tushuntiruvchi – namoyish etuvchi ta’lim. Bu an’anaviy yoki axborot beruvchi ta’lim deb ataladi;
muammoli o‘qitish;
dasturlashtirilgan ta’lim yoki kompyuterli o‘qitish.
Bugungi kunda o‘rta asrda keng qo‘llanilgan ta’lim turlari dogmatik va sxolastik o‘qitish elementlari ham saqlanib kelinmoqda.
Tushuntiruvchi – namoyish etuvchi ta’lim turi. Uning asosiy metodi ko‘rgazmalilik asosida tushuntirishdan iborat bo‘lib, uning asosini tinglash va eslab qolish tashkil etadi. Bu ta’lim turi vaqtni tejash, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning vaqtni tejash, qiyin bilimlarni tushunishini osonlashtirish, ta’lim jarayonini optimal boshqarishni ta’minlaydi. Biroq bu ta’lim turida ayrim kamchiliklar mavjud, ya’ni, “tayyor” bilimlarni berish va ta’lim oluvchilarni bilimlarini o‘zlashtirishida mustaqil hamda mahsuldor fikrlashdan ozod etish, o‘quv jarayonini individuallashtirish va differensiyallashtirish imkoniyatlarining kamligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |