Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vazifalari Reja



Download 1,93 Mb.
bet79/122
Sana17.07.2021
Hajmi1,93 Mb.
#121594
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   122
Bog'liq
Falsafaning asosiy yo`nalishlari, fanlar tizimidagi o`rni va vaz

Тushuncha. Aqliy bilish yoki tafakkur vositasida bilish xissiy bilishni inkor etmaydi, balki sezgilar vositasida olingan bilimlarni umumlashtirish, tahlil qilish, sintezlash, mavxumlashtirish orqali yangi xosil qilingan bilimlardan tushunchalar yaratiladi.

Тushunchada insonning xissiy bilish jarayonida orttirgan barcha bilimlari mujassamlashadi. Тushuncha aqliy faoliyat maxsuli sifatida vujudga keladi. Narsa va hodisalar mohiyatiga chuqurrok kirib borishda tushuncha muxim vosita bo`lib xizmat qiladi.

Aqliy bilish xissiy bilishga nisbatan ancha murakkab va ziddiyatli jarayondir. Aqliy bilishda narsa va hodisalarning tub mohiyatini bilish uchun ulardan fikran o`zoklashish talab etiladi. Masalan, insonning mohiyati uning sezgi a’zolarimiz kayd etadigan kelishgan kaddi-komati, chiroyli koshu ko`zi, ijodkor quli, oyoklari bilan belgilanmaydi. Insonning mohiyati avvalo, uning aql va tafakkurga, yaratish qudratiga, mexr-shafkat xissiga, mehnat qilish, so`zlash qobiliyatiga ega ekanligida namoyon bo`ladi.

Inson tushunchasi o`zida insoniyatning ko`p asrlar davomida orttirgan bilimlarining maxsuli sifatida shakllandi.

Har bir fan o`ziga xos tushunchalar apparatini yaratadi va ular vositasida mohiyatni bilishga intiladi. I. Kantning fikricha, narsalarning mohiyati so`z va tushunchalarda mujassamlashadi. Ya’ni biz so`z va tushunchalarni o`zlashtirish jarayonida biron bir bilimga ega bo`lamiz. Har bir inson dunyoga kelar ekan, tayyor narsalar, munosabatlar bilan bir qatorda tayyor bilimlar olamiga ham kirib boradi.

Хukm. Aqliy bilish narsa va hodisalarga xos bo`lgan belgi va xususiyatlarni tasdiklash yoki inkor etishni taqozo etadi. Тafakkurga xos bo`lgan ana shu tasdiklash yoki inkor etish qobiliyatiga xukm deyiladi. Хukmlar tushunchalar vositasida shakllanadi. Хukmlar yangi bilimlar xosil qilishga imkoniyat yaratadi, ular vositasida narsa va hodisalar mohiyatiga chuqurrok kirib boriladi. Shunday qilib, xukm narsa va hodisalarning tub mohiyatini ifodalovchi eng muxim belgi va xususiyatlar mavjudligini yo tasdiklaydi yoki inkor etadi. Masalan, «inson aqlli mavjudotdir», degan xukmda insonga xos eng asosiy belgi - aqlning mavjudligi tasdiklanayapti. Birok inson shunday murakkab mavjudotdirki, uning mohiyati faqat aqlli mavjudot ekanligi bilan cheklanmaydi. Chunki kirKinbarot urushlar, ekologik inqirozlar aqlli mavjudot bo`lgan inson tomonidan amalga oshirildi. «Inson axloqli mavjudotdir». Inson to`g`risidagi hozirgi zamon fanining muxim xulosasi ana shu.

Хulosa — aqliy bilishning muxim vositalaridan biri, yangi bilimlar xosil qilish usulidir. Хulosa chiqarish induktiv va deduktiv bo`lishi, ya’ni ayrim olingan narsalarni bilishdan umumiy xulosalar chiqarishga yoki umumiylikdan aloxidalikka borish orqali bo`lishi ham mumkin.

Binobarin, tushuncha, xukm va xulosalar chiqarish ilmiy bilishning muxim vositalaridir. Bunday bilish insondan aloxida qobiliyat, kuchli irodani tarbiyalashni, narsa va hodisalardan fikran o`zoklashishni, dikkatni bir joyga to`plashni, ijodiy xayolni talab etadi.

Bilishning oliy darajasi intuitiv bilish, qalban bilish, Koyibona bilishdir. O`zining butun borliqini fan, din, siyosat va san’at soxasiga bag`ishlagan buyuk kishilar ana shunday bilish qobiliyatiga ega bo`ladilar. Intuitiv bilish xissiy va aqliy bilishga tayanadi. Buyuk shaxslarning Koyibona bilishi ularning doimiy ravishda fikrini band etgan, yechimini kutayotgan umumbashariy muammolar bilan bog`liqdir. Ilmiy bilishning eng samarali usullarini aniqlash gnoseologiyada muxim o`rin egallab keldi. Har bir fan o`ziga xos bilish usullaridan foydalanadi.

Ilmiy bilish fakt va dalillarga, ularni qayta ishlash, umumlashtirishga asoslanadi. Ilmiy fakt va dalillar to`plashning o`ziga xos usullari mavjud bo`lib, ularni ilmiy bilish metodlari deyiladi.

Ilmiy bilish metodlarini o`rganadigan maxsus soxa — metodologiya deb ataladi. Ilmiy bilish metodlari o`z harakteriga ko`ra: 1) eng umumiy ilmiy metodlar; 2) umumiy ilmiy metodlar; 3) xususiy ilmiy metodlarga bo`linadi.

Eng umumiy ilmiy bilish metodlari barcha fanlar uchun xos bo`lgan metodlardir. Bunga analiz va sintez, umumlashtirish va mavxumlashtirish, induksiya va deduksiya, kiyoslash va modellashtirish kabilarni ko`rsatish mumkin. Masalan, tabiatshunoslik fanlarida ko`zatish, eksperiment, takkoslash umumilmiy metodlar bo`lsa, ijtimoiy fanlarda tarixiylik va mantiqiylik umumilmiy metodlar xisoblanadi.

Хususiy ilmiy metodlar har bir fanning o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Masalan, suxbatlashish, anketa surovi, xujjatlarni o`rganish sotsiologiya faniga xos bo`lgan xususiy ilmiy metodlardir. Bir fanda yaxshi samara beradigan ilmiy bilish metodi boshqa fanda shunday samara bermasligi mumkin. Ilmiy bilishda to`g`ri metodni tanlash bilishda muvaffakiyat garovi xisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, ilmiy tadqiqotda nimani o`rganish kerak, degan masala fan predmetini aniqlashga imkon bersa, qanday o`rganish kerak, degan masala esa ilmiy bilish metodini to`g`ri belgilashga yordam beradi.

Ilmiy bilish metodlari va ilmiy nazariya bir-biri bilan uzviy bog`liqdir. Ilg`or ilmiy nazariya fanning butun taraqqiyoti davomida erishilgan muxim yutuq bo`lib, u ilgarigi ilmiy qarashlarni ijodiy rivojlantirish, usha yutuqlarga tanqidiy nuqtai nazardan qarash orqali vujudga keladi. Fan mohiyatan o`zi erishgan yutuqlarga shubxa bilan qarashni taqozo qiladi.

Fan, falsafa soxasida erishilgan yutuqlarni mutloqlashtirish, ularga kur-kurona siKinish muqarrar ravishda dogmatizmni keltirib chiqaradi. Fan erishgan yutuqlar hamisha nisbiydir. Lekin bunday nisbiylikni mutloqlashtirish relyativizmni, fan yutuqlariga ishonchsizlik bilan qarash esa, skeptitsizmni vujudga keltiradi. Fan taraqqiyoti uchun dogmatizm, relyativizm va skeptitsizm jiddiy xalakit beradi.

Ilg`or ilmiy nazariyalar ma’lum bir davrda ilmiy va falsafiy qarashlar yo`nalishini o`zgartirishi, ilmiylikning o`ziga xos mezoni bo`lishi ham mumkin. Masalan, Charlz Darvinning evolyutsion nazariyasi, A. Eynshteynning nisbiylik nazariyasi falsafiy va ilmiy dunyoqarashlarda muxim o`zgarishlarni vujudga keltirdi.

Gnoseologiyada haqiqat tushunchasi muxim o`rin tutadi. Haqiqat inson bilimlarining vokelikka muvofiq kelishidir. Haqiqatni ochish yoki ilmiy haqiqatga erishish har qanday ilmiy bilishning asosiy vazifasi xisoblanadi. Haqiqat o`zining mazmuniga ko`ra mutloq va nisbiy bo`lishi mumkin. Fan haqiqati hamisha nisbiy harakterga ega bo`lib, ularning majmuasidan mutloq haqiqat vujudga keladi.



Haqiqat o`z mazmuniga ko`ra hamisha ob’ektivdir. Ya’ni uning mavjudligi ayrim kishilarning xoxish-irodasiga bog`liq emasdir. Masalan, O`zbekistonning milliy mustaqilligi ob’ektiv haqiqatdir. Ayrim kishilarning bu mustaqillikni tan olish yoki olmasligidan qat’i nazar, bu haqiqat o`z mazmunini saqlab qolaveradi. Haqiqatni atayin bo`zish yoki soxtalashtirish oxir-oqibatda fosh bo`ladi va o`z qadrini yo`qotadi. Shuningdek, haqiqat xech kachon mavxum emasdir. U hamisha konkretdir. Хegel so`zlari bilan aytganda, nimaiki voke bo`lsa, u haqiqatdir, haqiqat — vokelikdir. Haqiqat mazmunining konkret harakteri joy, vaqt va sharoitni e’tiborga olishni talab etadi.

Gnoseologiyada tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilishning o`ziga xos xususiyatlarini anglash muxim ahamiyatga egadir. O`zok yillar davomida tabiatshunoslik fanlariga xos bo`lgan ob’ektivlik, holislik ilmiylikning muxim mezoni deb xisoblab kelindi. Birok XX asr o`rtalarida fan-texnika inqilobi insoniyat oldida paydo bo`lgan muammolar tabiatshunoslik fanlari oldiga qadriyatli yondashuv vazifasini kuya boshladi. Aqlli mavjudot bo`lgan inson har kachon tabiatni o`rganishda hamisha o`z manfaatlarini ko`zlaydi. Тabiat resurslari cheksiz va bitmas-tuganmasdir, degan bir yoklama qarash oxir-oqibatda inson tomonidan tabiatga nisbatan shafkatsiz munosabatni vujudga keltirdi. XX asr oxirlariga kelib tabiatga nisbatan insonlarcha, qadriyatli munosabatda bo`lish zaruriyati chuqurrok anglana boshladi.

Ijtimoiy fanlar hamisha mavjud siyosiy tuzum, davrning talab va extiyojlari bilan uzviy bog`liq ravishda rivojlanadi. Ijtimoiy bilishda jamiyat ham bilish ob’ekti, ham bilish sub’ekti sifatida namoyon bo`ladi: insoniyat o`z tarixini yaratuvchi va o`z-o`zini biluvchidir.

Тabiatshunoslikda nisbatan barqaror sistemalar bilish ob’ekti xisoblanadi. Тabiatdagi narsa va hodisalar tadqiqotchiga xech qanday qarshilik ko`rsatmaydilar. Ijtimoiy bilishda esa, nisbatan tez o`zgaruvchi sistemalar bilish ob’ekti xisoblanadi. Ijtimoiy bilishga xos bo`lgan muxim xususiyat shundaki, u moddiy ishlab chiqarish soxalarinigina emas, balki jamiyatning ancha murakkab ma’naviy hayotini, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni, qarashlar va G`oyalarni ham o`rganadi. Ijtimoiy fanlar milliy G`oya va milliy istiqlol mafko`rasini shakllantirishda muxim rol o`ynaydi.

Gnoseologiyaning maqsad va vazifalari, bilishning mohiyati va mazmuni to`g`risida zarur bilimlarga ega bo`lish mamlakatimizda bilimdon, har jixatdan yetuk barkamol inson shaxsini shakllantirishda aloxida o`rin tutadi. Bilish nazariyasi bo`lajak mutaxassis-qadrlarda muayyan ilmiy layokat va qobiliyatlarni shakllantirishga kumaqlashadi. Milliy mustaqillik yillarida gnoseologiya oldiga quyilayotgan eng muxim vazifalardan biri, ilmiy bilimlarning jamiyatimiz taraqqiyoti, tinchligi va farovonligi uchun xizmat qilishini ta’minlaydigan omil va mexanizmlarni o`rganish, ulug` ajdodlarimizning ilmiy bilimlarni rivojlantirish borasida orttirgan tajribalarini keng ommalashtirishdir.




Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish