Kimyoviy analiz tekshiriladigan namuna bilan maxsus tanlangan va tayyorlangan reaktivlar orasidagi kimyoviy reaksiya natijasida ro‘y beruvchi hodisalarni va hosil bo‘luvchi moddalar xossasini kuzatishga asoslangan.
Fizik-kimyoviy va fizik-texnik asbobiy (instrumental) usullar namunaning fizikaviy xossalarini (elektronlar potensiali, tok kuchi, spektrlarning yutilishi, sochilishi, chiqarilishi va boshqalarni) alohida asboblar yordamida o‘lchashga asoslangan.
1.3. Hajmiy analizning mohiyati
Hajmiy, ya’ni titrimetrik analizda reaksiyaga kirishayotgan moddalarning aniq hajmi o‘lchanadi va ulardan birining ma’lum konsentratsiyasi asosida ikkinchisining noma’lum konsentratsiyasi aniqlanadi. Konsentratsiyasi ma’lum bo‘lgan va uning yordamida boshqa eritmadagi moddaning konsentratsiyasi aniqlanadigan eritma titrlangan yoki standart ishchi eritma deb ataladi.
1 ml eritmadagi erigan moddaning grammlar soni, odatda, titr deb ataladi. Masalan, H2SO4 ning titri 0,0049 g/ml ga teng deyilsa, bu sulfat kislota shu eritmasining har bir millilitrida 0,0049 g H2SO4 bo‘lishini ko‘rsatadi. Titr T harfi bilan belgilanadi:
Titrimetrik analiz bajarilish jihatidan gravimetrik analizga nisbatan birmuncha afzallikka ega. Masalan, hajmiy analizda reaksiya mahsulotini ko‘p vaqt oladigan tarozida tortish o‘rniga reaktivning aniq konsentratsiyali standart ishchi eritmasi yoki titrlangan eritmasi bilan reaksiyaga sarflangan hajmi aniq o‘lchanadi. Ammo titrimetrik analizdagi natijalarning aniqligi gravimetrik analizdagiga qaraganda birmuncha kam bo‘ladi. Har qanday titrimetrik analitik reaksiyani olib borishda titrlangan eritmani byuretkadan (11–13-rasmlar) kolbadagi hajmi aniq o‘lchangan tekshiriladigan eritmaga oz-ozdan tomchilab qo‘shiladi. Bu jarayon titrlash deyiladi. Buni biroz tajribaga ega bo‘lgan kishi bir necha minutda bajaradi.
Titrlash jarayonida reaksiyaga kirishayotgan moddalarning miqdorlari aralashmada ekvivalentiga tenglashganini ko‘rsatuvchi ekvivalentlik nuqtasi kuzatiladi. Shu nuqqada sarflangan standart ishchi eritmaning hajmi belgilanadi va titrlash to‘xtatiladi.
12-rasm. Pipetkalar va pipetkalar qo‘yiladigan shtativ.73
Titrimetrik analizda ekvivalentlik nuqtasini aniq qayd qilish zarur. Ekvivalentlik nuqtasini belgilashga imkon beradigan moddalar indikatorlar, rangli reaktivlar bo‘lib, ular reaksiya jarayonida o‘z rangini o‘zgartiradi. Odatda, rangli yoki loyqa eritmalarni indikatorlar bilan titrlab bo‘lmaydi, chunki bunda indikator rangining o‘zgarishini bilish qiyin bo‘ladi. Bunday hollarda ekvivalentlik nuqtasini belgilash uchun titrlashda eritmaning ba’zi fizik xossalari (elektrod potensiali, elektr o‘tkazuvchanligi va b.) o‘zgarishidan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |