38 Корхонанинг рентабеллик кўрсаткичлари қандай аниқланади?
39 Тадбиркорлик риски ва уни бошқаришни тушунтириб беринг.
Tadbirkorlik riskli, ya’ni xavf-xatarli ish bo'ladi, bunda yutish va yutqazish, boy bo'lib ketish yoki sinib bankrot bo'lish ehtimoli yonma-yon turadi. Tadbirkorlik riski — bu firmaning ko‘zlagan maqsadiga erishish yo‘lida u duch keladigan iqtisodiy xavf-xatardir. Firmaning maqsadi ko'proq foyda olish.Biroq firma bunga xalaqit beruvchi omillarga duch keladi, natijada maqsadiga erisha olmaydi, demak u yo‘liqadiganrisk muqarrar hodisa. Hech kim riskni chetlab o ‘ta olmaydi, chunki bu bozor iqtisodiyotiga xosdir. Risk firma faoliyatining turli jabhalarida yuz berganidan u turlicha bo`ladi:
1.Ishlab chiqarish riski. Bunda firma mo‘ljallangan miqdordagiva turdagi tovarlarni ishlab chiqara olmay qoladi. 2.Tijorat riski. Bunda firma o‘zi mo‘ljallagan miqdorda vanarxda hamda o ‘z vaqtida tovarlarini sota olmay qoladi, natijadauning pul tushumlari aytganidek bo‘lmaydi. 3.Moliya riski. Bu ko'zlangan miqdordagi foydani olmasdan, belgilangan rentabellikka erisha olmay qolishi yoki foyda o‘rnigazarar ko‘rishdir. Riskning muqarrarligi uning oldini olish yoki cheklash mumkinemas degan gap emas. Hamma narsa riskni firma qanday boshqaraolishida qolgan. Riskning naqadar boshqarilib turishi firmalarningunga qanday munosabatda bo‘lishlariga bog‘liq. Bu munosabat esa 3xil: 1.Riskka moyillikning bo‘lmasligi yoki riskni xohlamaslik. Bunda firma katta riskli, lekin yuqori daromad olish o‘rniga riskikam yoki umuman riski yo‘q, ammo past bo‘lsa-da, barqaror daromadolishni afzal ko‘radi. Firmalar risk o‘rniga ehtiyotkorlikkako‘proq moyil bo‘ladilar. 2. Riskka befarq bo‘lish. Bunda firmalar riskning bor-yo‘qliginiyoki katta-kichikligini inobatga olmay o‘z ishini davomettiradilar. Bu yerda firmalar «bo‘lsa bo‘lar, bo‘lmasa undan nari»degandek yo‘l tutadilar, bozor bergan foydani boricha qabul qilib,shu bilan qanoatlanadilar. 3. Riskka borish. Bunda firma riskli ishga qo‘l uradi, riskningborligini bila turib foydani ko‘paytirish maqsadida bunga boradi. Buyerda risksiz, lekin oz foydaga nisbatan riskli bo‘lsa-da, ko‘p bo‘lishikutiladigan foyda afzal koiiladi. Foydani maksimumlashtirish uchun riskka borishga to ‘g‘ri keladi,shu sababli tadbirkorlar riskni kamaytirishga intiladilar vabunga asosan to‘rt yo`l bilan erishiladi: 1. Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash. Bunda kapital bir-biriga bogiiq bo`lmagan turli sohalarga joylashtiriladi. Bunda bir yerdagi yo‘qotish boshqa yerdagi yutuq bilan qoplanib turadi. 2. Tadbirkorlik faoliyatini sug‘urtalash. Bunda firma ehtimolibor yo‘qotishni sug‘urtalab qo‘yadi. 3. Sherikchilik kapitalini hosil qilish. Bunda shirkat firmalaritashkil etilib, uning kapitali bir necha sheriklarga qarashli bo‘ladi. Bu yerda faqat erishilgan yutuq emas, balki ehtimoldan yiroq bo‘lmagan yo‘qotish ham sheriklar o ‘rtasida taqsimlanadi. 4. Axborotni to‘plash va undan samarali foydalanish. Firmariskning oldini olish yoki uni kamaytirish uchun ichki va tashqibozordagi ahvol, u yerda narxlarning o‘zgarishi, tovarlar sotilishiningdinamikasi, raqobatchilarning fe’l-atvori va sa’y-harakatlarito‘g‘risida, partnyorlar ahvoli, davlat siyosatida kutilayotgan o‘zgarishlardanxabar topishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |