12-semenar mashg’ulot
Mavzu: Biologik progress va regress mezonlari, ularning organik dunyoda tutgan o’rni.
Mashg’ulotning ta’limiy maqsadi: talabalarni biologik progress va regress mezonlari, ularning organik dunyoda tutgan o’rni bilan tanishtirish.
Mashg’lotning tarbiyaviy maqsadi: Talabalarni biologik progress va regress mezonlari, ularning organik dunyoda tutgan o’rni bilan tanishtirish orqali ilmiy dunyoqarashini kengaytirish.
Mashg’ulotning rivojlantiruvchi maqsadi: Talabalarda biologik progress va regress mezonlari, ularning organik dunyoda tutgan o’rni haqidagi zamonaviy bilimlardan foydalanish, mustaqil fikrlash va ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarni rivojlantirish.
Jihozlar: Noutbuk prezentatsiya .
Lokal darajada Atamalar zanjiri, Venn diagrammasi, Klaster
Xususiy metodik daraja Muammoli ta’lim texnalogiyasi (aqliy hujum).
Mashg’ulotning borishi:
I. Tashkiliy qism.
II.Talabalarni mashg’ulot mavzusi, maqsadlari bilan tanishtirish va ularning faoliyatini, topshiriqlarini bajarishga yo’naltirish.
III.Yangi mavzuni yoritish.
Yangi mavzuning rejasi:
1. Biologik progress va regress
2. Aromorfoz
3. Idioadaptatsiya
4. Umumiy degeneratsiya
IV.Yangi mavzu yuzasidan talabalar o’rtasida savol-javob, baxs uyushtirish.
V.Talabalar bilimini baholash.
VI.Mashg’ulotni yakunlash va xulosa qilish.
Mavzu mazmuni: Biologik progress deganda, Seversov turning avj olib rivojlanishini, keng tarqalishini, ravnaq topishini tushungan, ya’ni: 1) turga mansub individlar soni ortadi; 2) natijada tur keng tarqalib, yangi areallami ishg‘ol qiladi; uning areali kengayadi; 3) yangi sistematik guruhlar paydo bo'ladi va intensiv divergensiya ro‘y beradi. Hozirgi vaqtdagi gulii
o'simliklar, suyakli baliqlar, qushlar va sutemizuvchilar biologik progressga misol bo‘ladi. Morfologik-fiziologik progress biologik progressdan shu bilan farq qiladiki, bunda organizmlarning tuzilishi va funksiyasi progressiv o‘zgara boradi. Natijada tuzilishi tuban formalardan tuzilishi murakkab formalar paydo bo‘ladi. Seversov fikricha, albatta, morfologik-fiziologik progress biologik progressga olib keladi. Biologik progress to‘rtta: 1) aromorfozlar, ya’ni morfologik-fiziologik progress; 2) idioadaptatsiya; 3) senogenez; 4) umumiy degeneratsiya yo‘nalishida amalga oshadi.Morfologik-fiziologik progress, ya’ni aromorfoz. Seversov aromorfoz deganda, organizmlar tuzilishining ajdodlarga nisbatan birmuncha yuqoriroq pog‘onaga ko‘tarilishiga sabab bo‘ladigan universal xarakterdagi o'zgarishlarni tushungan. Aromorfozlar ayrim organlarning emas, balki butun organizmning takomillashishi bilan xarakterlanadi. Oqibatda organizmlarda funksional va strukturali o‘zgarishlar ro‘y berib,ular muhitning shart-sharoitiga to‘laroq mos keladigan tuzilish va funksiyalarga ega bo‘ladi. Bu esa organizm bilan muhit o‘rtasidagi munosabatlarning kengayishiga sabab bo‘ladi. Aromorfoz yo‘nalishdagi o‘zgarishlar organizmni xilma-xil sharoitga moslanishga olib keladi. Bu tipdagi o'zgarishlar universal xarakterga ega boiadi. Seversov faraziga ko‘ra, tuban panja qanotli baliqlardan umurtqali hayvonlarning progressiv shoxobchasi — havo bilan nafas oluvchi va quraqlikda yashovchi umurtqalilar kelib chiqqan. Umurtqali hayvonlaming suv muhitidan quruqlikka chiqishiga imkon bergan aromorfoz o'zgarishlar juft o‘pka xaltachalarining rivojlanishi yurak bo‘lmasida to‘siq paydo bo‘lishi, o‘pkaning havo bilan nafas olishga moslanishidan iboratdir. Dastlabki amfibiya — stegotsefallarda oyoqlar paydo bo‘lishi, nerv sistemasining takomillashishi ham aromorfoz usulda amalga oshgan. Idioadaptatsiya. Biologik progressga olib keladigan ikkinchi yo‘nalish idioadaptatsiyadir. Bu aromorfozdan farq qilib, umumiy moslanish emas, balki xususiy, juz’iy moslanishlar paydo boMishidan iborat. Lekin bu o'zgarishlar organizmlarning tuzilish darajasi, hayot faoliyatini ajdodlarga nisbatan yuqoriga ko'tarmaydi ham, pasaytirmaydi ham.Idioadaptasiya yo£li bilan paydo bo‘ladigan o‘zgarishlar, odatda, organizm hayot faoliyati uchun ikkinchi darajali ahamiyatga ega organlar, qismlarga taalluqlidir. Idiodaptatsiya natijasida organizm garchi tuzilishi jihatdan ajdodlari bilan bir darajada turadigan bo‘lsa ham, muhitning ma’lum o£zgarishlariga ularga nisbatan yaxshi moslashadi. Har bir hayvon yoki o£simlik turiga mansub organizmlarda idioadaptatsiya bo£lishi tabiiy bir hoi. Ixtisoslashish, idioadaptatsiyaning eng xususiy formasi bo‘lib hisoblanadi. Ixtisoslashish organizmlarning har qaysi yirik guruhlarida uchraydi. Ularga yalqovlar, chumolixo‘rlar, gekkonlar, xameleonlar va shu singari hayvonlar misol bo‘ladi. Ixtisoslashgan organizmlar, odatda, muhitning juda tor doirasida hayot kechiradi. Mazkur sharoitda ular bilan raqobat qiluvchi organizmlar kam uchragani uchun, qayd qilingan hayvonlar hozirgacha saqlanib kelgan. Idioadap- tatsiya o'simliklarda ham keng tarqalgan. Chetdan changlanish, urug', mevalarning tarqalishiga imkon beradigan turli moslamalarni idioadaptatsiya tipidagi o'zgarishlar deb ta’riflash mumkin.Senogenez. Senogenez embrion yoki lichinkalik davrida vujudga keladigan moslamalar hisoblanadi. Tuxum hujayrani va embrionni kimyoviy va mexanik ta’sirlardan himoya qiluvchi parda yoki mikroblardan saqlovchi ohakli qobiq, tuxumdagi sariqlik, reptiliya, qushlar va sutemizuvchilarda embrionni tebranish va zarbalardan saqlovchi amnion, sutemizuvchilarda embrion, nafas olishga yordam beradigan ellantois va yo‘ldosh senogenezga yaqqol misoldir. Umumiy degeneratsiya yoki morfologik-fiziologik regress.Agar aromorfozda organizmlarning tuzilish darajasi yuksalsa, umumiy degeneratsiyada voyaga yetgan organizmlarning tuzilish darajasi, hayot faoliyati soddalashadi. Morfologik-fiziologik regress, odatda, o‘troq holda yashashga yoki parazit hayot kechirishga o‘tish bilan uzviy bog'liq bo‘ladi. Degeneratsiyaga uchragan organizmlarda harakatlanish (muskul sistemasi, oyoqlar skeleti), markaziy nerv sistemasi, sezuv organlari, aktiv oziqlanishga yordam beradigan organlar reduksiyaga uchraydi. Aksincha, organizmda hayot uchun ikkinchi darajali hisoblangan faoliyat, chunonchi, jinsiy sistema progressiv rivoj topadi.Bu hodisa, ayniqsa, gidroid poliplarda, ba’zi bir korallarda, xordalilar tipiga kiruvchi pardalilarda namoyon bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |