriydiganlari  eritiladi,    iviydiganlari  
ivitiladi,  quruqlari  esa  yanchib  elanadi.  So`ngra  hammasi    asal  bilan  qorilib,  sopol 
yoki  qalay,  yoki  kumush  idishga  solib  qo`yiladi;  Shunda  idish    to`lmasdan,  dori 
nafas  olishi  uchun,  bo`sh  joy  qoldiriladi.  Asal  va  sharobdan    tashqari      hamma   
dorilar  oltmish   to`rtta dorivor o`simlikdan iborat. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish