1. Resurslar narxi Masalan, metall narxining ortishi undan tayyorlanadigan stanoklar xarajatini oshirib, ularni kamroq taklif etilishiga olib keladi, chunki bundan foyda kam olinadi yoki aksi.
2. Ishlab chiqarish texnologiyasi. Texnologiya qancha yuqori boisa, shunchalik xarajatlar kam bo'ladi, chunki ular tejaladi. Masalan, bitta stanok yaratish uchun 0,5 tonna metall kerak. 1 tonna metall 800 dollar turadi, demak bitta stanokning metall sarfi 400 dollar (800:2=400). Narx 10 % oshganda metall sarfi 440 dollar boiadi, lekin yangi texnologiya kiritilishi tufayli metall sarfi 20 % qisqaradi, natijada 88 dollar tejaladi. Metall narxi ortishiga qaramay ishlab chiqarishning metall sigimi qisqaradi. Ilgari metall sarfi 400 dollar bo'lsa, endi uning sarfi 352 (440-88=352) dollar. Bu esa foydani oshirib, taklifni ko'paytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |