79
ajralib ketgan komplementar zanjirlari 65°S haroratda birmuncha vaqt saqlansa, spiral struktura
yana tiklanadi. Bu jarayon
renaturatsiya
deyiladi.
Aksariyat
genlarda
oqsillar
sintezi
haqidagi
ahborot
saqlanadi.
Oqsillar
aminokislotalardan tuzilgan universal moddalardir. Ularda reaktsiyaga kirishuvchi guruhlar juda
ko'p. Ular ko'plab strukturaviy va funktsional vazifalarni bajaradilar. Oqsillar tirik
organizmlarda kechadigan deyarli barcha jarayonlarda ishtirok etadilar; biokimyoviy
reaktsiyalarni katalizlaydilar, hujayralar orasida va ularning ichida transport vazifasini
bajaradilar va h.k.
Oqsillar tirik organizmning «qurilish materiali» bo'libgina qolmay, balki tayanch-harakat
sistemasida ishtirok etadi, infektsiya va toksinlardan himoya qiladi, moddalar sintezini
boshqaradi.
Hamma aminokislotalarning kimyoviy tuzilishi bir-biriga o'hshash; markaziy uglerod
atomiga vodorod atomi, aminoguruh, karboksil guruh va yon zanjir ulangan. 20 hil
aminokislotaning yon zanjirlari ham 20 hil; masalan, alaninda metil guruhi yon zanjir vazifasini
bajaradi.
Bir aminokislotaning karboksil guruhi va ikkinchi aminokislotaning aminoguruhi
o'rtasida peptid bog'i hosil bo'ladi. Oqsil molekulasidagi eng birinchi aminokislota erkin
aminoguruhga (N-uchi), ohirgi aminokislota esa erkin karboksil guruhga (C-uchi) ega.
Oqsil molekulasida 40 dan 1000 gacha aminokislota qoldig'i bo'ladi. Molekulasidagi
aminokislotalar ketma-ketligi va aminokislotalar turiga ko'ra oqsil har hil konformatsion shaklga
kiradi. Ko'pchilik faol oqsillar ikki yoki undan ortiq polipeptid zanjiridan iborat bo'ladi. Asosiy
funktsiyalarni bajaruvchi oqsillar ko'plab polipeptid zanjirlar – subbirliklardan tuzilgan.
Oqsildagi aminokislotalar ketma-ketligini RNK zanjiridagi nukleotidlar ketma-ketligi
belgilaydi; 3 ta nukleotid (triplet) 1 ta aminokislotani kodlaydi.
Nukleotidlar tilida yozilgan genetik ahborotni aminokislotalar tiliga o'tkazishda RNK
muhim zveno bo'lib hizmat qiladi. RNK DNK ma'lum uchastkalarida sintezlanadi.
RNK polinukleotid molekula bo'lib, DNK dan 2 ta parametr bo'yicha farq qiladi:
1.
RNK da 2 ta gidroksil guruh saqlovchi riboza bor.
2.
RNK da timin o'rnida uratsil joylashgan.
RNK ning bir zanjirli bo'lishining sabablari:
hujayraviy tuzilishga eha bo'lgan organizmlarda RNK asosida RNK sintez bo'lishini
katalizlaydigan ferment yo'q (ayrim viruslar bundan mustasno);
uratsilda metil guruh yo'q, shuning uchun u adenin bilan mustahkam bog'lana olmaydi,
buning natijasida RNK o'zining ikkinchi komplementar zanjirini «ushlab» turolmaydi.
RNK bir zanjirli bo'lgani uchun spiral bo'lib buralmagan. Uning 3 hil turi bor:
informatsion yoki matritsali RNK (iRNK yoki mRNK);
ribosomal RNK (rRNK);
transport RNK (tRNK)
Do'stlaringiz bilan baham: