kursida batafsil o‘rganilib bitta sinf - Insesta ga birlashtiriladi. Don
zaxirasiga ziyon yetkazadigan zararkunandalar
ichida eng salmoqlisi bu
hasharotlardir. Hozirgi kunda hasharotlarning milliondan ortiq turi
aniqlangan bo‘lib, ular barchasi ensesta sinfiga mansubdir.
Hasharotlar turli-tuman tuzilishga, shakl va kattalikka ega. Umuman
olganda tuzilishi jihatdan hasharotlarni uch qismga ajratish mumkin: bosh
qismi, ko'krak va qorin qismi. Hasharotlar o’zlarining barcha xossa
xususiyatlari yuzasidan sinflar, sinfchalar, oilalar
va boshqa boiimlarga
ajratiladi. Don zaxirasining barcha zararkunanda hasharotlari qattiq
qanotlilar, qo‘ng‘izlar va parda qanotlilar yoki kapalaklar guruhiga
mansubdir.
Ma’lumki barcha hasharotlar jinsli hisoblanadi. Ularning erkak va
urg‘ochilari bir-biridan katta-kichikligi, shakli, rangi va boshqa belgilari
bilan yaqqol ajralib turadi. Hasharotlarning barchasi tuxum qo‘yish orqali
ko‘payadi. Urg‘ochi hasharotlar otalangandan so‘ng turiga bog‘liq
holda
bitta, ikkita yoki to'p-to'p qilib tuxum qo‘yadi. Odatda hasharotlar
tuxumini ozuqa ichiga yoki unga yaqin boigan joyga qo‘yadi, negaki
undan chiqqan lichinka mana shu oziqa bilan ovqatlanadi. Bundan
tashqari ko‘pgina tur urg‘ochi hasharotlar tuxumlarini tashqi xavflardan
(harorat, namlik, zararli hasharotlar va
b)
himoya qilish maqsadidamaxsus suyuqlik bilan himoyalayd i yoki don
ichiga berkitib qo‘yadi. Tuxumlar hasharotlarning turiga bog‘liq holda
turli rang, shakl va kattalikda bo‘ladi. Shuningdek turli vaqt oralig‘ida
undan lichinkasi chiqadi.
Tuxumdan chiqqan lichinkalarning rivojlanishi ikki xil bo “ lad i:
to‘liqboimaganvato‘liq.To‘liq bo‘lmagan rivojlanishcla
hasharotlar uch
bosqichni bosib o‘tadi: tuxum, lichinka va yetuk hasharot.
Bunda tuxumdan chiqqan lichinka ko’rinishi jihatdan ota- onasiga
o
£
xshab ketadi, faqat unda qanotlar bo'lmaydi va shakli kichik bo‘la di.
Rivojlanishi davomida
unda asta-sekin qanot
hosil bo‘ladi.
Lichinkaligining oxirgi davridagi po‘st tashlashi bilan yetuk ha - sharotga
aylanadi. Bunday ko'payuvchi hasharotlarga tripslar,
dala qandalalari,
pichanxo‘rlarni misol qilib olish mumkin.
83
Hasharotlarning toiiq rivojlanishida to‘rtta bosqich mavjud: tuxum,
lichinka, g'umbak va yetuk hasharot. Tuxumdan chiqqan lichinka ota -
onasigaumuman o‘xshamaydi, ya’ni chuvalchangsimon ko‘rinishda
boiadi. Ular o‘sish va rivojlanish davrida kuchli oziq- lanadilar.
Lichinkaligining oxirgi davrida o‘ziga qulay joy qidirishadi, chunki
g‘umbaklikka o‘tishi bilan ular harakatdan to‘xtaydilar. Ko‘pgina
hasharotlar g‘umbaklikka o‘tish davrida o‘zlariga bosh- pana yasab
oladilar, ba’zilari belanchak, ba’zilari esa pillaga o‘ralib oladilar.
G‘umbaklikka o‘tishda ularning tanasi kichrayadi, ko'krak
qismi esa
qalinlashuvi kuzatiladi, so‘ngra g‘umbak ichida uning asosiy organlari
shakllana boshlaydi.
Yetuk hasharotga aylangach ular tashqi qobiqni yorib chiqadi va
tarqaladi. Dastavval g‘umbakdan chiqqan hasharotning qanotlari yorqin
rangda va yumshoq boiadi. Biroz muddat o‘tgach kattala- shadi va rangi
to‘qroq tusga kiradi.
Qo‘ng‘izlar qulay sharoitda tez ko‘payish xususiyatiga ega. Urg‘ochi
qo‘ng‘izlar mahsuldor boigandan
keyin don zaxi- rasiga, qoplarga,
yog‘ochlarga va boshqa joylarga tuxum qo‘ya- dilar. Ba’zi turlari don
ichini kovlab shu yerga tuxum qo‘yadi. Tuxumdan lichinkalar chiqadi.
Chiqqan lichinkalar juda ham ozuqaxo‘rlik xususiyatiga ega boTib,
o‘zining rivojlanishi davrida kuchli oziqlanadi. Ko‘pgina qo‘ng‘izlaming
lichinkalari chuvalchangsimon boiadi va ko‘kragida uch juft oyoqlari
boiadi. Qo‘ng‘izlar donga katta zarar yetkazadi. Ular donni o‘suvchi
qismini ham zararlab donning unuvchanlik darajasini pasaytiradi.
Shuningdek, donni o‘zining ekskrimentlari g‘umbaklari, lichinkalari va
boshqa
chiqindilari
bilan
ifloslantirib
yuboradi.
Don
zaxirasi
qo‘ngizlarining bir necha yuz ming turlari mavjud.
Ular don
elevatorlarida va don omborlarida keng tarqalgan boiib don zaxirasiga
kuchli ziyon yetkazadi. Shularning ba’zi bir turlari bilan quyida tanishib
chiqamiz.
84
Uzunburunlar (Cursulionidae) 24.r
Bu oilaga kiruvchi qo‘ng‘izlarning boshi cho‘zinchoq trubasimon
bo'ladi. Mana shuuzunchoq qismi tumshuq deb ataladi. Ulardamana shu
uzun tumshuq bo‘lganligi sababli uzun tumshuqlar yoki filchalar deb
ataladi. Don zaxirasida bu turga
kiruvchi hasharotlardan ombor, sholi,
makkajo‘xori uzun tumshuqlari ko‘p uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: