E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Download 1,2 Mb.
bet154/236
Sana16.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#495758
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   236
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Klinikasi. Yashirin davr odatda 3—6 kun davom etadi, o‘pkaga tegishli shaklida qisqaroq, emlanganlarda esa 8—10 kungacha cho‘zilishi mumkin. Kasallikning quyidagi klinik shakllari farqlanadi: a) teri, bubonli, teri-bubonli; b) birlamchi septik, ikkilamchi septik; d) o‘pkaga xos — birlamchi, o‘pkaga xos — ikkilamchi, ichakka tegishli.
Klinik shakllariga qaramasdan kasallik to‘satdan kuchli et uvu­shishi va tana haroratining 39—40°C gacha ko‘tarilishi bilan bosh­lanadi. Bemorlar ko‘pincha ko‘ngil aynishi va qusish bilan kecha­digan kuchli bosh og‘rig‘i, mushaklarda og‘riq, holsizlik, kam hollarda qo‘rquv sezadilar. Yuz va konyunktivalar qizargan, burun kovagi kengaygan va lablar quruq bo‘ladi. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardalarida gemorragiyalar va yaralar kuzatiladi. Til shishgan, quruq, titraydigan, qalin oq karash bilan qoplangan (xuddi «bo‘r bilan artilgan» ko‘rinishda). Til kattalashishi va uning haddan tashqari qurishi natijasida so‘zlar tushunarsiz eshitiladi. Kasallik og‘ir kechganda yuz ko‘karadi, unda qiynoq, azob va vahima belgilari ko‘rinadi.
Yurak-tomirlar sistemasi tez izdan chiqadi: puls minutiga — 120—140 martagacha tezlashadi (taxiakardiya), aritmiya, yurak tonlari bo‘g‘iq, arterial bosim birdaniga tushib ketadi; ko‘karish va nafas yetishmasligi kuzatiladi.
Nerv sistemasining toksik zararlanishi tipikdir: ayrim bemorlarda uyqusizlik kuzatilsa, boshqalarda qo‘zg‘alish, alahsirash, gal- lusinatsiya, qochishga intilish, chayqalib yurish va harakat koor- dinatsiyasining buzilishi kuzatiladi. Qorin og‘riydi, taloq hamda jigar kattalashadi, qabziyat bo‘ladi yoki ich ketadi.
Qonda leykositoz va ECHT oshadi.
Bubonli shaklida kasallikning 1—2-kuni limfadenit uchraydi (o‘lat buboni). Bubonlar organizmga infeksiyaning kirgan joyiga bog‘liq ravishda chov, qo‘ltiq osti, bo‘yin sohalarida uchraydi. Jarayonga qo‘shni limfatik tugunlar va o‘rab turgan kletchatka qo‘shiladi, bu esa bubonga xarakterli ko‘rinish beradi; kuchli og‘riq seziladigan va notekis qirrali o‘smasimon moddalarni eslatadi. Bubon ustidagi teri dastlab o‘zgarmay, so‘ngra to‘q qizil, ko‘kish tusga kiradi. Keyinchalik bubon yiringlaydi, kasallik to‘la yakunlanganda bubon so‘rilishi yoki qattiqlashishi mumkin.
Teri shaklida terida qonli suyuqlik bilan to‘lgan pustula hosil bo‘ladi, u qattiq asosda joylashgan bo‘lib, qizil-qo‘ng‘ir rangda uchraydi. So‘ngra yara paydo bo‘ladi, uning tubi to‘q rangda qasmoq bog‘laydi. Kuchli og‘riq seziladi.
Kasallikning bubonli shakllarida bemor kasallikning 6—11- kunlari sog‘ayadi.
O‘latning o‘pkaga tegishli shakli — kasallikning juda og‘ir va epidemiologik jihatdan o‘ta xavfli shaklidir. Mazkur shakl og‘ir intoksikatsiya, baland isitma, yurak faoliyatining erta va keskinlashib boruvchi buzilishi bilan kechadi. Bu o‘pkaning zararlanish belgilari: nafas yetishmasligi (nafas olishlar soni 1 minutda 40—60 marta, ko‘krakda kuchli og‘riq, yo‘tal, qon aralash ko‘pikli balg‘am ajralishi, perkutor tovush bo‘g‘iqligi, nam xirillashlar) bilan o‘tadi. Bemor ahvoli juda ham og‘ir bo‘ladi.
O‘latning septik shakli uchun teri hamda shilliq pardalarga qon quyilishi, qon aralash qusish, oshqozon-ichak, bachadondan qon ketishi kabi kuchli gemorragik belgilar bilan kechadigan og‘ir sepsis manzarasi xosdir.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish