Navoiy (1441-1501) falsafiy qarashlarining asosini ilohiyot va borliq, tasavvuf va kalom falsafasi, inson va uning o’zligini tanish kabi masalalar tashkil qiladi. Navoiyning tushunishicha, ilohiyot-xudo-xoliq, ya’ni yaratuvchi, koinot ("O’n sakkiz ming olam"), uning butun ko’rinishlari bilan maxluq, ya’ni yaratilgan. Odam ham maxluqotlardan biri. Alloh butun borliqning yagona moyasi, ya’ni substantsiyasidir.
Noklassik falsafa klassik (an’anaviy) falsafaning yangi tarixiy sharoitdagi o’ziga xos rivoji sifatida XIX asrning 40 yillarida vujudga keldi va rivoj topa boshladi.
Noosfera - (yun.-noos-aql, zakovat) inson aqliy faoliyati, ma’naviy madaniyatni qamrovchi tushuncha.
Nazariya - haqiqatligi amaliy yoki nazariy jihatdan isbotlangan biror sohaga oid g’oyalar, qarashlar, qonunlar va tamoyillarning muayyan tizimidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |