|
|
Pdf ko'rish
bet | 445/1077 | Sana | 30.12.2021 | Hajmi | 3,95 Mb. | | #196244 |
| Bog'liq аудит фани
operatsiyalari,
avtomatlashtirilgan
va
ularning
birikmalaridan
iborat
nazorat
operatsiyalarini o’z ichiga oladi. Takliflarni boshqarishning avtomatlashtirilgan faoliyatiga
misol tarzida Internetga kiritilganlarni o’rganish uchun avtomatlashtirilgan kelishuvni va
tekshiruvlar tahririni keltirish mumkin. Agar ma’lumotlar mos kelmasa yoki noto’g’ri
formatda kiritilgan bo’lsa, qarama-qarshi aloqa, zarur tuzatishlar bajariladigan tarzda
ko’rsatiladi. Ayrim holatlarda qarama-qarshi aloqa va tuzatishlar avtomatik tarzda ro’y
beradi. Boshqa holatlarda esa qo’lda va avtomatik tarzda tuzatish quyidagi tarzda ishtirok
etadi: tizim avtomatik tarzda ma’lumotlar berishdagi xatoni topadi, lekin ma’lumotni qo’lda
berish kerak bo’ladi. Operatsiyalar nazorati avtomatik yoki qo’lda boshqarish bo’lsa ham
ma’lumotlarni kiritish, ishlov berish va chiqarish bilan bog’liq risklarni pasaytiradi.
Kiritishni boshqarish vositasi mualliflik operatsiyalari to’g’riligi va to’liqligiga, faqat
mualliflik operatsiyalarigina kiritilishi mumkinligiga ishonch hosil qilish uchun ishlab
chiqilgan. Kirishni boshqarish vositasining ikkita umumiy turi kiritishni tekshirishga testlar
va o’zini-o’zi tekshirish raqamlari hisoblanadi. Tekshirishga kirish testlari ko’proq tahrir
qiluvchi testlar sifatida eslanadi, chunki ular kiritilayotgan ma’lumotlarni ehtimoliy xatolar
uchun tadqiq etadigan va tahrir qiladigan nazorat testlaridir. Ma’lumotlarni tekshirish
testlari bitimlarni tajribali xodim qo’lda ishlab, ishni o’tgan haftada hech kim 70 soatdan
ortiq ishlamaganini bilgani kabi ko’rib chiqishga mo’ljallangan. Agar Internetga kiritilgan
element talab qilinadigan mezonlarga javob bermasa foydalanuvchi bu haqda xabardor
qilinadi (oladi) va tuzatish amalga oshiriladi yoki bitimni ishlov berilgunga qadar ko’rib
chiqish lozimligi yoki yo’qligi haqida qaror qabul qilinadi. Tekshiriluvchi raqamlarning o’zi
identifikatsiya raqami bilan bogliq almashib (chalkashib) ketish xatoligiga tekshirish uchun
ishlab chiqilgan tekshiruvga kirish testi hisoblanadi. Raqamlarning o’zini o’zi nazorat qilishi
qo’shimcha raqamlarni yoki sonli identifikator qo’shiladigan (yoki qo’yiladi) bir necha
raqamni hisoblab chiqish yo’li bilan amal qiladi. Algoritmlar xatolarning tarqalgan turini
aniqlash uchun mo’ljallangan. Har gal identifikator tizimga kiritilganda, o’zini-o’zi nazorat
qilish tizimi identifikator to’g’rimi-yo’qmiligini aniqlash uchun raqamlarni qayta sanaydi.
Boshqaruvning ishlov beruvchi vositalari ishlov berish uchun to’g’ri dasturdan
foydalanilayotgani, hamma operatsiyalarga ishlov berilgani va operatsiyalar tegishli fayllarni
yangilashi haqida ishonchli kafolat berishi uchun ishlab chiqilgan. Masalan, maoshlar hisob-
kitobining ishlov berilgan operatsiyalari maoshlarni hisob-kitob qilish kitobi ostida (bo’yicha)
Do'stlaringiz bilan baham: |
|
|