tayyorlab, unda so’ralgan shaxslarning javoblari ko’rsatiladi.
Javoblarning auditor tomonidan baholanishi so’rov o’tkazish jarayonining muhim
qismi bo’lib, og’zaki so’rovlar natijalari bo’yicha tayyorlangan yozma ma’lumot auditorlik
tashkilotining boshqa ishchi hujjatlariga qo’shimcha qilinadi.
Hujjatlarni tekshirishda auditor ko’rib chiqayotgan ma’lum hujjatning haqqoniyligiga
ishonch hosil qilishi lozim. Ushbu maqsadda buxgalteriya hisobida ma’lum yozuvlarni tanlab
olish va xo’jalik faoliyatida sodir bo’lgan faktning hisobda aks ettirilishi kuzatib chiqiladi.
Hujjat bilan ishlashda uning kim tomonidan tuzilganligi muhim ahamiyatga ega.
Mijoz korxona tomonidan tayyorlangan va ishlov berilgan hujjatlar ichki hujjatlar
hisoblanadi. Auditorlik tashkilotiga qay darajada ishonish bunday hujjatlarni tuzish va ishlov
berish ustidan o’rnatilgan mijoz-korxona ichki nazorat vositalarining ishonchliligiga bog’liq.
Uchinchi shaxslar tomonidan tayyorlangan va xo’jalik yurituvchi subektlarga yuborilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |