184
Turli mashina va mexanizmlarda aylanma harakatni bir valdan ikkinchi valga
turli usullar yordamida uzatiladi. Agar vallar orasidagi masofa nisbatan katta
bo‘lsa, u holda aylanma harakat tasma yoki zanjir vositasida uzatiladi. Vallarning
o‘qlari orsidagi masofa deyarli katta bo‘lmasa, aylanma harakat friksion va tishli
uzatmalar vositasida uzatiladi. Friksion uzatishda ikki silindrik yoki konus sirtlar
bir-biriga bir oz kuch ta’sirida tegib turadi, aylanma harakat shu kuch ta’sirida
hosil bo‘ladigan ishqalanish vositasida uzatiladi.
Tishli ilashmalarda aylanma harakat tishli g‘ildiraklar vositasida uzatiladi. Bu
ilashma uzatish g‘ildirak tishlarining o‘zaro ilashishidan hosil bo‘ladi. Tishli
g‘ildiraklar aylanma harakatni yetakchi valdan yetaklanuvchi valga uzatishda
ishlatiladi. Shuning uchun tishli g‘ildiraklardan biri
yetakchi, ikkinchisi
yetaklanuvchi hisoblanadi. Ikkalasining tishlarini o‘lchamlari bir-biriga mos kelishi
shart.
Yetakchi va yetaklanuvchi vallar
bir xil aylanish soni, ya’ni bir
xil tezlik bilan
harakatlansa, u holda bu vallarga tishlarining soni teng bo‘lgan bir xil tishli
g‘ildiraklar o‘rnatiladi. Agar yetaklanuvchi val yetakchi valga nisbatan sekinroq
aylanishi kerak bo‘lsa, u vaqtda yetaklanuvchi valga tishlarning soni ko‘proq
bo‘lgan tishli g‘ildiraklar o‘rnatiladi yoki aksincha. Bu yerda tishlarining soni kam
bo‘lgan g‘ildirak
shesternya, tishlarining soni ko‘proq bo‘lgani
tishli g‘ildirak
deyiladi.
Yetakchi va yetaklanuvchi vallarning geometrik o‘qlari o‘zaro paralel
bo‘lsa, u vaqtda aylanma harakat
silindrik tishli g‘ildiraklar yordamida uzatiladi.
Agar yetakchi va yetaklanuvchi vallarning geometrik o‘qlari o‘zaro kesishishsa
(to‘g‘ri yoki o‘tmas burchak ostida), u holda harakat
konussimon tishli g‘ildiraklar
orqali uzatiladi. Mabodo vallarning geometrik o‘qlari o‘zaro ayqash
(kesishmaydigan, chalmashuvchi) bo‘lsa, aylanma harakat
vint (
chervyak) va
chervyak g‘ildiragi orqali uzatiladi. Bordi-yu shesternyaning aylanma harakatini
ilgarilanma harakatga o‘zgartirish lozim bo‘lsa, u vaqtda mexanizmga reyka
o‘rnatiladi.
185
8.1-shakl
Tishli g‘ildirak va shesternyalar tishlarning soni har xil bo‘lishiga qaramay,
ularning modullari bir xil bo‘ladi.
Tishli g‘idirakning tasnifi quyidagicha:
tishlarning profiliga binoan evolventasimon tishli, qavariq va botiq tishli
(Novikov ilashmasi) va
sikloidali tishli;
tishning turiga qarab to‘g‘ri tishli, qiyshiq tishli, shevronli;
val o‘qlarining o‘zaro joylashishiga nisbatan silindrik uzatmalar to‘g‘ri
tishli (8.1-shakl,
a); qiyshiq tishli (8.1-shakl,
b); shevronli tishli (8.1-shakl,
c);
konussimon uzatmalar (to‘g‘ri tishli, 8.1-shakl,
d); qiyshiq tishli (8.1-shakl,
e);
186
aylanma tishli (8.1-shakl,
f); vintli (8.1-shakl,
g); chervyakli (8.1-shakl,
h) ;
gipoidli (8.1-shakl,
k) uzatmalar;
g‘ildirakning aylana bo‘yicha tezligi: 0,5
m/s gacha sekin
harakatlanuvchi uzatma; 3 … 15
m/s gacha sekin harakatlanuvchi uzatma; 15
m/s
dan ko‘p harakatlanuvchi uzatma;
himoyalanish darajasi bo‘yicha: ochiq joylashgan, vaqt-vaqti bilan
moylanib turadigan, yopiqli va doimo moylanib turadigan ilashmalar;
- ichki ilashmali (8.1-shakl,
l) va aylanma harakatni ilgarilama hamda qaytma
harakatga o‘zgartiruvchi (8.1-shakl,
m) reykali ilashma (uzatma) bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: