izohlanishi mumkin.
Aynan hisobot ko’rsatkichlariga nisbatan ishonch hosil qilish darajasi o’rtacha
bo’lganda auditorlik tanlash usullarini qo’llash zarur.
Auditorlik tanlash – bu alohida hujjatlar, yozuvlar va hokazolar ko’rinishidagi
tekshiriladigan to’plamni shakllantirish uchun ma’lum qoidalar asosida tanlab olingan
elementlardir.
Auditning xalqaro amaliyotida auditorlik tanlash №530-«Auditorlik tanlash» (Audit
Sampling) nomli xalqaro standartga muvofiq amalga oshiriladi. Bizning mamlakatda esa,
auditorlik tanlash ishlari №14-«Auditorlik tanlash» nomli Auditorlik faoliyatining milliy
standarti (AFMS) asosida bajariladi. Shuning uchun ushbu standartga batafsilroq to’xtalib
o’tamiz. Standartning maqsadi auditorlik tashkiloti uchun tekshiriladigan to’plamdan
ma’lumotlarni tanlab olish va shu tarzda olingan axborotlarning natijalarini baholash
Do'stlaringiz bilan baham: |