Pedagogikaning texnologik vazifasi - diagnostik satx - pedagogik xodisalar xolatini aniqlash; bashorat qilish satxi - pedagogik faoliyatni ekspremental tadqiq qilish va Shu asosda pedagogik voqelikni yaratish modellarini o’rnatish; loyixa satxi- pedagogik faoliyatning nazariy konsepsiyasi, uning mazmuni va xarakteri asosida ularga muvofik metodik materiallar (o’quv reja, dastur, darslik va o’quv qo’lanmasi, pedagogik tavsiYanomalar) ishlab chiqish; yaratuvchilik satxi - pedagogik fan yutuqlarini takomillashtirish va qayta rejalashtirish maqsadida ta’lim amaliyotiga tatbiq etish; reflsktik tuzatma (korrektirovka) satxi - ilmiy tadqiqotlar natijalarining ta’lim va tarbiya amaliyotiga singib ketishini baxolash.
Pedagogika fani - maxsus institutlarda (oila, ta’lim va tarbiya, madaniyat muassasalari) maqsadga muvofik tashkil etiladigan real, yaxlit pedagogik jarayon.
Pedagogik jarayon - ta’lim masalalari, uning taraqqiyotini xal qilishga qaratilgan, maxsus tashkil etilgan pedagog va tarbiyalanuvchilarning maqsadli o’zaro munosabatlari.
Pedagogik jarayon tamoyillari - pedagogik faoliyatni tashkil etishning asosiy talablari bo’lib, u pedagogik jarayonning yo’nalishini ko’rsatadi va uning qonuniyatlarini ochib beradi.
Pedagogik ixtisoslik - ta’lim natijasi o’laroq bilim, malaka va ko’nikmalar majmuidan iborat bir kasbiy gurux doirasidagi faoliyat turi.
Pedagogik ixtisoslashish - pedagogik ixtisoslik doirasidagi faoliyatning bir turi.
Pedagogik malaka - muayYan toifadagi vazifalarni xal qilish imkoniyatiga ega bo’lgan mutaxassisning kasbiy pedagogik tayyorgarligi darajasi va turi.
Pedagogik masala - pedagogik jarayonning asosiy birligi, o’ziga xos tizimidir. U voqelikni bilish va qayta yaratish zaruriyati bilan bog’lik tafakkur qilinadigan pedagogik vaziyatdir. Ta’lim qatnashchilarining ma’lum bir maqsadini ko’zlagan ta’lim va tarbiyadagi moddiylashtirilgan vaziyatdir.
Pedagogik maxorat - pedagogik jarayonni bilish, uni tashkil eta olish, harakatga keltira olish (A.S. Makarenko), pedagogik jarayonning yuqori samaradorligini belgilovchi shaxsning ish sifati va xususiyatlari sintezi.
Pedagogik muloqot - ta’lim oluvchilarning maqsadlari xamda ularning birgalikdagi faoliyatlari mazmunidan kelib chiqadigan o’zaro aloqalarni o’rnatish va rivojlantirishni, bir-birini anglash va qullab-quvvatlashni tashkil etishning ko’p qirrali jarayoni.
Pedagogik takt - shaxslar faoliyatinish turli doiralarida ular bilan muloqotda bo’lishning pedagogik tamoyili, o’lchovi, talabalar bilan ularning shaxsiy xususiyatlarini xisobga olgan xolda to’g’ri muloqotda bo’la olish malakasi.
Pedagogik texnika–
Do'stlaringiz bilan baham: |