Bir banda bor. Allox unga, mol, bergan, ilm bermagan. Mol, tasaruffida Alloxdan qo‘rqmaydi. Molidan qarindoshlariga bermaydi. Bu esa eng yomon o‘rindir.
Bir banda bor Allox unga mol xam, ilm xam bermagan. Uaytadiki, agar Allox menga, mol, ham, ilm ham bergandaydi,falonchiga o‘xshash ish qilardim. UShu niyati bilan o‘sha kishigabarobar xisoblanadi (savob va gunoxda) (33, 79 - b).
Birinchi va ikkinchi guruxdagi kishilar ayni saxovatli insonlarqatoriga kiritiladi.
Xulq - odob xaqidagi xadislarda ezgu insoniy xislatlar ulug‘lanib,gunox sifatidagi illatlar qoralanadi. Bundan tashqari, musulmonlarga xos udumlar, urf — odatlarga oid xulq - odob qoidalari ham bayon etiladi. Turli marosimlarni o‘tkazish tartibi, safar qoidalari ham bayon etiladi. Turli marosimlarni o‘tkazish tartibi, safar qoidalari, salomatlikni saqlash, salomlashish, muomala madaniyati, bemor kishi xolini so‘rash odobi, kiyinish qoidalari, emoq - ichmoq, so‘zlashish odobi va xokazolar xaqida turli tavsiflar beriladiki, bular bevosita keyingi odob — axloq xaqidagi risolalarga ham asos bo‘la oladi.
Xadislarda jamiyatning, inson naslining rivojlanishiga ta’sir etuvchi muammolarga ham katta e’tibor berilgan. Bu muammolarning eng muximi ekologik muammo bo‘lib, necha asrlardan buyon o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan: ekinlarni ximoya etish, ariq -zovurlar o‘tkazib, suv chiqarish kabi ezgu ishlar xam rivoyat qilinadi. Masalan, tirik jonivorlarni o‘ldirmaslik (shariatda o‘ldirishga buyurilgan ilon, chayondan bo‘lak), jonivorlarga yaxshilik qilish, ozor bermaslik, inson yashaydigan joyni unga ozor beradigan narsalardan tozalash (227, 446 - xadislar), kishilarga soya beruvchi daraxtlarni kesmaslik, xovli saxnlarini toza tutish xaqidagi xadislar Shunday ibratli xadislardir (33, 132 - b). Xadislarda yomon ishlar, yomon illatlar, yomon xatti — harakatlar, «gunoh» sifatida qoralansa, inson farovonligi, jamiyat ravnaqi uchun qilinadigan yaxshi, ezgu xatti — harakatlar, faoliyati «savob» tarzidaolqishlanadi.
Shunga ko‘ra, etim molini eyish, mol — dunyoga xirs qo‘yish, yolg‘onchilik, g‘iybatchilik, tuxmat, zino, ichkilikbozlik, giyoxvandlik, foydasiz gapni ko‘pgapirish va boshqa illatlar gunox xisoblanadi. Ota ona, keksalar, zaiflar va muxtojlarga g‘amxo‘rlik, ularni yo‘qlab turish, marxumlarni yaxshi so‘zlar bilan xotirlash, birov ularning ustidan kulmasligini ta’minlash, omonatga xiyonat qilmaslik kabilar savob sanaladi. Ma’lumki, inson kamolati bevosita uning sog‘lomligiga xam 6og‘liqdir. Chunki sog‘lom insongina xam oila, xam jamiyatning ravnaq topishi uchun faoliyat ko‘rsatadigan kishilar bo‘lib etishadi.
Xadislarda, umuman, Islomda tozalik va poklikka, ruxiy va jismoniy poklikka katta e’tibor beriladi. «Xaq taolo o‘zi pok, poklikni yaxshi ko‘radi. o‘zi toza, tozalikni yaxshi ko‘radi. Eshiklarni oldini pokiza tutinglar» (190 — xadis, 133, 66 — b.). Shuning uchun xam nomozdan keyin yuz - ko‘lni yuvish, maxs tortish, oyokni yuvish, mustaxab, o‘ng ko‘l bilan taxorat kilmaslik, burunga suv tortmoq, og‘izni toza tutish, g‘usl, tayammum qoidalari insonni jismonan pok bo‘lishgayo‘naltirganki, bular avloddan — avlodlarga o‘tib, xulq - odob koidalariga aylanib kolgan. Xadislarda inson erkiga xam axamiyat berilgan.
Inson xar tomonlama etuk bo‘lishi uchun u erkin bo‘lishi kerakligi "Qur’oni Karim"da xam, "Xadisi SHarif"da xam e’tirof etilgan: Allox Taologa amali solihlarning yaxshi ko‘ringani agarki oz bo‘lsa xam davomlisidir. Allox Taologa farzlardan so‘ng amali solihlarning eng sevimlisi musulmon kishining diliga xursandchilik solishdir. «(33 - xadis)». Allox o‘zi kechiruvchi zot, kechirguvchini yaxshi ko‘radi (191 - xadis) kabi xadislar buning dalilidir. Chunki inson qanchalik qadrlansa, barcha ezguliklar, yaxshiliklar insonga atalsa, uning manfaati uchun xizmat qilsa, inson xam Shunga ko‘ra kamol topaveradi, yuksaklikka ko‘tarilaveradi, o‘z navbatida bunday insonlar yashaydigan jamiyat xam rivojlanaveradi.
Demak, xadislar Muxammad payg‘ambarimizning sunnatlari bo‘lib, mazmunan xar bir mo‘‘minning ishonchini, e’tiqodini mustaxkamlaydi, Shu bilan insonni ma’naviy kamolatga da’vat etadi. Islom dini ma’rifatga asoslangani uchun ham xar bir shaxsni aqliy, jismoniy, axloqiy jihatdan kamolatga etkazishga oid e’tiqod va iymondan iborat bo‘lib komil insonni shakllantirishda muxim manba bo‘lib xizmat qiladi va undan yoshlar tarbiyasida foydalanish Shu kunning dolzarb muammolaridan sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |