korxona ma’muriyatiga bildirishi zarur.
Auditor tekshiruv jarayonida olingan mijoz-korxona faoliyati to’g’risidagi barcha
axborotlarni, uning bilan aloqa to’xtatilgan yoki davom etayotganligidan qat’iy nazar,
cheklanmagan vaqt davomida maxfiy saqlashi lozim. Auditor ushbu axborotlarni o’z foydasi
uchun yoki har qanday uchinchi tomon foydasi uchun, hamda mijoz-korxona manfaatlariga
zid ravishda ishlatishga haqli emas. Auditorlik tashkiloti, auditor yordamchilari hamda
boshqa xodimlari maxfiy axborotlarning saqlanishi uchun javobgar hisoblanadi.
Quyidagi hollarda mijoz-korxonalarning maxfiy axborotlarini chop etish va boshqa
shaklda oshkor qilish professional etikani buzish hisoblanmaydi:
O’zbekiston Respublikasi Auditorlik Faoliyati Milliy standartlariga rioya qilishda;
Sudlashuv jarayonlarida auditorlarning professional manfaatlarini himoya qilishda;
Tashkilot, ishtirokchi yoki professional organ tomonidan o’tkazilgan sharhlar
Do'stlaringiz bilan baham: |