Chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi


KIRISH   Mavzuning  dolzarbligi



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/34
Sana28.09.2021
Hajmi0,64 Mb.
#188285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
chakana savdoda tovar muomalalarining hisobi va auditi

KIRISH

 

Mavzuning  dolzarbligi.  Mamlakatimizda  olib  borilayotgan  keng  ko’lamli 

islohotlar  xalqimiz  tomonidan  qo’llab-quvvatlanmoqda.  Bu  o’zgarishlarning 

dastlabki  natijalari  aholimiz  hayoti  va  kundalik  turmushida  o’zining  yaqqol 

ifodasini topmoqda, tadbirkorlarning ijtimoiy faolligi, ertangi kunga ishonchi o’sib 

bormoqda.  Bu  ijobiy  ishlar  amalga  oshirilmoqda.  Prezidentimiz  Shavkat 

Mirziyoyev

 

“Tadbirkorlar  huquqlarini  ishonchli  himoya  qilishda  Savdo-sanoat 

palatasi  tomoshabin bo’lib o’tirmasligi lozim.  Shu  bilan birga,  palata  faqat davlat 

organlari  yoki  mansabdor  shaxslar  tomonidan  yo’l  qo’yilayotgan  kamchiliklarni 

muhokama  qilmasdan,  tadbirkorlar  sodir  etayotgan  noma’qul  ishlarni,  ayniqsa, 

jinoyatlarni tanqidiy muhokama qilishi zarur. 

Tadbirkorlar  hamjamiyati  nopok  tadbirkorlarga  nisbatan  murosasiz  bo’lishi 

lozim. Ularga nisbatan birinchi navbatda davlat emas, balki tadbirkorlarning o’zlari 

munosabat bildiradigan va ushbu muhit sofligini ta’minlaydigan tizim yaratishimiz 

kerak. 


Yana  bir  muhim  masala  –  yurtimizda  fond  bozori,  fond  birjasini  yanada 

rivojlantirish uchun qimmatli qog’ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish 

markazi ishini tubdan qayta tashkil etish lozim. 

Biz  bo’sh  turgan  davlat  mulki  ob’ektlarini  o’zaro  sheriklik  asosida  xususiy 

sektorga o’tkazish bo’yicha ishlarni davom ettiramiz. Internet tarmog’ida elektron 

savdolar  va  auktsionlar  orqali  yer  uchastkalarini,  jumladan,  tadbirkorlar  uchun 

ajratishning  yagona  tartibini  o’rnatish  zarur.  Shu  maqsadda  2018  yildan  boshlab 

elektron  savdo  maydonlari  orqali  davlat  aktivlarini  sotish  bo’yicha  elektron  tizim 

tashkil etiladi. 

Iqtisodiyotni  rivojlantirishda  puxta  va  barqaror  bank-moliya  tizimi  ulkan 

ahamiyatga ega. Biz aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining bank tizimiga ishonchini 

kuchaytirmasdan turib, “yashirin iqtisodiyot”dan to’liq xalos bo’la olmaymiz. 

2018  yilda  bank  tizimi  faoliyatini  rivojlantirish  bo’yicha  belgilangan 

vazifalarni  amalga  oshirishda  banklar  bilan  tadbirkorlik  sub’ektlari  o’rtasida 

samarali  va  o’zaro  manfaatli  hamkorlik  munosabatlarini  ta’minlash  masalalariga 



4 

asosiy e’tiborni qaratish zarur”

1

deb takidlaydi. Aholini turmush darajasini ko’tarish 



uchun ularga ko’rsatilayotgan servis xizmatlarini yuqori saviyaga ko’tarish kerak.  

Bitiruv  malakaviy  ishiga  taalluqqli  bo’lgan,  “Chakana  savdoda  tovar 

muomalalarining  hisobi  va  auditi”  mavzusi  bugungi  kunda  dolzarb  masala  bo’lib 

hisoblanadi.  Bu  esa  savdo  korxonalarida  muomala  xarajatlarini  buxgalteriya 

hisobida aks ettirish, tovar moddiy zahiralarini o’z vaqtida hisobga olish va to’g’ri 

rasmiylashtirishni talab etadi. Hisobot oyi oxirida erishilgan natijalar hisobotlarda 

aks  ettiriladi.  Erishilgan  natijalarni  hamda  muomalalarni  to’g’riligi  va  hujjatlarni 

to’g’ri  rasmiylashtirilganligini  nazorat  qilish  uchun  vaqti  vaqti  bilan  auditorlik 

tekshiruvidan o’tkazilib turish maqsadga muvofiq bo’ladi. 


Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish