18-mavzu. Jahon sivilizatsiyasi va O`zbekiston taraqqiyotining o`zbek modeli Reja: Jahon sivilizasiyasining hozirgi davrdagi xususiyatlari
O`zbekistonnning jahon sivilizatsiyasiga qo`shilish yo`lining falsafiy metodologik muomolari
Ozbekiston istiqboli va o`ziga xos tarixiy taraqqiyot yo`li
Mamlakatimiz taraqqiyotining o`ziga xos xususiyatlarini o`rganishning o`ziga xos ahamiyati.
O`zbekiston mustaqillikka erishgach, jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi bo`lish imkonini qulga kiritdi. Insoniyat taraqqiyotining bugungi holati zamonaviy sivilizatsiyaning asosiy tamoyillari bilan uzviy bog`liq. Respublikamizning umuminsoniy sivilizatsiya bilan uyg`unlashuvi ham ko`p jixatdan ana shunga bog`liq. Hozirgi paytda insoniyat o`z rivojining yangi bosqichiga kotarildi. U o`zida moddiy ishlab chiqarish yutuqlarini, insoniyat tomonidan orttirilgan tajribalarni, jahon mikyosida paydo bo`lgan muammolarni oqilona xal etish yo`llari va usullarini mujassamlashtiradi.