Farmasevtikada boshqaruv fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Download 1,63 Mb.
bet83/369
Sana10.07.2022
Hajmi1,63 Mb.
#772520
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   369
Bog'liq
ФБМАЖМУА 2020

Nazorat savollari

  1. Farmasevtika tashkilotlari faoliyati nazoratining turlari

  2. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining davlat nazorati

  3. Nazorat idoralari

  4. Tekshiruv turlari: tekshiruv, shu jumladan taftish, muqobil tekshiruv, nazorat tartibidagi tekshiruv

  5. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining rejali tekshiruvini tashkil etish

  6. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining rejadan tashqari tekshiruvlari

  7. Auditorlik faoliyati haqida tushuncha

  8. Auditorlik tashkiloti uning huquqlari va majburiyatlari

  9. Auditorlik tekshiruvini tashkil etish

  10. Auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda cheklanishlar

  11. Farmasevtika faoliyatining ixtisoslashgan (farmasevtik) nazorati

  12. Farmasevtik nazorat bo‘limi, uning tarkibiy tuzilishi vazifalari

  13. Farmnazoratni o‘tkazish tartibi

  14. Farmnazorat natijalarini rasmiylashtirish




    1. MAVZU

FARMASEVTIKA BOZORI TIZIMIDA MARKETINGNING NAZARIY ASOSLARI

Reja:

  1. O‘zbekiston Respublikasi farmasevtika bozorini ilmiy asosda o‘rganishda marketing tizimining ahamiyati

  2. Iste’molchilarning talabiga asosan marketingning shakllari

  3. Marketing funksiyalari

  4. Marketingning asosiy tamoillari va maqsadlari

  5. Marketing muhiti

  6. Farmasevtik marketing ob’ekti sifatida dori vositalari bozorining o‘ziga xos xususiyatlari



Tayanch iboralar:marketing, remarketing, marketing muhiti, Marketing konsepsiyalari, tovar konsepsiyasi, sinxromarketing, demarketing.

Hozirgi davrda farmasevtika soxasida amalga oshgan isloxotlar asosida aholini va davolash muassasalarini dori vositalari bilan ta’minlash tizimi bozor talablariga muvofiq ravishda shakllanmoqda. Respublikamizda mahalliy farmasevtika sanoati, ulgurji farmasevtika bo‘g‘ini – distribyusiya tizimi va dorixonalar tarmog‘i tez sur’atlarda rivojlanmoqda. Farmasevtika bozorining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida bozordagi talab va taklif muvozanatini ta’minlash maqsadida dori vositalari bozorini o‘rganib, mavjud talabga muvofiq ravishda mahsulot ishlab chiqarish va sotish, mahsulotning sifatini takomillashtirish zaruriyati belgilanmoqda.


Ushbu sharoitda farmasevtika bozoridagi muammolarni hal etish uchun marketing tamoillarini qo‘llash - davr taqozosi bo‘lib qolmoqda. Farmasevtika bozorida samarali faoliyat yuritayotgan juda ko‘p tashkilot va korxonalarda marketing bo‘limlari shakllangan bo‘lib, shu vaziyatda marketing asoslari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan holda marketing faoliyatini amalga oshira oladigan mutaxassislar zarurdir. Shu sababli ushbu mavzuda marketing asoslari uchun boshlang‘ich ma’lumotlar asosida talabalarda marketing tamoillarining nazariy va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadi belgilangan.
Marketing konsepsiyalarining tarixiy rivoji
Marketing o‘z rivojida bir qadar taraqqiyot bosqichini kechdi.
1.Ishlab chiqarish konsepsiyasi, yoki ishlab chiqarishni takomillashtirish konsepsiyasi marketing taraqqiyotining birinchi davrida vujudga keldi. Uning asosida ishlab chiqarish xajmlarini oshirish va xarajatlarni kamaytirish maqsadida ishlab chiqarish texnologiyasini va uning tashkiliy asoslarini doimiy ravishda takomillashtirish g‘oyasi yotadi. Bu konsepsiya «mahsulot ustunligi» tarzida belgilanadi, va eng muhim masala yaxshi mahsulot ishlab chiqarish va uni xaridorga arzon narxlarda sotish hisoblanadi. Bunda asosiy shior - «imkon boricha ko‘proq tovar ishlab chiqar, chunki bozor talabi cheksiz» deb hisoblanadi.
2.Tovar konsepsiyasi, yoki tovarni takomillashtirish konsepsiyasi ishlab chiqarish konsepsiyasiga yaqin bo‘lib, bunda iste’molchilarning yuqori sifatli maxsulotlarga ro‘yxush berishligi sababli, tovarni takomillashtirishga aloxida e’tibor qaratiladi. Ishlab chiqarish va tovar konsepsiyalari mahsulot ishlab chiqarish xali seriyali, yalpi tus olmagan davrda maydonga kelgan edi.
3. Tijorat harakatlarini jadallashtirish konsepsiyasi, yoki sotuv konsepsiyasi. Mahsulot haqida axborot yetarli bo‘lmagan va ularga bo‘lgan talab yetarli darajada shaklllanmagan xollarda bu konsepsiya aloxida ahamiyatga ega.
4.Zamonaviy marketing konsepsiyasi maqsadli bozorlardagi extiyoj-larni o‘rganish va bu etiyojlarni raqobatchilardan ko‘ra samarali qondirish usullarini aniqlashdan iborat. Bu konsepsiyaning rivojlanishi asosida iste’molchilarga yangidan-yangi tovarlar taklif qilinib, bozorni to‘yintirish – ijobiy tomoni bo‘lsa, bu mahsulotlarni ishlab chiqarish va ishlatilishida atrof-muhitga zarar keltirilishi ham mumkinligi – salbiy tomonidir.
5.Ijtimoiy-etik marketingkonsepsiyasi – jamiyat, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning manfaatlarini muxofaza qilgan xolda iste’molchilarning extiyojini raqobatchilardan ko‘ra samarali usullar asosida qondirishni ko‘zda tutadi. Bunda iste’molchilarga va jamiyatga ziyon yetkazadigan, atrof-muhitga xavf-xatar keltiradigan mahsulotlarni ishlab chiqarishdan voz kechish zarurdir. Ijtimoiy-ahloqiy marketing bozor ishtirokchilaridan marketing siyosati doirasida uch omilni o‘zaro bog‘liqlikda xisobga olishni talab etadi, bu omillar – firma foydasi, xaridor extiyojlari va jamiyat manfaatlari.
O‘zbekiston Respublikasi farmasevtika bozorini shakllantirish va rivojlantirish ijtimoiy-ahloqiy marketing konsepsiyasi asosida amalga oshirilishi lozimdir.
Marketingning zamonaviy konsepsiyasi
Marketing «marketing» tushunchasi o‘zagini tashkil etadigan inglizcha «market» atamasidan kelib chiqib, sotuv soxasidagi faoliyat sifatida talqin etilishi mumkin. Lekin iqtisodiy faoliyat tizimi sifatida marketing keng qamrovli tushunchadir.
Marketing asosida ikkita bir-biri bilan bog‘liq va bir-birini to‘ldiradigan yondashuv yotadi. Bir tomondan bu bozorni, talabni va extiyojni har tomonlama o‘rganish, ishlab chiqarishni, mahsulotlarni bu talabga yo‘naltirish. Ikkinchi tomondan bo‘lsa, bozorga, undagi mavjud bo‘lgan talabga, extiyoj shakllanishiga faol ravishda ta’sir ko‘rsatishdir.
Bozorni o‘rganishda belgilangan yo‘nalish asosida mahsulotga yoki iste’molchiga yo‘naltirilgan marketing strategiyasi tanlanadi.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish