Educational materials



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/231
Sana21.07.2022
Hajmi4,65 Mb.
#831803
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   231
Bog'liq
Educational materials

 
 
 
 
 
 
Utilizatsiya bosqichi (9) 
16.4-rаsm. Ko‘chmаs mulk obyektining grаfik tаsviri
24
 
 
16.4-rаsmdа ko‘chmаs mulk ob’yektining to‘liq tаbiiy hаyotiylik sikli аks 
ettirilgаn. Bundа, rasmda belgilangan 1-5-ishlar investitsiya oldi bosqichiga, 6-7-
ishlar investitsiya bosqichiga, 8-bosqich ekspluаtаtsiya bosqichiga hamda 9-
bosqich likvidatsiya yoki utilizatsiya bosqichiga tegishli bo’ladi. 
Umuman olganda, loyihani amalga oshirish va uni tugatish oralig’idagi davr 
investitsiya jarayoni deb ataladi. Investitsiya (sikli) jarayonini 4 ta bosqichga 
(fazaga) bo’lish mumkin va ularning har birining o’z maqsad va vazifalari bor: 
1. Investitsiyalashdan oldingi faza.
Investitsiya loyihasi bo’yicha dastlabki 
izlanishlardan, to uni amalga oshirish bo’yicha qaror qabul qilunguncha bo’lgan 
davr. U bir qancha bosqichlarni o’z ichiga qamrab oladi: 
- investitsiya imkoniyatlarini aniqlash; 
- loyihalarning muqobil variantlarining maxsus usullaridan foydalangan 
holda tahlillarni olib borish va loyihani tanlab olish;
- loyiha bo’yicha xulosa; 
- investitsiyalash to’g’risida qaror qabul qilish. 
Mazkur fazada investitsion dastavval g’oyani shakllantirish zarur. 
Investitsiya loyihasi g’oyasi bozorda tovar va xizmatlarga bo’lgan talabning 
qondirilmaganligi bilan bog’liq holda, shuningdek, bo’sh pul mablag’lari 
mavjudligi, tadbirkorlik qobiliyati va uning amalga oshirilishi xohishi va shu 
kabilarning paydo bo’lishi bilan bog’liq holda amalga oshiriladi. 
Investitsiya loyihasini ishlab chiqishning asosiy bosqichi bo’lib, investitsiya 
oldi fazasi hisoblanadi.
16.1-jadval. 
Investitsiya oldi fazasi
25
 
 



Loyihani amalga oshirish 
imkoniyatlarining tahlili 
Loyihani 
asoslashning 
tayyorgarlik bosqichi 
Loyihani baholash va investitsiya 
qilish to’g’risida qaror qabul 
qilish 
24
Iqtisodiy adabiyotlarni o’rganish asosida muallif tomonidan tuzildi.
25
Iqtisodiy adabiyotlarni o’rganish asosida muallif tomonidan tuzildi. 
yillar 


Investitsiyalash uchun kerak 
bo’ladigan mablag’lar hajmi 
va salohiyatli (potentsial) 
investorlar 
Loyihani mavjud muqobillar 
bilan 
solishtirgandagi 
dastlabki asoslash. 
Yakuniy qaror sifatida loyihani 
ijtimoiy-iqtisodiy baholash. 
Loyihani 
amalga 
oshirishning ichki va tashqi 
shart-sharoitlari baholash 
Qo’shimcha 
(funktsional) 
izlanishlar. 
Investitsiyalashning 
salohiyatli 
manbalarini aniqlash. 
Loyihani amalga oshirish 
imkoniyatlarini makro va 
mikroiqtisodiy 
darajada 
tahlil qilish 
Loyihani texnik iqtisodiy 
asoslash (TIA). 
Investitsiyalashning 
tadbirlarining ishlab chiqish. 
Loyihani amalga oshirishga 
kelishish 
va 
tasdiqlash 
(ishchi hujjatlar) 
Ushbu fazada loyiha ishlab chiqiladi, uning imkoniyatlari o’rganiladi, 
dastlabki texnik – iqtisodiy tadqiqot – kuzatishlar o’tkaziladi, potentsion investor 
va loyihaning boshqa ishtirokchilari bilan muzokarolar olib boriladi, xomashyo va 
uskunalarni etkazib beruvchilar tanlanadi. Agar investitsion loyihaga kredit jalb 
qilish ko’zda tutilgan bo’lsa, unda bu fazada kreditni olish bo’yicha bitimlar 
tuziladi; investitsion loyihani yuridik jixatdan rasmiylashtiriladi; hujjatlarni 
tayyorlash, shartnomalarni rasmiylashtirish va korxonani ro’yxatga olish amalga 
oshiriladi. 
Loyihaning investitsiya oldi fazasida bo’lg’usi loyihalashtirish ob’ektining 
imkoniyatlari o’rganiladi. Loyihaning bu hayotiy bosqich tsiklida, uning hayotga 
mos qobilligi va jalb etuvchanligiga asos yaratiladi. Investitsiya oldi fazasi 
loyihaning to’liq xarakteristikasini berishi shart. 
Ba’zi xollarda investitsiya loyihasining bu hayotiy tsikl bosqichining 
davomiyligini aniqlash juda qiyin kechadi.
Jahon amaliyotida investitsiya oldi fazasi quyidagi bosqichlari mavjud: 
1) Investitsiya g’oyalarining shakllanishi, ya’ni g’oyani tanlash va dastlabki 
asoslash yoki dastlabki investitsion kontsentsiyani shakllantirish (opportunity 
studies); 
2) Investitsiya 
imkoniyatlarini izlash, ya’ni ishlab chiqariladigan 
mahsulotga talabni o’rganish, loyihaning qiymati va uning samarasini aniqlash (pre 
– feasibility studies); 
3) Loyihaning texnik – iqtisodiy asoslanishi yoki uning texnik -
iqtisodiy va moliyaviy maqbulligini baholash (feasibility studies); 
4) Baholovchi xulosani tayyorlash va investitsiyalash uchun qaror qabul 
qilish (final evaluation). 
Investitsiya g’oyalarining shakllanishi bosqichida, bu g’oyani tanlash, uni 
dastlabki asoslash, loyihada ko’rsatilayotgan ishlab chiqarishni tashkil etish, 
texnik, innovatsion va ekologik nuqtai nazardan bir qarorga kelish, loyihani 
amalga oshirish davomida qo’yiladigan boshqa talablarga javob berish, investitsiya 
g’oyasining ustunligini tarmoq, xududiy va davlat idoralari bilan dastlabki 
kelishuv, loyihani amalga oshira oladigan korxonani dastlabki tanlash va 
ma’lumotlar memorandumini tayyorlash ishlari ko’rib chiqiladi.


Investitsiya imkoniyatlarini izlash bosqichi, eksport va importni xisobga 
olgan xolda mahsulot va hizmatlarga bo’lgan talabni dastlabki o’rganish, mahsulot 
va hizmatlar bazoviy, joriy va prognozlashtirilayotgan narhlari darajasini baholash, 
loyihani amalga oshirish bo’yicha huquqiy – tashkiliy takliflar va loyiha 
ishtirokchilari tarkibi, tahmin qilinayotgan investitsiya xajmlarini baholash, 
loyihaning texnik – iqtisodiy asoslari bo’limlari bo’yicha dastlabki baholashni 
tayyorlash, shu jumladan loyihaning samaradorligini baholash, potentsial 
investorlar uchun investitsion takliflar tayyorlashni o’z ichiga oladi.
Mablag’larni loyihaga investitsiyalashdan oldin bajariladigan muhim 
ishlardan biri bu loyiha bo’yicha investitsiya imkoniyatlarini aniqlashdir. 
Salohiyatli investorlar, ular qanday bo’lishidan qat’iy nazar rivojlangan yoki 
rivojlanayotgan davlatlarda yuzaga kelayotgan investitsiya imkoniyatlari 
to’g’risida ma’lumot olishga qiziqishadi. Bunday investitsiya loyihalari bo’yicha 
ma’lumotlarni o’rganish va tahlil etish ikki xil yo’nalishda amalga oshiriladi: 
1. Iqtisodiyot sektori darajasi bo’yicha yondashish (makro). 
2. Korxona darajasi bo’yicha yondashish (mikro). 
Iqtisodiyot sektori darajasi bo’yicha izlanishlarni olib borish o’sha 
davlatning butun investitsiya salohiyatini (potentsialini) hamda bu davlatga boshqa 
davlatlar tomonidan investitsiya qilinishi mumkin bo’lgan mablag’lar hajmini 
o’rganish va taxlil qilishni o’z ichiga oladi. 
Korxona miqyosidagi tahlil aniq investitsiya loyihasi bo’yicha qo’yilayotgan 
talablardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. 
Loyiha bo’yicha investitsiya imkoniyatlarini o’rganish va taxlil qilishda 
quyidagi omillarga alohida e’tibor beriladi: 
- umumiy investitsiya muhiti, shart-sharoitlar; 
- qayta ishlanishi mumkin bo’lgan tabiiy boyliklar va xom ashyo resurslari; 
- ishlab chiqarilishi mo’ljallanayotgan tovarga (xizmatga) kelgusidagi talab 
(aholini o’sishi hisobiga, aholi xarid qobiliyatining o’sishi hisobiga va boshqa 
omillar); 
- loyihaning atrof-muhitga ta’siri; 
- boshqa tarmoqlar bilan kelgusidagi o’zaro aloqasi va imkoniyatlari; 
- diversifikatsiyalash imkoniyati. Masalan, neft-ximiya majmuasidan 
formatsevtik ishlab chiqarishga o’tish; 
- ishlab chiqarish resurslarining mavjudligi va ularning qiymati; 
- eksport imkoniyatlari; 
- import o’rnini bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish. 
Investitsiya imkoniyatlari bo’yicha izlanishlar yuqorida keltirilgan omillar 
bo’yicha har birining aloxida tahliliga emas, balki umumiy baholashga asoslanadi. 
Loyiha g’oyasini rivojlantirish uchun aniq takliflar kiritishda talab etiladigan 
ma’lumotlarni miqdoriy baholash uchun investitsiya imkoniyatlarini tadqiq etish 
asosiy vosita hisoblanadi. Bunda quyidagi jihatlar tahlil etiladi: 
- qayta ishlovchi sanoat uchun kerakli bo’lgan tabiiy resurslar; 
- qishloq xo’jaligiga asoslangan sanoat tarmog’i uchun asos bo’lgan 
amaldagi qishloq xo’jaligi tarkibi; 


- muayyan iste’mol talablariga kelgusi talab, aholi o’sishi hisobiga ortib 
boruvchi talab; 
- atrof-muhitga ta’sir ko’rsatish; 
- qayta ishlovchi sanoat sektori; 
- mahalliy yoki transmilliy va boshqa tarmoqlar bilan mumkin bo’lgan 
aloqalar; 
- umumiy investitsiya muhiti; 
- ishlab chiqarish siyosati; 
- ishlab chiqarish omillarining mavjudligi va qiymati; 
- eksport salohiyati va boshqalar. 
Umumiy imkoniyatlarni tadqiq etishni quyidagi uchta kategoriyaga ajratish 
mumkin: 
1. Hududdagi imkoniyatlarni aniqlash uchun belgilangan izlanishlar. 
2. Sanoat sohasidagi, masalan, qurilish materiallari yoki oziq-ovqat 
mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi imkoniyatlarni - aniqlash uchun belgilangan 
izlanishlar. 
3. Tabiiy resurslar, qishloq va sanoat mahsulotlaridan foydalanishga (neft, 
ximiya, metallurgiya, yog’ochni qayta ishlash) asoslangan imkoniyatlarni aniqlash 
uchun belgilangan izlanishlar. 
Loyihaning asoslanishi yoki uni texnik – iqtisodiy va moliyaviy 
maqbulligini baxolash bosqichida keng ko’lamga marketing izlanishlari 
o’tkaziladi. Bozor segmenti qandayligi o’rganiladi, mahsulotni ishlab chiqarish 
dasturi tayyorlanadi, texnik qarorlar shu jumladan bosh reja ishlab chiqiladi, 
injenerlik ta’minoti, arxitektur rejalashtirish va qurilish qarorlari, fuqarolik 
mudofasi va atrof muhitni qo’riqlash bo’yicha chora tadbirlar o’tkazish, qurilishni 
tashkil etish tavsifi, korxonani kimlar boshqarishi va ushbu soxada ularning 
boshqaruv tajribasi qay darajada ekanligi, korxona ishchilari soni va tarkibi, ular 
mehnatini tashkil etish. 
Loyiha bo’yicha smeta – moliya hujjatlarini tayyorlash, loyihani amalga 
oshirish bilan bog’liq risklarni baxolash, loyihani amalga oshirish muddatlari 
rejasi, loyihaning moliyaviy samaradorligini baholash, loyihaning iqtisodiy 
samaradorligini baholash, ko’zda tutilayotgan investitsiyalarning qanday 
ko’rinishda va maqsadlarda ishlatilishi masalalari ko’rib chiqiladi. 
Baholovchi xulosani tayyorlash va investitsiyalash uchun qaror qabul qilish 
bosqichida, tehnik – iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish tugallangandan so’ng, 
investitsion loyiha ishtirokchilari taxmin qilinayotgan investitsiya bo’yicha aniq 
maqsadlar, ehtimolli risklar, xarajatlar va foydalarni hisobga olgan holda o’z 
baholarini beradilar. Qanchalik loyihaning texnik – iqtisodiy asoslanishi sifatli 
bo’lsa, uni baholash shunchalik oson bo’ladi. 
Investitsiya oldi fazasi xarajatlari umumiy kapital xarajatlarning 0,7% dan – 
5% gacha ulushini tashkil etadi. 
Ishlab chiqarish yo’nalishidagi investitsiya loyihasini tayyorlash va hayotga 
tatbiq etish uzoq vaqt davomida amalga oshiriladi. Bunda investitsiya loyihasi
g’oyadan, to moddiy yuzaga chiqishgacha bo’lgan jarayonni bosib o’tishi kerak. 


Har qanday loyiha agar u amalga oshirilmasa, unchalik ahamiyatga ega bo’lmay 
qoladi. 
Investitsiya va ishlab chiqarish xarajatlarini baholovchi xulosa, loyiha 
o’lchami bo’yicha barcha muhim jixatlarni, ya’ni moliyaviy va iqtisodiy 
foydaliligini hisoblash va ular bilan bog’liq xarajatlarni hisobga olgan holda to’g’ri 
aniqlangandagina maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Baholovchi xulosa faqatgina aniq loyiha bilan cheklanib qolmasdan, shuning 
u bilan bog’liq tarmoq sohasi va tegishli iqtisodiyot bilan ham qiziqqan holda olib 
boriladi.
Baholovchi hulosa tuzishda keng qamrovli loyihalar uchun to’plangan 
ma’lumotlar va loyihaning barcha omillari tahlilini qayta – qayta jiddiy tekshirib 
chiqish talab etiladi.
Investitsiya oldi fazasi natijasi bo’lib, investitsiya loyihasining 
kengaytirilgan biznes - rejasi hisoblanadi. 
Rejalashtirish har qanday tadbirkorlik tizimida hajmidan qat’iy nazar uning 
ajralmas qismidir. Ilg’or texnologiya va bozor tadqiqotlarining natijalari, yangi ish 
tashkili va tadbirkorlik rejalarini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan tashkiliy – 
boshqaruv va moliya muammolarini hal qilish biznes rejada aks etishi kerak. 
Biznes – reja – bu hujjat, unda aniq vaziyatda biznesning mohiyati, 
boshlanish imkoniyati, davomi va uning kengaytirilishi aks etadi. 
Biznes – reja tadbirkor tomonidan ishlab chiqiladi, agarda boshqa 
muammolar bo’yicha maslahatlar kerak bo’lsa, bu ishga boshqa soha 
mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.
Odatda bunday rejalar 1-3-5 yil muddatga tuziladi. Tadbirkor tomonidan 
birinchi yildagi olinadigan samara oylar bo’yicha batafsil, keyingi yili – choraklar 
bo’yicha, keyinchalik yil bo’yicha hisoblanadi. 
Biznes – reja aktsiyadorlar tasdig’idan o’tgan taqdirda (hissadorlik jamiyati 
bo’lsa), birinchi yilga alohida ish vazifalarini ishlab chiqishga asos bo’ladi. 
G’arbdagi ko’pchilik firmalar o’z faoliyatini juda aniq rejalashtiradi va biznes – 
rejani ishlab chiqishda mahsus talablarga asoslanadi. Odatda uning xajmi 40 
betdan oshmaydi. Yuqori darajadagi raqobatli sohalarda, ko’zda tutilmagan 
xolatlar bo’lishi mumkin bo’lganda to’liq rejaning muqobili sifatida qisqa varianti 
qabul qilinadi. Ayrim xollarda biznes – reja o’zlari foydalanish uchun kichikroq va 
kattaroq hajmda «tashqi» varianti (bank, sarmoyadorlar, ta’minlovchilar va 
iste’molchilar uchun) tuziladi. Bunday hajmdagi rejalarga aniq misollar, hisoblar, 
ko’rgazmalar ilova qilinadi. 
Biznes – reja bir necha muhim vazifalarni bajaradi. Biznes – rejani 
tayyorlash jarayoni fikrlashni jonlantiradi, tadbirkorni puxtalik bilan uylashga va 
o’z ishini turli nuqtai nazardan tahlil qilishga, haqiqiy imkoniyat va qiyinchiliklarni 
baholashga majbur qiladi. 
Ikkinchi vazifa – nazorat. Qog’ozda bayon qilingan reja kelgusi nazoratlarda 
va erishilgan natijalarni baholashda har doim ishlatilishi mumkin. U korxona 
faoliyatini kelgusi yaxshilashga asos bo’lib hizmat qiladi. 
Uchinchi asosiy vazifa – jamg’arish. U boshqa jismoniy va yuridik 
shaxslardan pul mablag’larni jalb qilishga imkoniyat yaratadi. Biznes – reja 


potentsial qarz beruvchini, aktsioner, sarmoyadorni hamda iste’molchini, 
ta’minlovchilarni ushbu korxona bilan (ishbilarmon bilan) tijorat aloqalarida foyda 
olishga ishontirishi kerak. 
Jahon tajribasida biznes – rejani tuzish bosqichlari va uning tashkiliy 
qismlari aniq belgilanadi. 
Asosiy yo’nalishni saqlagan holda,boshqa bo’limlarga axborotni 
ko’chirishni yoki ularni birlashtirish hisobiga bo’limlar soni kam bo’lishi mumkin.

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish