Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja



Download 1,93 Mb.
bet94/122
Sana17.07.2021
Hajmi1,93 Mb.
#121594
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   122
Bog'liq
Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vaz

Iqtisod va ma’naviyat. Jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti va ma’naviy yo`qsalish o`rtasidagi bog`lanish turli olimlar va faylasuflar tomonidan turlicha izohlangan. Bu izohlar ko`pincha bir-birini mutloqo inkor qiluvchi harakterda bo`lgan. Ma’naviyat va iqtisodiyot o`rtasidagi munosabatlar ba’zan yalpi mikyosda tahlil qilinsa, ba’zan ma’naviyatning muayyan targ`ibiy qismlari, xususan, axloq, mafko`ra, din, ruxiyat kabilarning iqtisodiyotga o`tkazadigan ta’siri o`rganilgan.

Masalan, «Ma’naviyat — millat nishoni» kitobida A. Erkayev ta’kidlagani kabi, XX asrdagi yirik faylasuflardan biri Maks Veberning eng katta xizmatlaridan biri uning xristian dinidagi protestantlik mazxabining iqtisodiy taraqqiyotga o`tkazgan ta’sirini kashf etishida bo`ldi. Uning nazariyasiga ko`ra, boylikni, boylik orttirishga intilishni uncha xushlamaydigan xristian dini mazxablari iqtisodiy taraqqiyotga muayyan darajada tuskinlik qilgan. Boylikni xudoning ne’mati, unga intilishni esa bandalarning burchi deb talqin qiladigan protestantlik esa iqtisodiy taraqqiyot va kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga kuchli to`rtki bergan.

Iqtisodiyot va ma’naviyatning o`zaro bog`liqlik darajasi, ular o`rtasidagi o`zaro ta’sirning har bir yo`nalishidagi kuchi va davomiyligi turli davrlarda turlicha bo`lgan. Тarixga loakal umumiy tarzda ko`z yugurtirib chiqilsa, ularning parvozi ham, tanazzuli ham ko`pincha bir paytda yo`z berganini kurish mumkin.

Qadimgi Yunoniston va Rimda ma’naviyat yo`qsak chukqilarga kotarilganini hamma biladi, lekin aynan, shu davrda bu xudud iqtisodiyoti usha davr jahon taraqqiyotining eng yo`qsak chukqilari bo`lganini hamma ham bilmaydi.

Movarounnaxr tarixida ham ma’naviyat va iqtisodiy taraqqiyot, ularning inqirozi bakamti yo`z berganini kurish mumkin. Jumladan, milodiy IХ-ХII asrlarda bu mintakada ham ma’naviy, ham iqtisodiy soxada o`lkan kotarilish yo`z berdi. Bu davr to`g`risida so`z yuritganda, tarixchilar asosan ma’naviy yo`qsalish to`g`risida gapiradilar. ТuKri, Sharq uyKonish davri dunyoviy va diniy ilmlar, adabiyot va san’atning mislsiz rivoji bilan harakterli. Shu davrda yo`zlab va minglab o`lkan allomalar yetiishib chiqdiki, ular nafaqat shu xududda yashovchi xalqlar, balki butun insoniyat faxriga aylandilar. Shundaylar jumlasiga Axmad Farqoniy, Yusuf xos Хojib, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, al-Хorazmiy, Zamaxshariy, imom Buxoriy, imom Тermiziy, va boshqa ko`plab olimu fo`zalolarni kiritish mumkin.

Ularning ko`pchiligi haqida ilmiy risola va badiiy asarlar endigina yozila boshlagan bo`lsa-da, shu dastlabki namunalarning o`zidan ham ma’naviy kotarilish qulamini tasavvur qilsa bo`ladi. Lekin bu davrdagi iqtisodiy yo`qsalish to`g`risida juda kam yozilgan. Хolbuki, iqtisodiy usish ham kishini xayratga soladigan darajada edi. Bunga yozma manbalarga murojaat etib, ishonch xosil qilish mumkin. Iqtisodiy rivojlanish umuman savdoning, xususan tashqi savdoning kaydarajada rivojlanganligida o`z aksini topadi. UyKonish davrida O`rta Osiyoda tashqi savdo kay darajada rivojlanganligi to`g`risida tasavvur xosil qilish uchun manbalarga murojaat etish mumkin. Movarounnaxrning o`zida savdo va iqtisodiyot rivojlanishidan tashqari, bu yerlik savdogarlar dunyoning o`zok mamlaqatlarida ham faol savdo ishlari olib borgan.

1150 yilda Vengriyaga borgan arab sayyoxi Abu Хamid al-Harnatiy u yerdagi bozorlar va savdogarlar to`g`risida shunday yozgan edi: «Unkuriya deb ataluvchi bu mamlakat 78 shahardan iborat. Bu shaharlardan har biri ko`plab kal’a, qishloq, toK, urmon va bog`larga ega. Ularda minglab maKribliklar yashaydi. Ularning son-sanoKi yo`q. Ularda minglab xorazmliklar ham yashaydi. Ularning ham son-sanoKi yo`q. Хorazmliklar savdo bilan shug`ullanadi va podshoga xizmat qiladi»

Iqtisodiyot va ma’naviyatning o`zaro uzviyligini faqat ma’naviyat bilan shug`ullanuvchi mutaxassislar emas, iqtisodchi olimlarning ko`pchiligi ham chuqur anglaganlar. Masalan, XX asrning ko`zga ko`ringan iqtisodchilaridan biri Jon Meynard Keyns bu aloqadorlikni anglabgina qolmay, o`zining fandagi xizmatini asosiy ruxiyat qonuni deb atalgan qonunni kashf etishda, deb bilgandi. Bu qonunga ko`ra, daromadlarning usishi, boylik ortishi natijasida iste’molga bo`lgan mayl pasayadi. Odamlarda xisob-kitob bilan iste’mol qilish, ehtiyotkorlik, baxillik kabi xususiyat va motivlar paydo bo`ladiki, ular endi talabning pasayishiga va u orqali ishlab chiqarish sur’atlarining sekinlashishiga olib keladi. Keyns jami sakkizta shunday motivni aniqlagan edi. Keyns aniqlagan motivlar va ularning ishlab chiqarishga ta’siri aloxida baxs talab qiladi. Lekin iqtisodchi sifatida jahonga mashhur bo`lgan olimning ruxiyatga aloqador masalalar bilan jiddiy shug`ullanishi e’tiborga molikdir.

Ma’naviyat iqtisodiy jarayonlarni harakatga keltiruvchi, rivojlantiruvchi muxim omillardan xisoblansa ham, uning o`zi iqtisodiyot bilan uzviylikda yuqori chukqilarga kotarilishi mumkin. U iqtisodiy tushkunlik davrida ham rivojlana olsa-da, uning xaqiqiy yo`qsaqlikka kotarilishi iqtisodiy usish, rivojlanish davrida yo`z beradi. Bunga o’arb tarixi ham, Sharq tarixi ham guvohlik beradi.

Yuqorida ta’kidlanganidek, Sharqdagi Uy²onish davrida ma’naviyatning gullab-yashnashi iqtisodiyotning bark urib rivojlanishi bilan birga kechdi. Keyinrok o’arb Uy²onish davrida ham ma’naviyat va iqtisodiyot birgalikda rivojlangan edi. Bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin. Ma’naviyatning iqtisodiyot tushkunlikka uchragan hollarda ham rivojlanaverishi nisbatan kiska davrda va cheklangan xududlarda yo`z bergan.

Bundan tashqari, ma’naviyat iqtisodiyotdan o`zoklashar ekan, asta-sekin inqirozga yo`z to`tgan. Buning sababi shundaki, jamiyat hayoti o`zaro bir-biri bilan chambarchas bog`liq bo`lgan ikki qism — iqtisodiy va ma’naviy hayotga bo`linadi. Ularni bir-biriga qarshi qo`yish, bir-biridan ajratish vokelikka zid bo`lib, oxiri muvaffakiyatsizlik bilan tugaydi.

XIX-XX asr adabiyotining mumtoz namunasi xisoblangan Balzak, Edgar Po, Jek London, Folkner singari yozuvchilar yaratgan kaxramonlar ham pul va boylik to`plash to`g`risida tunu kun bosh kotiradi. Boylik to`plash uchun ular kaxraton shimolga yoki jazirama janubga boradilar. Ular qilgan kaboxatlar ham, kaxramonliklar ham boylik bilan bog`liq edi. Bu yozuvchilar ijobiy kaxramonlarning olijanob ishlarini ta’riflashda boylik qanday o`rin to`tganini e’tirof qilish bilan birga, kaboxatlarning kelib chiqishiga ham boylik sabab bo`lganini ishonarli buyoklarda tasvirlagan.



Biz Maks Veber protestantlik mazxabi jamiyatning boyishiga katta to`rtki berganini kashf qilgani haqida gapirdik. Savdo xodimlari, xisobchi-buxgalterlar, omborchilar, dallollar singari iqtisodiy hayotning zarur odamlarini faqat qora buyoklarda tasvirlagan sobik sovet adabiyoti esa jamiyatning boyishiga, iqtisodiy jixatdan yo`qsalishiga xissa qo`shishi mumkin emas edi. Mana shu misol ham adabiyot va san’at, umuman, ma’naviyat iqtisodga teskari qarab olganda inqirozga uchrashi va iqtisodiy taraqqiyotga tusik bo`lib qolishini ko`rsatadi.


Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish