Ankilostomidozlar — geogelmintozlardir. Invaziya manbai bemor odam hisoblanadi. Ankilostoma va nekator odamning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Tuxumlari najas bilan ajraladi. Tuxumlar iliq, nam tuproqqa tushgandan keyin 10—15 kun davomida lichinkalar rivojlanadi va ular bir necha oy tuproqda yashashi mumkin. Ankilostomalar lichinkasi sabzavot va mevalar yoki iflos qo‘llar bilan og‘izga tushadi. Nekatorlar lichinkasi, ba’zida ankilostomalar oyoqyalang yurganda yoki o‘tlar ustida yalang‘och yotganda organizmga teri orqali kiradi. Lichinkalar organizmga kirgach, qon oqimi bilan o‘pkaga mig- ratsiya qiladi. U yerdan alveolalar hamda bronxlar orqali halqumga tushadi va yutib yuboriladi. Oshqozondan ingichka ichakka o‘tib, u yerda kattalashadi. Invaziya yuqqan vaqtdan tuxum qo‘yadigan davr- gacha rivojlanish davri 2 oyni tashkil etadi. Ankilostomalar orga- nizmda 5—15 yil parazitlik qiladi. Kasallikka moyillik umumiy. Qishloq xo‘jalik va shaxta ishchilari, yerda ishlovchilar hamda bolalar ko‘proq invaziya yuqtirib, kasal- lanadilar. Patogeneziningdastlabki bosqichlarida parazitar metabolit- larning toksik-allergik ta’siri, surunkali bosqichi patogenezida esa — ankilostomidalar oziqlanishining xususiyatlari tufayli temir yetish- masligi natijasida yuzaga keladigan anemiya asosiy rol o‘ynaydi. Ankilostomidalar og‘iz kapsulalari yordamida 1—3 minut davomida shilliq pardalarga yopishib, ichak shilliq pardalarini zararlaydi va bunda ajralib chiqqan qon bilan oziqlanadi. Sutkada bitta ankilostom 3 ml, bitta nekator — 0,1 ml qon so‘radi. Ular tez-tez yopishish joyini o‘zgartirib turadi va natijada o‘sha joylarda uzoq vaqt davomida qonab turadigan yaralar hosil bo‘ladi. Bular ham anemiya rivoj- lanishida muhim ahamiyatga ega.
Teri orqali zararlanganda kasallikning dastlabki kunlari (soatlari) lichinkalar kirgan joyda dermatit rivojlanadi, qayta zararlanganda bu yanada og‘ir o‘tadi. Turli toshmalar, teri qichishishi, ba’zida mahalliy shishlar kuzatiladi. Terining qashlangan joylariga ikki- lamchi infeksiyalar tushishi juda xarakterlidir. Keyinchalik anki- lostomidlar lichinkalari migratsiyasi va ularning almashinuv mahsulotlari ta’siri natijasida organizmda sensibilizatsiya rivojlanadi. Bu esa o‘z navbatida o‘pkani zararlab, bronxit va laringit kabi jarayonlarni yuzaga keltiradi. Invaziyaning dastlabki bosqichi yuqori eozinofiliya, ba’zan yuqori isitma bilan kechadi. Peroral zararlanganda bu belgilar kuzatilmaydi. Ankilostomidozlarning surunkali bosqichida kasallikning asosiy ko‘rinishlari gelmintning o‘n ikki barmoq va ingichka ichakda parazitlik qilishiga bog‘liq. Bemorni ko‘ngil aynishi, ba’zan qusish va qabziyatga moyillik bezovta qiladi. Bemorni ba’zan epigastral sohadagi juda kuchli, ya’ni o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligini eslatadigan og‘riq bezovta qiladi. Bora-bora temir yetishmasligi tufayli kelib chiqadigan anemiya rivojlanadi va bunda tegishli klinik hamda laboratoriya belgilari namoyon bo‘ladi. Tashxis najasda topilgan ankilostomidalar tuxumlariga qarab qo‘- yiladi. Najas boyitish usulida tekshiriladi. Ankilostomidalar diffe- rensiatsiyasi lichinkalari bo‘yicha o‘tkaziladi. Bemorlarni davolashning asosi degelmintizatsiya hisoblanadi. Bunda ko‘pincha quyidagi antigelmint preparatlar qo‘llanadi: 1) kombantrin (pirantel pamoat) bir kursga 10—20 mg/kg, ovqat vaqtida; 2) mebendazol (vermoks) 100 mg dan kuniga 2 mahal 3 kun davomida; 3) levamizol (dekaris) 2,5 mg/kg dan (bir martalik va kurs bo‘yicha miqdori) uxlashdan oldin; 4) tiabendazol (min- tezol) 25 mg/dan sutkasiga 2 mahal ovqatdan keyin 2 kun davomida; 5) naftamon (alkopar) bir martalik (kurs bo‘yicha) miqdori saharlab 5 g. Kuchli anemiyada temir preparatlari va folat kislota tayinlanadi.