Chizmachilik



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/190
Sana31.12.2021
Hajmi8,66 Mb.
#237070
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   190
Bog'liq
1.Чизмачилик. дарслик

Apparel.  Chuqurlikka  tushish  yoki  tepalikka  chiqish  qiya  yo‘lka  orqali 
amalga oshiriladi. Bu qiya yo‘lka apparel deyiladi. 
Yer  qurilish  ishlarida  apparellardan  keng  qo‘llaniladi.  Ularni  planda  yasash 
deganda,  apparel  yonbag‘irlarining  asosiy  (gorizontal)  tekisliklar  va 
yonbag‘irlarning o‘zaro kesishish chiziqlarini qidirib topish tushuniladi. 
Apparel yonbag‘irlarini doiraviy konus sirtiga urinib o‘tadigan tekisliklar deb 
qaralsa, konus uchini yo‘l yoqasi (to‘g‘ri chiziq) bo‘yicha sirpanib boruvchi, konus 
yasovchisini esa yonbag‘ir qiyaligiga teng tekislikda yotuvchi deb qarash lozim. 
Tepalikka chiqish apparelini yasash ko‘rib chiqiladi (3.9-rasm): 
-  apparel yo‘lkaning qiyaligi i

=1:6
-  ko‘tarilish balandligi 0 belgidan 3 m; 
-  apparel yon yonbag‘irlarining qiyaligi I

=1:2
-  apparel orqa yonbag‘rining qiyaligi I

=1:1
-  apparel yo‘lkaning kengligi 3 m. 
Berilgan  masshtabga  binoan  qiyalik  masshtabi  grafigi  chizishdan  oldin 
qiyaliklar  grafigi  asosida  qo‘ymalar  i
1
=6,  i
2
=2,  i
3
=1m  aniqlab  olinadi.  Oldin 
chiziqli  masshtabga binoan eni  3m, uzunligi  03=3i  ga  teng  ABCE  yo‘lkasi  chizib 
olinadi  (3.9-rasm).  Keyin  11,  22,  33  nuqtalarni  apparel  chetki  yon  chiziqlarida 
belgilab olinadi. Endi har bir nuqtadagi konus asosi qanchaga teng ekanligi aniqlab 
olinadi. Konus asoslari 1 nuqtada 2m2 nuqtada 4m3 nuqtada 6m ga teng bo‘ladi. 


318 
 
 
3.9-rasm 
1 nuqtadan radiusi  R22 nuqtadan R43 nuqtadan R6 m larda  yoylar chizib, 
ularga  A  va  B  nuqtalardan  urinmalar  chiziladi.  Shunda  apparel  yon-
yonbag‘irlarining  0  tekislik  bilan  kesishgan  chiziqlari  hosil  bo‘ladi.  Apparelning 
orqa  yonbag‘rining  qiyaligi  i
0
=1:1  bo‘lgani  uchun  qiyalik  tekislik  P
i 
o‘tkazilib, 
unga  qiyaliklar  grafigidan  i
3
=1m  o‘lchab  olib,  uch  marta  quyib  chiqiladi.  Va  u 
nuqtalardan  tekislik  gorizontallari  o‘tkaziladi,  ularning  1  va  2  nuqtalardan 
o‘tkazilgan  yonbag‘irlar  gorizontallari bilan  kesishgan nuqtalari  orqali  izlayotgan 
chegara chiziqlari aniqlanadi. 
4-misol.  Adirning  ustirog‘ida  maydoncha  (supa)  tayyorlansin  (3.10-rasm). 
Maydoncha  belgisi  33,  uning  bir  qismi  tuproq  to‘kish,  ikkinchi  qismida  tuproq 
qazish ishlarini olib borishga mo‘ljallangan. Maydoncha yonbag‘irlaridagi tuproq 
qazish  qiyaligi    i
k
=1:1,  tuproq  to‘kish  qiyaligi  i
t
=1:2  ga  teng.  Bu  yerda  tuproq 
qazish  va  to‘kish  ishlarining  o‘zaro  chegara  chizig‘i  va  toporafik  sirt  bilan 
kesishgan chiziqlarini aniqlashga to‘g‘ri keladi. 
Chizmada  maydoncha  plani  gorizontallari  bilan  kerakli  masshtabda  chizib 
olinadi.  Qiyalik  masshtab  grafigi  ham  chiziladi  (3.10-rasm,  a).  Chizma  bo‘yicha 
maydonchaga  nisbatan  tuproq  qazish  va  to‘kish  tomonlari  chegara  nuqtalari 
aniqlanadi. Qiyalik masshtab tekisliklarining gorizontallari o‘tkaziladi (3.10-rasm, 
b).  Endi,  qiyalik  (tekislik)  gorizontallarining  topografik  sirt  gorizontallari  bilan 
kesishgan  nuqtalari  aniqlanadi  va  ular  orqali  izlayotgan  kesishish  chiziqlari 
yasaladi (3.10-rasm, c). 


319 
 
 
3.10-rasm  
Qiya  tekislikda  yer  inshoati  maydonchani  qurish  (3.11-rasm)  va  unga 
chiqadigan  apparelni  tayyorlashda,  adirning  notekis  joylarini  tekislash  maqsadida 
qirqish  (qazish),  to‘kish  kabi  tuproq  ishlari  bajarilishi  lozim.  Shunga  muvofiq, 
gorizontal  belgisi  10m  deb  belgilangan  maydonchaning  ko‘tarma  (tuproq 
to‘kiladigan  joy)ni  tekislash  va  o‘yib  olish  bilan  bog‘liq  ishlarning  chegarasi 
berilgan plan bo‘yicha aniqlash talab qilingan bo‘lsin. 
Apparel  qiyaligi  i
A
=2:7,  maydoncha  yonbag‘irlarining  nishabi  tuproq 
to‘kiladigan joyda i

=1:2, qaziladigan joyda i

=1:1 berilgan. 


320 
 
Berilgan qiyaliklarning intervallarini aniqlash uchun qiyalik masshtabi grafigi 
tuzib 
olinadi. 
Maydoncha 
tomonlariga 
perpendikulyar 
qilib 
qiyalik 
masshtablarining  chiziqlari  o‘tkaziladi.  Ularda  qiyalik  nishabi  intervallari 
belgilanadi va gorizlntallari o‘tkazilib, ularning topografik sirt gorizontallari bilan 
mos ravishda kesishish nuqtalari yordamida izlayotgan chiziqlar topiladi. 
Apparelga  uning  qiyaligi  i
A
=2:7  bo‘yicha  qiyalik  masshtabi  grafigida 
intervallari  qo‘yib  chiqiladi  va  yonbag‘rining  gorizontallari  chiziladi.  Ularning 
topografik  sirt  gorizonttalari  bilan  mos  holda  kesishgan  nuqtalari  orqali  kesishish 
chizig‘i aniqlanadi. 
3.11-rasm. 
Ba’zida,  maydonchaga  chiqish  yoki  tushishda  aylanma  apparellardan 
foydalaniladi. Ularni planda chizish 3.11-rasmda ko‘rsatilgan. 
Apparel  intervallarini  uning  o‘qiga  o‘lchab  qo‘uyiladi  va  ularga  urinma 
markaz  0  orqali  o‘tkaziladi.  Bu  chiziqlarning  apparel  chegara  chiziqlari 
nuqtalaridan  konus  asoslari  chiziladi.  Birinchi  konus  uchidan  ikkinchi  konus 
asosiga  lekalo  yordamida  urinma  egri  chiziqlar  chiziladi.  Bu  egri  chiziqlarning 
topografik  sirt  gorizontallari  bilan  kesishgan  nuqtalari  orqali  izlayotgan  kesishish 
chizig‘i aniqlanadi. 
5-misol.  25  belgili  maydoncha  va  unga  chiqish  yo‘lkali  (yo‘lakli)  er  qurilish 
ishlarini topografik sirtda bajarilsin (3.12-rasm). Topografik gorizontallari, apparel 


321 
 
qiyaligi  i
A
=1:4,  tuproq  to‘kish  yonbag‘irlarning  nishabi  i
T
=1:2,  tuproq  qazish 
yonbag‘rining qiyaligi  i

=1:1,5 berilgan bo‘lsin. Maydonchaga chiqadigan yo‘lka 
yarim yumaloq qismi mavjud bo‘lib, bu misol quyidagicha bajarilishi mumkin: 
1. Chiziqli masshtab va masshtab qiyaliklari grafigi chizib olinadi. 
2.  Topografik  sirt  gorizontallaridan  25  belgiga  ega  bo‘lganining  maydoncha 
qirg‘og‘i bilan kesishgan nuqtalari aniqlanadi. 
3. Maydonchaning qaysi tomonida tuproq qazish va to‘kish ishlari bajarilishi 
aniqlanadi. 
4.  Maydonchaga  chiqish  apparelining  intervallari  aniqlanadi  va  ular  chizib 
chiqiladi. 
5. Maydoncha qirralariga perpendikulyar qilib, masshtab qiyaliklari chiziladi 
va  ularda  ko‘rsatilgan  qiyaliklar  masshtab  qiyaliklari  grafigidan  foydalanib 
intervallari belgilab chiqiladi. 
6.  Belgilangan  nuqtalardan  tuproq  to‘kish  va  qazish  yonbag‘irlarining 
gorizontallari o‘tkaziladi va ularning o‘zaro kesishish chiziqlari yasaladi. 
7.  Topografik  sirt  gorizontallari  bilan  tuproq  qazish  va  to‘kish 
yonbag‘irlarining gorizontallari bilan o‘zaro kesishish nuqtalari topiladi. 
8.  Barcha  aniqlangan  nuqtalar  o‘zaro  ravon  tutashtiriladi.  Shunda  tuproq 
qazish va to‘kish ishlarining chegaralari yasalgan hisoblanadi. 
9. Ortiqcha chiziqlar o‘chiriladi va chizma taxt qilinadi. 
 3.12-rasm 

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish