Davlat kreditining mazmun-mohiyati va funksiyalari. Davlat krediti klassifikatsiyasi. Davlat kreditini boshqarish


Daromadlarni aniqlash metodiga ko’ra



Download 32,33 Kb.
bet3/7
Sana18.07.2022
Hajmi32,33 Kb.
#821771
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
DAVLAT KREDITI

7. Daromadlarni aniqlash metodiga ko’ra:  barqaror (qat’iy) daromadli qarz majburiyatlari;  “suzuvchan” daromadli qarz majburiyatlari.
Ayrim hollarda qimmatli qog’ozlar bo’yicha qat’iy stavkalar foizlarni to’lash borasida davlat xarajatlari o’sishining sabablari bo’lishi, boshqa bir hollarda esa ular foiz darajasining oshishini kutib o’tirgan investorlarni qo’rqitib yuborishi mumkin.
Byudjet defitsitini qoplash uchun qarzlarni nisbatan yuqoriroq darajada bo’lgan foiz stavkalarida joylash-tirishga to’g’ri keladi. Qarz muddati, odatda, 20-30 yilni tashkil etayotgan qarz davri davomida o’zining qarz majburiyatlari bo’yicha ana shunday foizni o’rnatib, davlat soliq to’lovchilarning zimmasiga qo’shimcha xarajatlarni yuklaydi. Amaliyotda bunday vaziyatdan chiqib ketishning ikki varianti mavjud:

  1. pul mablag’lariga bo’lgan ehtiyojni qisqa yoki uzoq muddatli qarzlar va uzoq muddatli qarzlarni (foiz stakasi pasayib ketgan paytda) chiqarish bilan qoplash. Biroq bu holda qarz oluvchi yana bitta qarzni chiqarish, joylashtirish va uni qaytarish (uzish) bilan bog’liq bo’lgan qo’shimcha xarajatlarni amalga oshirishga majbur bo’ladi. Bundan tashqari, investorlar foiz stavkasining (ko’tarilishini) kutib, ikkinchi chiqarilgan qarzga nisbatan qiziqish bildirmaslik ehtimoli ham yerda bor;

  2. qimmatli qog’ozlar bo’yicha to’lanadigan foizlarni uzluksiz ravishda qayta ko’rib borish. Bu holda yuqorida keltirilgan barcha muammolar hal qilinadi. Hisobkitob asosi sifatida, odatda, mamlakatdagi banklararo kreditlar bo’yicha foiz stavkasidan foydalaniladi. Biroq bunday qarzlar juda katta kamchilikka ega, ya’ni qarzdor o’z xarajatlarini rejalashtirish imkoniyaga ega bo’lmaydi.

8) Qarz chiqarilgan paytda belgilangan (o’rnatilgan) qarzni qaytarish muddatlariga qat’iy rioya qilish bo’yicha qarzdorning majburiyatlariga muvofiq:

  • muddatidan oldin qaytarish huquqiga ega bo’lgan majburiyatlar;  muddatidan oldin qaytarish huquqiga ega bo’lmagan majburiyatlar.

Moliyaviy bozorda keskin o’zgarishlar sodir bo’lgan paytda qarz majburiyatlarini muddatidan oldin qaytarish (uzish) masalasi alohida dolzarblik kasb etadi. Masalan, qarz oluvchi yillik qat’iy daromadli 12%li obligatsiyalar chiqargan va bir yildan so’ng foiz stavkasi pasayib, 6%ga teng bo’lgan bo’lsin. Bunday vaziyatda qarzdor keskin yo’qotishlarga, investor esa aksincha, katta yutuqlarga ega bo’ladi. Agar obligatsiyalar muddatidan oldin qaytarish huqu-qiga ega holda chiqarilgan bo’lsa, yangi qarzni chiqarish va ularni joylashtirish hamda eski qarzni qaytarib, investor o’z yo’qotmalarini kamaytirishi mumkin.
Qarzlarni qaytarishning ikki usuli bo’lishi mumkin:

  • bir vaqtning o’zida;  qismlarga bo’lib.

Agar qarzlar qismlarga bo’linib qaytarilayotgan bo’lsa, qaytarish muddatlari bo’yicha qarz summalarining taqsimlanishiga ko’ra quyidagi uch variant bo’lishi mumkin:

  1. aniqlangan davr, masalan, 4 yil ichida teng qismlarga bo’lib qaytarish. Bu holda, masalan, qarzning summasi 10 mln. so’m bo’lsa, har yili 2,5 mln. so’mdan qaytariladi;

  2. oshib boriladigan qismlarda. Masalan, birinchi yil 1 mln. so’m, ikkinchi yilda

– 2 mln. so’m, uchinchi yilda – 3 mln. so’m va to’rtinchi yilda – 4 mln. so’m. Qarzdorning daromadlari yildan-yilga o’sib (oshib) borayotgan paytda bu tizim juda qulay hisoblanadi. Masalan, boshqa sharoitlar teng bo’lgan taqdirda, ishbilarmonlik faolligining oshishi natijasida soliq tushumlari o’sishi ko’zda tutiladi yoki qurilishga qarz mablag’lari jalb qilingan obyekt, sekin-astalik bilan o’z quvvatiga ega bo’la borib, yildan-yilga kattaroq summada foyda keltira boshlaydi;
3) pasayib boradigan qismlarda. Masalan, birinchi yilda – 4 mln. so’m, ikkinchi yilda – 3 mln. so’m, uchinchi yilda – 2 mln. so’m va h.k. Bunday tizim qarzdorning daromadlarini pasayishi yoki xarajatlarining ortishi kutilayotgan paytda afzalliklarga ega va ustuvor ahamiyat kasb etadi.

Download 32,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish