Namuna:
143
Farg’ona davlat universiteti filologiya fakulteti o‘zbek filologiyаsi yo‘nalishi
14.432 guruh talabasi Ahmedova Nilufarning “Hozirgi o‘zbek she’riyаtida
his-tuyg’u va g’oyа mutanosibligi” nomli bitiruv-malakaviy ishiga
T A Q R I Z
Avvalo shuni aytish kerakki, bitiruv - malakaviy ishi ushun dolzarb mavzu
tanlangan. Ish reja asosida, kerak tarkibiy qismlarga rioyа qilingan holda
yozilgan. Oхirida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yхati ham berilgan. Faqat ro‘yхat
alifbo tartibida berilishi kerak edi. Bu tamoyilga amal qilinmagan. Ishda kafedra
a’zolarining ishlaridan, jumladan, kafedra mudiri filologiyа fanlari doktori Y.
Solijoniv boshshiligida nashr etilgan «O‘zbek adabiyotshunosligining dolzarb
masalalari» nomli ilmiy maqolalar to‘plamidan, filologiyа fanlari nomzodi M.
Boborahimovning “She’riy asarlarda konfilikt” nomli risolasi hamda Y.
Solijonov «Nutq va uslub» monografiaysidan o‘rinli foydalanilgan. Kerakli
betlarda bu haqda ma’lumotlar berilgan. Ammo, ishning kirish qismida
filologiyа fanlari nomzodi “A. Sabirdinov she’riyаt asarning shakl va mazmun
mutanosilbigi bo‘yicha o‘z fikrlarini e’lon qilgan» deyа qayd etiladi- yu, biroq
olimning qaysi asarida aynan shu mavzuga to‘хtalganligi keltirilmaydi.
Ishga atroflicha yondoshishga harakat qilingan. Buning uchun reja tuzib ish
olib borilgan. Rejaning birinshi bandi kirish qismi bo‘lib ishda masalaning
qo‘yilishi va o‘rganilishi haqida yetarli darajada ma’lumotlar berilgan .
Ishning ikkinshi qismi asosiy qism bo‘lib, u 3 bobdan iborat: 1) o‘zbek
she’riyаtida shakl va mazmun mutanosibligi masalalari; 2) o‘zbek she’riyаtida
yаngi poetik an’analarning ahamiyаti, 3) o‘zbek she’riyаtida his-tuyg’u va g’oyа
mutanosibligi masalalariga bag’ishlangan.
Birinshi bobda, badiiy asar mazmuni хususiyаtlari sanalgan va shakliga
хos belgilar ko‘rsatilgan. Menimcha, shu o‘rinda mazmunning ta’rifi va
хususyаtilarini sanashga ko‘proq e’tibor berib yuborilgan. Ammo, shakl ta’rifi va
o‘ziga хos jihatlariga kamroq diqqat qaratilgan. Vaholangki, diplomantimiz
shakl va mazmun mutanosib bo‘lishi kerak, deb bir nesha bor takrorlagan. Shu
o‘rinda imloviy va uslubiy хatoliklarga yo‘l qo‘yilgan. Gap katta tuzilgan. Ilmiy
ish ushun muhim bo‘lgan iхshamlilik etishmaydi.
Ikkinshi bobda, yаngi poetik an’analar haqida gapirilgan, ammo yetarli emas.
Buning ustiga konkret faktlar yetishmaydi. Bu erda poetik an’analar haqida
ko‘proq ma’lumot berilishi kerak edi.
Uchinchi bobda bevosita mavzudagi masalani atroflicha ochishga harakat
qilingan. Har uchala shoirlarning ham she’rlaridan parchalar keltirilgan. Imkon
darajada tahlil qilingan. Ammo ba’zi o‘rinlarda ilmiylikdan chekinilib,
publitsistik va badiiy uslublariga o‘tib qolingan.
Ishning oхirgi bandi хulosa qismi bo‘lib, unda hozirgi o‘zbek she’riyаtida his-
tuyg’u va g’oyа mutanosibligining she’riyаt rivojidagi ahamiyаti haqida so‘z
yuritilgan. Ammo aynan mavzuning she’riyаt taraqqiyoti va badiiy tafakkur
rivojidagi o‘rni haqida deyаrli gapirilmagan.
144
Mazkur xato va kamchiliklar bitiruv-malakaviy ishining umumiy holatiga
sezilarli ta’sir etmaydi. Ish talabga javob beradi. Shuning ushun uni 63 ball bilan
baholashni tavsiyа etaman.
Rasmiy opponent,
Filologiya fanlari nomzodi:
H. Ibrohimov.
2007 yil 12- may
.
Bundan tashqari ish yuritishda “rezyume” deb ataladigan hujjatdan ham
foydalaniladi. “Rezyume” so‘zi fransuzcha so‘z bo‘lib, biror asar, o‘qilgan
ma’ruza, mehnat faoliyatining mohiyatini ochib beradigan qisqacha xulosa, fikr-
mulohaza degan ma’nolarda ishlatiladi. Masalan, “Tafakkur” jurnali oxirida
jurnalda e’lon qilingan maqolalarning ingliz tilidagi rezyumesi beriladi. Yoki
himoyaga tavsiya etilayotgan ilmiy ishlarning so‘nggida matnning o‘zbek, rus
yoxud ingliz tillarida qisqacha mazmuni bayon qilinadi. Ana shu rezyumening
o‘ziyoq ish bilan tanishishga ulgurmagan kishiga dissertatsiya haqida asosiy
ma’lumotni beradi.
Sirdaryo O‘tamovnaning “Alisher Navoiy g’azalaridagi ranglarning
simvolikasi” mavzusidagi o‘zbek mumtoz adabiyoti mutaxassisligi bo‘yicha
filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish bo‘yicha dissertatsiyasining
R E Z Y U M E S I
Mumtoz adabiyotida ranglarning ramziy ma’nosi va vazifasini o‘rganish
adabiyotshunoslarimiz oldida turgan muammolardan biridir. Bu muammo haqida
M.Shayxzoda, Yo.Is’hoqov, A.Hayitmetov, I. Haqqulov kabi navoiyshunoslar o‘z
tadqiqotlarida fikr yuritishgan. Lekin Navoiy lirikasidagi ranglar ma’nosi, ma’no
qirralari genezisi, xalq og’zaki ijodi bilan uzviyligi haqida alohida tadqiqot
bitinchi marta amalga oshirildi.
Ishning ilmiy yangiligi:
– ranglar genezisi simvolika darajasida tadqiq qilingan;
– xalq og’zaki ijodidagi ranglar dinamikasi va Navoiy lirikasidagi ranglar
dinamikasi birinchi marta qiyosiy tadqiq etilgan;
– Navoiy ijodida ranglar keng ko‘lamda ilk bor sistemeli tadqiq etilgan;
– Navoiy ijodidagi ranglar simvolikasini qo‘llashdagi an’anasi va mahorati
har tomonlama tadqiq qilingan;
– Navoiy qo‘llagan ranglar simvolikasini shoir zamondoshlari va keyingi
avlod ijodkorlari ijodiga ta’siri haqida ilk mukohazalar berilgan.
Ishning umumiy tavsifi, kirish, 3 bo‘limga ajratilgan 8 bob, xulosa,
foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro‘yxatidan iborat.
Ishning asosiy mazmuni 1 alohida nashr va 8 ta ilmiy maqolalarda o‘z
aksini topgan.
Ilmiy rahbar: I.Haqqulov.
2007 yil 9-setabr.
Hozirda mamlakatimizda xorijliklarga tegishli ko‘plab tashkiotlar faoliyat
olib bormoqda. Ularga ishga joylashish tanlov asosida bo‘lib, tanlovda qatnashchi
bo‘lgan kishi o‘z mehnat faoliyati haqida rezyume yozib topshiradi.
145
Do'stlaringiz bilan baham: |