62
Mashg'ulot uslubi:
Mavzu bo’yicha muloqot treningi
Mashg‘ulot maqsadi:
talabalarga biotehnologiyaning ob'ektlari bo'lgan virus, bakteriya,
zamburug‘, o‘simlik va hayvon hujayralari haqida ma'lumot berish
Mavzuning ahamiyati:
fanning tadqiqot ob'ektlari haqida dastlabki ma'lumotni olish mavzular
orasidagi uzviylikni ta'minlaydi
Ishning nazariy qismi
Viruslar
. Viruslar eng mayda organizmlar bo’lib, ularning o’lchami 20—
Ular juda mayda, hatto bakteriyalar ham o’taolmaydigan filtrlardan o’ta olganligi uchun
filtrlanuvchi viruslar
xam deyiladi. Viruslarni o’rganuvchi fan virusologiya deb
ataladi.Viruslarni 1892-yilda rus botanigi D.I. Ivanovskiy kashf qilgan. Viruslar o’zining
parazitizmi bilan boshqa organizmlardan ajralib turadi.O’simliklar, hayvonlar, bakteriyalar va
xatto zamburug'larda parazitlik qiluvchi viruslar aniqlangan.
Virusning tuzilishi deyilganda uning strukturaviy bloklardan iborat spetsifik
«qurilishi» yoki arxitektonikasi (yunoncha
archi
-boshlang'ich, dastlabki,
tecton
-usta, master)
nazarda tutiladi. Organizmdan tashqarida virus kristall ko’rinishda bo’ladi va u
virion
deyiladi. Har bir virion toza xolda bir-biri bilan kovalent bog'lanmagan nuklein kislota va
oqsildan iborat. Virion-intakt (lotincha
intactus
-tegilmagan, shikastlanmagan), yuqish
xossasiga ega virus.
Nuklein kislotalar-viruslarning irsiyat moddalari. Tarkibidagi nuklein kislota tipiga ko’ra
viruslar 2 xil: DNK saqlovchi va RNK saqlovchi viruslarga bo’linadi. RNK saqlovchi
viruslarga o’simlik viruslari, DNK saqlovchi viruslarga esa bakteriya, hayvon, odam viruslari
kiradi.
Virionning nuklein kislotasi (genomi) atrofida hosil bo’lgan oqsil qobiq
kapsid
deb
ataladi. Virion shakli (formasi) uning kapsidi bilan belgilanadi.Kapsid nuklein kislota bilan
birga nukleokapsidni hosil qiladi.
Murakkab tuzilgan viruslar qo’shimcha oqsil yoki lipoproteid qobiqlardan tuzilgan
bo’ladi. Ba'zan qobiq tarkibida ayrim uglevodlar va fermentlar ham uchraydi. Gripp, gerpes
viruslari murakkab tuzilgan viruslarga misol bo’la oladi.
Umurtqali hayvonlar viruslari 17ta oilaga, umurtqasizlar viruslari 7ta oilaga, bakteriyalar
viruslari 10ta oilaga bo’linadi. O’simlik viruslarining 20ta turi va zamburug'lar viruslarining 5ta
turi mavjud. Bu raqamlar keyinchalik o’zgarishi mumkin. Chunki bugungi kunga kelib avval
fanga ma'lum bo’lmagan yangi viruslar xam aniqlanmoqda (masalan, OITS).
1-rasm. Bakteriofag T2. 1-boshchasini berkituvchi
kapsomerlar, 2-yoqasi, 3-bo’yinchasi, 4-sterjen',
5-g'ilof, 6-ipchalari, 7-ikosaedr shaklidagi boshchasi.
Do'stlaringiz bilan baham: