Chiqindi silikagelni tarkibi va xossalari



Download 356,7 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana31.12.2021
Hajmi356,7 Kb.
#198531
1   2   3   4
Bog'liq
881-Article Text-1931-1-10-20201226

 

Abstract:  This  article  examines  the  composition  and  properties  of  silica  gel, 

which  has  been  used  several  times  in  the  gas  chemical  industry  to  adsorb  ketones 

formed in the polymerization zone of the polyethylene production process. 

Key words: silica gel, waste, polyethylene, ketone, adsorption, polymerization. 

 

Dunyo  miqyosida  chiqindilar  muammosi  eng  dolzarb  ekologik  masalalardan 



biriga  aylanib  bormoqda.  Tahlillarga  ko’ra,  so’nggi  yillarda  maishiy  va  sanoat 

chiqindilarining  yildan-yilga  ortayotgani  yer  yuzidagi  ekologik  barqarorlikka  salbiy 

ta’sir ko’rsatmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, hozirgi kunda chiqindilarning 900 ga 

yaqin turi qayd etilgan. Har yili dunyoda chiqindilar hajmi 3 foizga ko’paymoqda. 

Atrof-muhitni ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilaridan muhofaza qilish tabiiy 

resurslardan  oqilona  foydalanish  hamda  ekologik  toza  texnologiyalarni  amaliyotga 

tatbiq  etish  muammolari  bilan  uzviy  bog’liqdir.  Ko’p  asrlar  davomida  chiqindilarni 

noto’g’ri  boshqarish  tabiiy  resurslar  o’zgarishiga,  tabiat  hodisalarining  buzilishiga 

sabab  bo’lmoqda.  Bu  chiqindilarning  80  foizini  organik  moddalar  tashkil  qiladi  va 

"Science and Education" Scientific Journal

December 2020 / Volume 1 Issue 9

www.openscience.uz

163



ularni  qayta  ishlash  natijasida  katta  miqdordagi  energiya  va  energiya  tashuvchilarni 

ishlab  chiqarish  mumkin.  Rivojlangan  mamlakatlar  tajribasi  uning  85  foizini  qayta 

ishlash mumkinligini ko’rsatmoqda. 

Bugungi  kunda  mamlakatimizda  atrof-muhitni  muhofaza  qilish,  aholi 

salomatligini  himoyalash,  tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanish  va  ekologik 

xavfsizlikni  ta’minlashga  yo’naltirilgan  izchil  ekologik  siyosat  yuritilmoqda. 

Ekologik  xavfsizlikni  ta’minlash  bo’yicha  muhim  huquqiy,  tashkiliy  va  ijtimoiy-

iqtisodiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Atrof-muhitni  muhofaza  qilish  va  tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanish 

sohasidagi  munosabatlarni  bevosita  tartibga  soluvchi  15  dan  ziyod  qonun,  tabiiy 

resurslarning  ayrim  turlaridan  foydalanish  mexanizmlari  va  shartlari,  shuningdek, 

davlat  ekologik  ekspertizasini  amalga  oshirish,  turli  toifadagi  qo’riqlanadigan 

hududlarni  tashkil  qilish  va  ularda  alohida  foydalanish  rejimini  o’rnatish  tartib-

taomillari  va  boshqa  masalalarni  belgilab  bergan  30  dan  ortiq  normativ-huquqiy 

hujjat qabul qilingan. 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyevning  2017-yil  21-

apreldagi  «Ekologiya  va  atrof-muhitni  muhofaza  qilish  sohasida  davlat  boshqaruvi 

tizimini takomillashtirish to’g’risida»gi farmoni hamda «2017-2021-yillarda maishiy 

chiqindilar bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va 

rivojlantirish  chora-tadbirlari  to’g’risida»gi  qarori  bu  boradagi  ishlar  ko’lamini 

yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda. 

Chiqindi  silikagel  haqida  so’z  yuritishdan  oldin  silikagel  o’zi  nima  degan 

savolga  javob  bersak.  Silikagel-kremniy  ikki  oksidning  amorf  va  g’ovakli  shakli, 

o’zgaruvchan kremniy va kislorod atomlarining nanometrli o’lchamdagi bo’shliqlari 

va  teshiklari  bilan  o’zgaruvchan  uch  o’lchovli  panjaradan  iborat.  G’ovaklarga  suv 

yoki  boshqa  suyuqliklar,  gaz  yoki  havo  yutilishi  mumkin.O’rtacha  teshik  hajmi  2,4 

nanometr  bo’lgan  kremniy  gidrogel  suv  molekulalariga  kuchli  yaqinlikka  ega  va 

qurituvchi sifatida keng qo’llaniladi. Bu qattiq va shaffof, ammo silikat shishasi yoki 

kvartsga qaraganda ancha yumshoq, u suv bilan to’yinganda qattiq bo’lib qoladi. 

Kremniy  gidrogel  odatda  bir  necha  millimetr  diametrli  granulalar  ko’rinishida 

sotiladi.  Ba’zi  granulalar  tarkibida  oz  miqdordagi  indikator  moddalar  kiritiladi,  ular 

suvni  singdirganda  rangini  o’zgartiradi.  Kremniy  gidrogel  granulalarini  o’z  ichiga 

olgan,  odatda  "to’yinmagan"  degan  ogohlantiruvchi  kichik  qog’oz  konvertlarga 

solinib,  oziq-ovqat  mahsulotlarining  buzilishiga  olib  kelishi  mumkin  bo’lgan 

namlikni yutish uchun quruq oziq-ovqat paketlariga kiritiladi. 

Silikagellarga 1640-yillarda ilmiy qiziqish paydo bo’la boshlandi. Birinchi jahon 

urushi vaqtida, gazdan himoya niqoblarida bug’ va gazlarni adsorbsiyalovchi sifatida 

ishlatilgan.  Silikagel  ishlab  chiqarishning  sintetik  yo’li  1918  yilda  Jons  Xopkins 

"Science and Education" Scientific Journal

December 2020 / Volume 1 Issue 9

www.openscience.uz

164



universitetida  kimyogar  professor  W.A.  Patrik  tomonidan  patentlangan.  Hozirgi 

kunda quydagi turdagi sintetik silikagellar ishlab chiqariladi. 

• 

A  turi  –  shaffof  garanulasimon,  teshik  diametri  2,5  nm,  quritish  va  namlikka 



chidamli xossalari uchun katalizator tashuvchisi va adsorbenlar sifatida ishlatiladi. 

• 

B turi - shaffof oq granulali, teshiklarning diametri 4,5- 7,0 nm, suyuqliklarni 



yutuvchi adsorbentlar va katalizator tashuvchilari sifatida ishlatilishi mumkin. 

• 

C  turi  -  shaffof,  mikro-g’ovakli  tuzilishga  ega,  adsorbent  va  katalizator 



tashuvchisi sifatida ishlatiladi. 

Silikagelning yuqori o’ziga xos sirt maydoni (750-800 m

2

/g atrofida ) suvni tez 



adsorbsiyalaydi,  bu  esa  uni  qurituvchi  sifatida  foydalanish  mumkinligini  anglatadi. 

Silikagel  ko’pincha  namlikni  «yutuvchi»  deb  ta’riflanadi.  Silikagel  moddadagi 

namlikni  gelning  asosiy  qismiga  singdirish  orqali  emas,  balki  uning  ko’p  sonli 

g’ovaklari  yuzasiga  adsorbsiyalash  orqali  yutadi.  Suv  bilan  to’yinganidan  so’ng, 

gelni  1-2  soat  davomida  120  °C  (250  °F)  ga  qadar  qizdirib,  qayta  tiklash  mumkin. 

Silikagelning  ba’zi  turlari  suvga  ko’p  to’yinganda  tuzilishi  o’zgaradi.  Bunga  suv 

bilan aloqa qilishda kremniy panjaralari sinishi sabab bo’ladi. Silikagellar quydagicha 

tartibda  ishlab  chiqariladi:  natriy  silikatning  suvli  eritmasiga  kislota  bilan  ishlov 

beriladi natijada silikagel cho’kmasi hosil bo’ladi, cho’kma yuviladi, so’ngra quritilib 

rangsiz  silikagel  hosil  bo’ladi.  Agar  silikagelni  namlikdan  to’yinganligini  ko’rsatish 

zarur  bo’lsa,  ammoniy  tetraxlorokobaltat  (NH

4

)



2

CoCl


4

  yoki  kobalt  xlorid  CoCl

2

 

qo’shiladi. Bu gel nam bilan to’yinganda pushti rangga,  quriganida ko’k rangga ega 



bo’lishiga olib keladi. 

 

1-rasm. Ishlatilgan silikagel 



Biz  fikir  yuritmoqchi  bo’lgan  chiqindi  silikagel,  polietilen  ishlab  chiqarishda 

polimerlanish  zonasida  hosil  bo’ladigan  ketonlarni  adsorbtsiyalashda  ishlatiladi. 

Ishlash  muddatini  o’tab  bo’lgan  silikagel  yangisiga  almashtiriladi,  qayta 

ishlatilmaydi.  Hosil bo’ladigan  silikagel chiqindisining  miqdori  bir  yilda  50  tonnani 

tashkil qiladi (1-rasm, 1-jadval). 

"Science and Education" Scientific Journal

December 2020 / Volume 1 Issue 9

www.openscience.uz

165



1-jadval 

Silikagelning texnik tasnifi 

№   Sifat ko’rsatkich nomi 

Ko’rsatkich qiymati 

1  

Shakli 


shariksimon 

2  


Granulaning massa ulushi, % mas. 

94 


3  

O’lchami, mm ()  

2–5 

4  


Uyilgan zichligi, kg/m

3

  



400 

5  


Mexanik mustaxkamligi, % mass.  

86 


6  

Quritish paytida yo’qotishlarning massa ulushi, % mass.   5 

Ushbu chiqindi silikagelni qayta ishlash bo’yicha bir qator ilmiy-tadqiqot ishlari 

olib  borilgan, biroq ishlab  chiqarishga  joriy  qilish  mumkin bo’lgan effektiv natijaga 

hozircha  erishilgani  yo’q.  Shunday  ekan,  ushbu  chiqindining  tarkibini  o’rganish, 

qayta  tiklash  yoki  ishlab  chiqarishning  boshqa  sohalarida  foydalanish  yil  sayin 

yig’ilib  boradigan  chiqindidan  unumli  foydalanish  hamda  uning  atrof-muxit  va 

tabiatga zararini kamaytirish kabi dolzarb muammolarni hal qilish mumkin bo’ladi. 

 


Download 356,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish