Fanning mohiyati


Ilmiy tadqiqotda ilmiy dalillarning o’rni, dаlilning fаlsаfiy tаhlili



Download 0,66 Mb.
bet71/84
Sana11.07.2022
Hajmi0,66 Mb.
#773964
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   84
Bog'liq
2 5253480791035354319

80. Ilmiy tadqiqotda ilmiy dalillarning o’rni, dаlilning fаlsаfiy tаhlili
Dalillarning tahlili. Fanning rivojlanishi dalillarni yig’ish, o’rganish va tizimlashtirish, mantiqan tekis ilmiy qonunni yaratish maqsadida ayrim va alohida qonuniyatlarni umumlashtirish va ochib berishdan boshlanadi. Shuning uchun ilmiy tadqiqotda dalillar o’ta muhimdir. Dalil bu – haqiqatni tasdiqlovchi, inkor etib bo’lmaydigan narsa va hodisalar haqidagi 
bilimlar majmuasidir. Dalilning asosan ikkita xususiyati bor:1. Hayotiy bo’lgan real voqyealar, xususiyatlar, munosabatlar,aloqadorliklar, o’zgarishlar, jarayonlarni o’zida ifoda etadi. 2. Haqiqatni isbotlovchi fikrlarning to’laqonliligini, inkor etib bo’lmasligini, reallikka mosligini qaror toptiradi. Tevarak atrofdagi barcha narsa va hodisalarning mavjudligi, barqarorligi, hodisalarga munosabat kabi jarayonlar dalillarga suyangan holda tahlil va mushohada qilinadi. Ilmiy tadqiqotda dalil zaruriy talabdir. Chunki fan yangi, haqiqiy bilimlarni berish uchun dalillarga suyanadi. Har bir ijod namunasi falsafaning kategoriyasi bo’lmish – abab va oqibat, imkoniyat va voqyelik, mazmun va shakl, zaruriyat va tasodif, mohiyat va hodisa butun hamda qismlar orqali, ya’ni ularning metodologik xususiyatlaridan foydalanib, o’z xulosalarini chiqaradi. Bu xulosalar dalil tushunchasi orqali amalga oshirilganda ijodda mustahkam o’rin oladi va haqiqatga aylanadi. Tilshunos olim R.Rasulov o’zining asarlarida falsafiy kategoriyalarning til va nutqda qo’llanilishi jarayoni masalalariga e’tiborni qaratdi. Olimning quyidagi mulohazalari fikrimizning dalilidir: «Falsafadagi mohiyat va hodisa dialektikasi tilshunoslikda til va nutqda, til va nutq birliklarida(elemenlarida) shakl va mazmun munosabatida kuzatilib, ifodalanadi. Binobarin, falsafadagi mohiyat va hodisa munosabati til faktlarida shakl va mazmun munosabatining falsafiy asosi –usulologik asosi bo’lib, ayni muammo tilshunoslikda X1X asrning boshlarida o’rtaga tashlandi”1. Demak, u universal xarakterga ega bo’lib, barcha narsa va hodisalarga taalluqlidir. Dalil bu voqyelik haqidagi obyektiv holda olingan va isbotlangan, o’zgarmaydigan haqiqiy bilimdir. Galiley dalilning muhim ahamiyatini ta’kidlab quyidagi fikrni bildiradi: “Aristotel odam bo’lgan: ko’zlari bilan ko’rgan, quloqlari bilan eshitgan, aqli bilan fikrlagan; men ham odamman, ko’zlarim bilan undan ham ko’proq narsalarni ko’raman; fikrlash masalasiga kelsak, u menga qaraganda ko’proq narsalar haqida fikr yuritganligiga ishonaman; ammo ikkalamiz ham muhokama qilgan masalalar yuzasidan qaysi birimiz yaxshiroq fikr yuritganimiz obro’yimizdan emas, balki keltirgan dalillarimizdan ayon bo’ladi». Dalilning turlari quyidagilar: 1. Haqiqiy dalil; 2. Yolg’on dalil; 3. To’liq dalil; 4. To’liq bo’lmagan dalil; 5. Taxminiy dalil; 6.Isbotlanmaydigan dalil; 7. Isbotlangan dalil; 8. Ilmiy dalil va boshqalar. Dalil turlari voqyelikdagi narsa va hodisalarning xarakteridan kelib chiqadi. Dalil alohida-alohida olingan narsa va hodisalarni o’zida aks ettiradi. Umumiy dalil bo’lishi mumkin emas. Dalil – konkret- aniqdir. Masalan, haqiqiy dalilda obyekt to’g’risida to’la tavsif mujassamdir. Bu tavsif haqiqatga zid kelmasdan, balki qonun va qonuniyatlar asosida vujudga keladi. Yolg’on dalil esa buning aksi bo’lib, qonunlar va qonuniyatga mos emasdir. U faqat insonning tafakkurida aks etadi, xolos. To’liq bo’lmagan dalillar to’g’risida so’z yuritganda, izlanuvchi o’z fikrining ilmiyligini isbotlash uchun qo’shimcha dalillar topishga harakat qiladi. Qo’shimcha dalillar esa to’liq bo’lmagan dalilni to’liq dalil bo’lishiga ko’maklashadi. Qo’shimcha dalillar ilmiy tadqiqotda katta ahamiyatga egadir. Ilmiy ijodda shunday dalillar borki, ularni qayta isbotlashga to’g’ri keladi. Chunki davr o’tishi bilan har qanday dalil qayta isbotlanishini talab etadi. Bu holat ayniqsa, ilmiy kashfiyotlarda ko’proq ko’zga tashlanadi. Isbotlangan dalillar amaliyotda to’g’ridan- to’g’ri foydalaniladi. Ilmiy tadqiqotda ilmiy dalillar negizida ish yuritiladi, faoliyat ko’rsatiladi. Ilmiy tadqiqotda dalillarga erishish og’ir va mashaqqatli mehnatni talab etadi. Dalillash bilish nazariyasi va formal mantiq tushunchasidir. Biror fikr, mulohaza yoki mulohazalar tizimini voqyelikka bevosita murojaat qilish yo’li bilan yoki chinligi avvaldan tasdiqlangan boshqa mulohazalar yordamida asoslab berishga aytiladi. Dalillash bevosita yoki bilvisita bo’ladi. Bevosita dalillash hissiy bilishga, ya’ni ko’rish, tajriba-eksperiment orqali amalga oshiriladi. Sezish – umuman inson bilimi taraqqiyotiga nisbatan birinchi bosqichdir. Insoniyatning dastlabki bilimlari, tushunchalari dastavval sezgi a’zolari orqali olingan dalillar asosida yuzaga keladi. Sezish inson miyasining tashqi olam bilan dastlabki va bevosita bog’lanishdir. Bilishning ziddiyatli jarayon ekanligini bilimlarimizning to’laroq, chuqurroq bilishi uchun dalil va ma’lumotlarning yangisiga to’g’ri kelmay qolishida ko’rishimiz mumkin. Ziddiyatli munosabat hal qilinishi bilan bilish jarayoni rivojlanib boradi. Vositali dalillash esa avvaldan tasdiqlangan boshqa mulohazalarga asoslanadi va xulosa chiqarish ko’rinishida namoyon bo’ladi. Mustaqillikka erishgan davlat – suveren hisoblanadi. O’zbekiston - mustaqillikka erishdi. Demak, O’zbekiston davlati – suveren. Dalillashning birinchi usuli empirik, ikkinchi usuli nazariy bilimlarga asoslanadi. Nazariy va empirik bilimlarning chegarasi nisbiy bo’lgani kabi, dalillashning yuqoridagi ikki usulga ajratilishi ham nisbiydir. Subyekt va obektning o’zaro ta’siri dalilning zaruriy tomonlaridir. Ta’kidlash lozimki, subyekt obyektning o’rni, aloqalari, munosabatlari, qonuniyatlari haqida tegishli bilimga ega bo’lmasa dalil to’play olmaydi. Unutmaslik kerakki, dalillar egasi bo’lgan subyekt va obyekt qarama-qarshi tomonlarni tashkil etadi. Qarama- qarshi tomonlar dalilning ichki va tashqi tomonidir, dialektikasidir. Dalillar o’z faoliyati paydo bo’lishi bilan ham qarama qarshi fikrlar majmuasidan iboratdir. Qarama-qarshi tomonlar hal etilsa, subyekt tomonidan dalillarga erishiladi. Subyektning ijodiy harakatining natijasi dalillarning paydo bo’lishidir. Tabiat va jamiyatni o’zgartirish subyekt dalillariga bog’liqdir. Ma’lumki, jamiyat o’z qonunlariga muvofiq rivojlanadi, unga ong irodaga ega bo’lgan, dalillar to’playdigan insonlar kiradi. Ilmiy dalil empirik bilishning natijasi hisoblanadi. Dalil (yoki dalillar)ni aniqlash ilmiy tadqiqotning zarur shartidir. 



Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish