"Ikkilamchi" tabiiy borliq - insoniyat tomonidan yaratilgan buyumlardir. U kompleks reallik, ya’ni tabiiy – ruhiy - ijtimoiy reallikdir. U ijtimoiy - tarixiy, tsivilizatsiyalashgan borliqdir.
Inson borlig’i - alohida olingan kishi borlig’i va butun insoniyat borlig’i ko’rinishlarida mavjuddir.
Ijtimoiy borliq - obyektiv ijtimoiy reallik, o’ziga xos ijtimoiy moddiylikdir.
Imkoniyat - voqelikning embirional ko’rinishi; hali amalga oshmagan, lekin yuzaga chiqishi mumkin bo’lgan hodisa.
In’ikos - moddiy tizimlarning o’zaro ta’sir jarayonida boshqa tizimlar xususiyatlarini, ta’sirini aks ettirish xossasi.
Iroda - insonning o’z xatti-harakatini ongli ravishda tartibga solish va ko’zlangan maqsadni amalga oshirishda uchraydigan to’siqlarni bartaraf etish layoqatidir.
Ijod - bu insonning sifat jihatdan yangi moddiy va ma’naviy qadriyatlarni yaratishga qaratilgan ruhiy va amaliy faoliyati.
Ijtimoiy ong - jamiyatning o’z-o’zini, o’zining ijtimoiy borlig’i va atrofdagi voqelikni anglashidir.
Ijtimoiy ong - jamiyat uchun xos bo’lgan umumiy his-tuyg’ular, kayfiyatlar, qarashlar, g’oyalar, nazariyalar jami.
Individual ong - muayyan guruh, elat, millatga mansub bo’lgan ayrim kishining ongi.
Do'stlaringiz bilan baham: |