Chizmachilik



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/190
Sana31.12.2021
Hajmi8,66 Mb.
#237070
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   190
Bog'liq
1.Чизмачилик. дарслик

Gulli  girix  –  o‘simlik  va  geometrik  naqsh  elementlaridan  tashkil  topgan. 
Uning  elementiga  yuqorida  sanab  o‘tilgan  geometrik  va  o‘simliksimon  naqshlar 
kiradi. 
Yuqoridagilardan  tashqari  yana  ramziy  naqshlar  bo‘lib,  ular  kabutar,  sher, 
baliq,  davlat  gerbi  va  boshqalarni  stillashtirib,  tasvirlangan  naqsh  elementlaridan 
tashkil topadi. 
Shuningdek,  ustalar  biror  narsa  va  voqelikni  ham  ramziy  tariqada  tasvirlab 
kelganlar. Masalan, zirk  gulini osoyishtalik va umr  uzoqlik, jingalak  naqshlar  esa 
to‘kin-sochinlik, boylik, Anqo (qush) kishiga baxt keltiruvchi va hokazo. 
Bu  paragrafda  asosan  girixning  ayrim  turlari  va  ularni  yasash  haqida  so‘z 
yuritamiz. 
Girix”  so‘zi  asli  forscha-tojikcha  so‘z  bo‘lib,  “qochgan”,  “tarqalgan”, 
arabchada  “tugun”  ma’nolarini  anglatadi.  Geometrik  naqsh  hisoblangan  girixlar 
o‘z  elementlaridan  tashkil  topadi.  Uning  elementlari  4  qismdan  uchburchaklar, 
to‘rtburchaklar, ko‘pburchaklar va egri chiziqlardan iborat (15.1 va 15.2-rasmlar). 
Shu girix elementlari yordamida minglab naqshlar yasash mumkin. 
Girix  ham  boshqa  naqshlar  singari  taqsim  deb  ataladigan  juda  oddiy 
elementdan  tashkil  topadi.  Shu  taqsimlarning  takrorlanishidan  tugal  naqsh 
kompozitsiyasi  hosil  qilinadi.  Geometrik  naqshlar  kompozitsiyalarini  tuzishning 
o‘ziga xos turli sirlari mavjud bo‘lib, girix naqsh tuzishning ba’zi bir tomonlarini 
ko‘rib chiqamiz. 


71 
 
   15.1-rasm 
1. Girix elementlarini kombinatsiyalash asosida naqsh kompozitsiyasini  hosil 
qilish. 
a) to‘rtburchaklarning kombinatsiyasi asosida (15.1, 15.3 va 15.4-rasmlar). 
b) uchburchaklarning kombinatsiyasi asosida (15.21 va 15.5-rasmlar). 
2. Girix elementlarini ba’zi tomonlarini davom ettirish bilan (15.5-rasm). 
3.  Kompozitsiyaga ba’zi elemetlarni qo‘shish bilan. 
4.  Kompozitsiyadagi  naqsh  elemetlarining  ba’zi  tomonlarini  o‘zgartirish 
bilan. 
5. Ikki xil girix elementlarini biriktirib (15.3 va 15.4-rasmlar). 
6. Ba’zi girix kompozitsiyalaridagi ayrim bo‘laklarni olib tashlash natijasida.  
7. Girix kompozitsiyalarni bir necha mustaqil kompozitsiyalarga ajratish. 
8. Turli to‘r chiziqlar  yordamida har xil kompozitsiyalar tuzish va hokazolar 
(15.3, 15.4 va 15.5-rasmlar). 
Girix  ma’lum  mazmunga  va  xarakterga  ega  bo‘ladi.  Tabiatda  har  bir 
o‘simlikning  nomi  bo‘lganidek,  girixlarning  ham  o‘ziga  xos  nomlari  bilan 
yuritiladi.  Agar  girix  besh  qirrali  yulduzdan  iborat  bo‘lsa,  “besh  raxli  girix”  deb 
yuritiladi.  Xuddi  shunday  shu  shaklning  qirrlari  soniga  qarab  nomlanadi.  Girix 


72 
 
besh  va  olti  qirrali  yulduzsimon  elementlardan  iborat  bo‘lsa,  u  “besh-olti  raxli 
girix” deb ataladi. Agar olti va o‘n qirrali yulduzsimon elementlardan iborat bo‘lsa, 
oltiyu-o‘n  raxli  girix”  deb  nomlanadi.  Agar  besh,  sakkiz  va  o‘n  ikki  qirrali 
yulduzsimon elementlardan iborat bo‘lsa, “besh, sakkiz, o‘n ikki raxli girixlar” deb 
nomlanadi va hokazo. 
 
15.2-rasm 
 
15.3-rasm 
To‘rt nurli to‘rda yasalgan naqsh 
 
15.4-rasm.  
Kvadrat va romblardan tashkil topgan naqsh
 
 
15.5-rasm  
“Nog‘oralar” va “taullar” nomli yeti qirrali 
yulduzlar uyg‘unlashgan naqshlar yasash
 
 
Geometrik naqsh uzluksiz rapportlardan tashkil topgan bo‘lib, har bir rapport 
o‘z  tuzilishiga  ega  bo‘ladi.  Buni  Yevropada  arabeska  deb  yuritiladi.  Har  qanday 
naqsh  oddiy  yoki  murakkab  bo‘lishidan  qat’iy  nazar  oddiy  elemenlarni  ma’lum 
tartibda joylashtirib, solishtirish va birlashtirish natijasida hosil bo‘ladi. 


73 
 
Tuzilishi  jihatdan  to‘g‘ri  chiziqlardan  va  aralash  chiziqlardan  tashkil  topgan 
girixlar.  Girixlar  to‘rsimon  va  yulduzsimon  bo‘lib,  yulduz  qirralarining  soni 
uchtadan o‘n oltigacha bo‘ladi. Girixning boshqa naqsh turilaridan farqi shundaki, 
bunda  sathning  ma’lum  joyiga  joylashtirilgan  muntazam  ko‘pburchak  asosida 
boshqa  hosila  ko‘pburchaklar  hosil  qilinadi.  Ularning  sathida  ma’lum  yuqoridagi 
takrorlanish naqshni vujudga keltiradi. Girixlarni ikki turga bo‘lish mumkin. 
1. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklli sath uchun mo‘ljallangan girixlar. 
2.  Teng  yonli  uchburchak  va  ko‘pburchak  shaklli  sath  uchun  mo‘ljallangan 
girixlar. 
Bu  go‘yo  to‘g‘ri  burchakli  koordinata  sistemasi  va  qutbli  koordinata 
sistemasiga  o‘hshab  ketadi.  Girixning  birinchi  turida  shakllarning  kattaligi, 
ularning  takrorlanish  jarayonida  o‘zgarmaydi.  Ikkinchi  turida  teng  yonli 
uchburchakning  asosidan  uning  uchiga  yaqinlashib  boravergani  sari  shakllar 
takrorlansada, kichrayib boradi. Naqshni toshga, ganjga, misga, yog‘ochga  o‘yish 
uchun qog‘oz yoki matoga chizib so‘ngra ishlanadi. Albatta bularni ishlashda oldin 
go‘zal  naqsh  chizish  usulini  o‘rgangan  talaba,  kelajakda  o‘z  o‘quvchilariga  ham 
san’atning  bu  turini  qiynalmay  o‘rgata  oladi.  Girixning  o‘z  qonun-qoidalari  bor. 
Shuning  uchun  ham  girixni  yasashda  geometrik  yasash  qonun-qoidalarini  chuqur 
o‘rganishimiz  zarur.  Simmetriya  o‘qiga  ega  bo‘lgan  geometrik  shakllar,  teng 
tomonli  uchburchak,  kvadrat,  to‘g‘ri  burchakli  to‘rtburchak,  romb,  to‘g‘ri 
muntazam  ko‘pburchaklardan  foydalaniladi.  Ayrim  hollarda  aylanalarni  teng 
bo‘laklarga  bo‘lish,  tutashmalardan,  lekalo  egri  chiziqlari  va  boshqalardan 
foydalanishga to‘g‘ri keladi. 

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish