Chizmachilik



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/190
Sana31.12.2021
Hajmi8,66 Mb.
#237070
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   190
Bog'liq
1.Чизмачилик. дарслик

Chizma  taxtasi.  Chizma  taxtalari  GOST  6671-85  ga  muvofiq  chizma 
qog‘ozining  A3,  A2,  A1  formatlariga  mo‘ljallanib,  yumshoq  daraxt  navlaridan 
tayyorlanadi.  
Chizmani sifatli va unumli chizish uchun chizma qog‘ozini chizma taxtasiga 
mahkamlash  zarur.  Avval  chizma  qog‘ozining  yuqoridagi  chap  burchagi  bitta 
qadoq  bilan  mahkamlanadi.  So‘ngra  qog‘ozning  yuqori  chetiga  reysshina 
qo‘yiladi.  Chizma  qog‘ozining  yuqori  chetki  chizig‘i  reysshinaning  qirrasiga 
parallel  bo‘lguncha  buriladi  va  yuqoridagi  o‘ng  burchagi,  keyin  chap  burchagiga 
qadoq qadaladi. Shundan so‘ng qog‘ozni tarang tortib pastki o‘ng burchagi, keyin 
chap  burchagi  ham  qadoq  yordamida  mahkamlanadi.  Ishlashga  qulay  bo‘lishi 
uchun  chizma  taxtasi  stol  ustida  bir  oz  qiya  joylashishi  kerak.  Buning  uchun 
chizma  taxtasining  ostiga  biron  narsa  yoki  taxtadan  yasalgan  maxsus  og‘ma 
burchakli taglik qo‘yiladi.  
Reysshina.  Reysshina  uzun chizg‘ichdan va unga to‘g‘ri burchak ostida ikki 
qavat qilib mahkamlangan 2 ta kalta plankalar (yupqa taxtachalar) dan iborat (4.3-
rasm).  
     
    
4.3-rasm                                           4.4-rasm 
Reysshinadan  to‘g‘ri  va  unumli  foydalanish  uchun  uning  plankasi  chap  qo‘l 
bilan  chizma  taxtasining  chap  qirrasiga  jipslashtiriladi.  O‘ng  qo‘l  bilan 
reysshinaning  chizg‘ichi  chizma  qog‘oziga  bosiladi,  so‘ngra  chap  qo‘l  bilan 
reysshinaning  dastlabki  vaziyatini  saqlagan  holda  gorizontal  (yoki  og‘ma)  chiziq 
o‘tkaziladi.  O‘tkazilgan  chiziqqa  parallel  chiziqlar  yasash  uchun  reysshinaning 
plankasi chap qo‘l barmoqlari bilan chizma taxtasining chap qirrasiga jips bosilgan 
holda  pastga  yoki  yuqoriga  siljitiladi,  so‘ngra  chiziq  o‘tkaziladi.  Chizmani 
reysshina  yordamida  bajarish  ishini  keskin  tezlashtiradi  va  yasashda  aniqlikni 


23 
 
ta’minlaydi.  Uchburchaklik  va  reysshina  yordamida  chizmada  turli  yo‘nalishda 
parallel va perpendikulyar chiziqlarni o‘tkazish mumkin (4.4-rasm). 
Lekalolar.  Sirkul  yordamida  chizib  bo‘lmaydigan  egri  chiziqlarni  chizish 
uchun lekalolar ishlatiladi (4.5-rasm). 
     
   
4.5-rasm                                                    4.6-rasm   
Lekalolar  yupqa  fanyerdan  yoki  plastmassadan  yasaladi.  Odatda,  egri 
chiziqning  topilgan  nuqtalari  qo‘lda  qalam  bilan  ingichka  chiziq  yordamida 
birlashtiriladi.  Egri  chiziq  ravon  bo‘lishi  uchun  lekalo  qirrasi  chiziladigan  egri 
chiziqning  3-4  nuqtasini  mos  ravishda  1,  2,  3  ga  to‘g‘ri  keladigan  qilib  qo‘yiladi 
(4.6-rasm).  Egri  chiziqning  qolgan  qismini  chizish  uchun  lekalo  qirrasini 
navbatdagi 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10 nuqtalarga to‘g‘ri keladigan qilib qo‘yiladi. So‘ngra 
bu  nuqtalar  tutashtiriladi.  Keyin  barcha  nuqtalarni  birlashtiruvchi  ingichka  chiziq 
ustidan qalam yoki tush bilan yurgizib chiqiladi. Lekalo yordamida chiziluvchi egri 
chiziq  nuqtalarini  ravon  tutashtirish  uchun  bir  nechta  lekalo  to‘plami  bo‘lishi 
kerak. 

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish