Satrlar bilan ishlash
Konkatenatsiya («+»operatori) amali yordamida bir nechta satrlarni bitta satrga birlashtirish mumkin.:
>>> 'Salom, ' + 'bu men!
'Salom, bu men'
Python tili satrlarni hech bir amalsiz ham birlashtirishga imkon berafi:
>>>'Salom, ' 'bu men!'
'Salom, bu men!'
Koʻpincha satrning ma’lum bir qismini kesib olish talab qilinadi. Bu amalni umumiy koʻrinishda quyidagicha yozish mumkin:
Satr[a: b:n]
Bu yerda a-kesish boshlanadigan positsiya, b-tugatish pozitsiyasi, n-qadam. Zarur hollarda bu parametrlarning ayrimlarini tushirib qoldish mumkin.
a='01233456789abcdefghijk'
b=a[5:12:2] # 5 -chi belgidan 12 gacha 2 qadam bilan
c=a[5:12] # 5 -chi belgidan 12 gacha 1 qadam bilan
d=a[:12:3] # 12-chi belgidan 3 qadam bilan
e=a[::-2] # teskari tartibda -3 qadam bilan
print(b)
print(c)
print(d)
print(e)
Takrorlanadigan satrlardan yangi satr hosil qilish uchun koʻpaytirish (* operatori) amalidan foydalanish mumkin:
Satrni butun sonli tipdagi ma’lumotga aylantirish uchun int() metodidan foydalaniladi. Bunda metod argument faqat raqamlar ketma-ketligidan iborat boʻlgandagina ishlaydi, aks holda hatolik haqida axborot ekranga uzatiladi. Raqamlar ketma-ketligidan avval “-“ belgisi kelishi mumkin.
Ayrim hollarda satr elementlari orasiga apostrof ( ' ) belgisini joylashtirishga toʻgʻri keladi. Bu amalni ikki hil usulda bajarish mumkin. Biirinchi usulda satrni turli tipdagi qoʻshtirnoqlar orasida yozish. Ikkinchi usul satrni maxsus (boshqaruvchi escape) belgilar ketma-ketligi yordamida ifodalash. Bunda quyidagi escape-belgilardan foydalanish mumkin:
\n - yangi satrga oʻtish
\t - tabulyatsiya belgisi
\\ - chapga bittali slesh
\ ' - apostrof belgisi
\" - qoʻshtirnoq belgisi
Namunalarga e’tibor bering:
a="Biz Python tilini oʻrganyapmiz"
print(a)
b='"Python" dasturlash tili'
print(b)
c='Salom, \n bu men'
print(c)
d='Salom, \t bu men'
print(d)
Bitta satrga sigʻmaydigan satrlari yozishda uchtalik apostrof belgisidan foydalaniladi. Masalan,
>>> ''' Bu uzun
satr'''
koʻrsatmasini Python 'Bu uzun \nsatr’ tarzida qabul qiladi.
Satrlar bilan ishlashga moʻljallangan metodlarni ikki hil usulda yozish mumkin. Masalan, str.capitalize() metodi satrning birinchi xarfini katta xarf bilan almashtiradi:
a=str.capitalize('hello Python')
print(a)
b='hello Python'.capitalize()
print(b)
Metodlardan foydalanish yoʻriqnomasini ekranga chiqarish uchun help() metodi xizmat qiladi.
Satrda koʻrsatilgan belgilar ketma-ketligining necha marta uchrashini aniqlash uchun count() metodidan foydalanish mumkin:
Python tilida satrlarga bichim berish uchun format() metodi ham nazarda tutilgan.
Endi metod argumantlari oʻrnini almashtirib koʻraylik:
Satrlarni yozish uchun format() metodidan ehtiyojga koʻra turli koʻrinishlarda foydalanish mumkin:
n = 10
print('{:b}'.format(n)) # 2 lik sanoq sistemasida chiqarish
print('{:c}'.format(n)) # Unicode formatida chiqarish
print('{:d}'.format(n)) # 10 lik sanoq sistemasida chiqarish
print('{:x}'.format(n)) # 16 lik sanoq sistemasida chiqarish
Bichim uchun moʻljallangan xar bir koʻrsatma oʻziga hos ma’noga ega boʻladi. Argument indeksidan keyin qoʻyilgan ma’lumot (butun son) chiqarish uchun ajratiladigan maydon kengligini xamda shu maydon boʻylab tekislash usulini (maxsus belgi) anglatadi. Tekislash usullari quyidagicha aniqlanadi: < - chap tomondan, > - oʻng tomondan, ^ - markazga nisbatan tekislash. Masalan, {0 : ^20} koʻrsatmasi format() birinchi argumentini kenglig i 20 boʻlgan maydon satrining oʻrtasidan chiqarishni bildiradi.
print("1. ' {0}': {0:<20}.".format( "Bir"))
print("2. ' {1}': {1:^20} .".format("Ikki", "uch"))
print("3. ' {2}': {2:>20}. ".format("Uch", "Toʻrt", "Besh"))
Python da satrlar bilan ishlash uchun bir qator mantiqiy (True yoki False qiymatlaridan birini qaytaruvchi) metodlar joriy qilingan. Jumladan, startswith() metodi satr argumentda koʻrsatilgan belgidan boshlanganligini aniqlaydi, endswith() metodi esa satrning argumentda koʻrsatilgan belgi bilan tugashini tekshiradi.
Satr tarkibidagi yangi satrga oʻtish (\n) beilgilarini oʻchirib tashlash uchun strip() metodidan foydalanish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |