shaffofli dondan endosperm qismi oson ajratilib, unni nonboplik
xususiyati va sifati yaxshilanadi. Un tortishda «pomol»
partiyasi ning
shakllanishi uchun shaffofligi 50 - 60% bo'lishi maqsadga muvofiq.
Tegirmonning don tozalash sexiga yuboriladigan donning sifati
Bugungi kunda un tegirmonlari zamonaviy, yuqori unumli uskunalar
bilan jihozlangan bo'lib, donlarni standart
talablari asosida tozalab,
ularning tarkibini ijobiy tomonga o‘zgartirishga moslashgan. Donlardan
yuqori sifatli un olish uchun unlarga ma’lum standart talablar qo‘yiladi.
Un ishlab chiqarish uchun donning dastlabki namligi 12,5 % dan
13,5% ko‘p emas begona arashmalar miqdori 2%, shulardan zararli
chiqindilar 0,2% dan oshmasligi kerak va buzilgan donlar miqdori 1%
dan oshmasligi tavsiya etiladi.
Don chiqindilari miqdori 5% dan oshmasligi kerak, shundan bug‘doy
4%, javdar va mog‘orlagan don miqdori 3% dan oshmasligi zarur. Un
olinadigan donlar fuzarioz kasalligi bilan zararlanmagan bo‘lishi kerak.
Don tozalash bo‘limlaridagi bosqichlar quyidagicha bo‘Iadi:
a)
separatsiyalash;
b)
gidrodinamik ishlov berish (GTI);
g) donning ustki qatlamiga ishlov berish;
d) tortiladigan don aralashmasini tayyorlash;
Donni tozalash to'rt bosqichda olib boriladi:
Birinchi bosqich separatsiyalash jarayoni
boshlang‘ich aralashmani
yoki uning komponentlarini bir xil alomatlari bo‘yicha ajratishdir.
Shunga asoslangan holda biror asbobda har
qanday aralashmani bir yoki
ikki alomatlariga asosan ajratadigan uskuna separator deb ataladi.
Don partiyasining boshlang‘ich tarkibi, don tozalash korxonalarida
va xo‘jaliklarda tozalanganiga qaramasdan ularda turli iflosliklar
(organik
va mineral moddalar, yovvoyi o'tlar urug‘lari va boshqa
chiqindilar) bo‘ladi.
1 2 2
Bu aralashmalarni mexanik usulda ajratish faqat don ekinlarida
amalga oshiriladi. Un-yorma va omuxta-yem
korxonalarida sepa- ratsiya
jarayoni ikki xil bo‘ladi:
-
don massasini buzadigan va donni tortishda uning sifatiga ta’sir
qiladigan moddalardan tozalash;
-
donlarni alohida-alohida tortish uchun ularni fraksiyalarga
(o‘lchamlari yoki sifatiga ko‘ra) ajratish tavsiya etiladi.
Separator deb to‘kiluvchan aralashmalarni elak,
uyali yuza,
pnevmoseparatlovchi kanal, magnit va elektro statik element kabi ishchi
organlari bilan ajratadigan uskunaga aytiladi. Shunga muvofiq ishlab
turgan separatorlar shartli ravishda ikki guruhga boMinadi:
oddiy va
murakkab separatorlar.
Do'stlaringiz bilan baham: