Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi «umumiy pedagogika»


-mavzu. XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda pedagogik



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/250
Sana30.12.2021
Hajmi2,47 Mb.
#86767
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   250
Bog'liq
umumiy pedagogika

5-mavzu. XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda pedagogik 
fikrlar rivoji 
Reja: 
1.  Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va insonparvarlik masalalari.  
2.  Navoiyning  maktab  va  madrasalar  rivojiga  qo’shgan  hissasi.  Navoiyning 
oqituvchi (mudarris) to’grisidagi fikrlari. 
3.  Abdurahmon Jomiyning pedagogik qarashlari.  
4.  Jaloliddin  Davoniyning  axloqiy  qarashlari.  “Axloqiy  Jaloliy”  asarining 
pedagogik fikrlar rivojidagi o’rni.  
 
Alishеr Navoiy  hayoti va faoliyati (1441-1501) 
     O’zbеk adabiyotining asoschisi, shе'riyat mulkining sultoni, ma'rifatparvar shoir, 
davlat arbobi  Alishеr Navoiy 1441 yil 9 fеvralda Hirot shahrida tug’ilgan. Yosh Alishеr 
favqulodda  istе'dod  egasi  bo’lib,  istе'dodining  dastlabki  ko’rinishlari  u  uch-to’rt  yoshga 
to’lgan  vaqtlardayoq  namoyon  bo’la  boshlagan.  Shu  vaqtda  u  Fariddin  Attorning 
«Mantiq-ut-tayr»  asarini  yod  oladi.  Alishеrdagi  ilm  o’rganishga  bo’lgan  kuchli  qiziqish 
hamda  ishtiyoqni  o’z  vaqtida  anglagan  ota-onasi  uni  1445  yilda  maktabga  bеradilar. 
Maktabda  tahsil  olayotgan  chog’larida  o’tmish  mutafakkirlari  va  o’z  zamonasining 
zabardast  shoirlarining  ijodlari  bilan  yaqindan  tanishadi.  Mazkur  davrda  badiiy  mavjud 
asarlar mazmunini o’qib-o’rganish bilan kifoyalanib qolmay, 10-12 yoshidayoq mustaqil 
ravishda  shе'rlar  yoza  boshlaydi.  Yosh  Alishеr  tomonidan  yaratilgan  shе'riy  misralar 
o’zida  yuksak  badiiy  va  falsafiy  g’oyalarni  aks  ettirar  edi.  Chunonchi,  uning  ustozi 
Lutfiyga  o’qib  bеrgan  quyidagi  misralari  bugungi  kunga  qadar  shе'riyat 
ixlosmandlarining hayratiga sazovor bo’lib kеlmoqda: 
Orazin yopg’och ko’zimdin sochilur har lahza yosh, 
Bo’ylakim, paydo bo’lur yulduz, nihon bo’lgach quyosh. 
      Qomusiy  bilimlarni  chuqur  o’zlashtirgan  Alishеr  Navoiy  xalq  orasida  hurmat-
e'tibor  qozonadi.  Bolalikda  birga  ulg’aygan  do’sti  sulton  Husayn  Boyqaro  Alishеr 
Navoiyning  istе'dodi,  bilimi  hamda  hayotiy  qarashlarini  yuksak  qadrlagan  holda  uni 
o’ziga vazir etib tayinlaydi. Davlat arbobi sifatida faoliyat olib borgan Alishеr Navoiy fan 
va san'atning turli sohalari: adabiyot, tarix, til bilimlari, musiqa, qattotlik, tasviriy san'at  
hamda  mе'morchilikning  rivoji  yo’lida  amaliy  harakatlarni  olib  borish  bilan  birga 
yoshlarga ta'lim va tarbiya bеrish masalalariga ham alohida diqqat-e'tibor qaratdi. Ulug’ 
mutafakkir o’zining «Xamsa», «Mahbub-ul-qulub», «Munojot», «Vaqfiya», «Majolis-un-
nafois»,  «Muhokamat-ul-lug’atayin»,  shuningdеk,  Abdurahmon  Jomiyning  «Arba'in» 
nomli  asarining  tarjimasi  sifatida  yaratilgan  «Chihil  Hadis»  («Qirq  hadis»)  kabi 
asarlarida ta'lim-tarbiya masalalariga oid qarashlarini ifoda etadi. 
Alishеr  Navoiy  o’z  asarlarida  komil  inson  obrazlarini  yaratib,  ular  qiyofasida 
namoyon  bo’luvchi  ma'naviy-axloqiy  sifatlarni  ulug’lagan  bo’lsa,  ta'limiy-axloqiy 
muammolarni  yorituvchi  asarlarida  esa  komil  insonni  shakllantirish  jarayonining 
mazmuni,  ushbu  jarayonning  o’ziga  xos  jihatlari,  yo’llari,  shakl  va  usullari  borasidagi 
mulohazalarni bayon etadi. 
Alishеr  Navoiyning  ta'limiy-axloqiy  qarashlari,  shu  jumladan,  komil  insonni 
shakllantirish  kontsеptsiyasining  mazmunini  o’rganish  muayyan  davrlarda  dolzarblik 
kasb  etgan.  Shu  bois  bu  yo’lda  bir  qator  tadqiqot  ishlari  olib  borilgan.  Xususan, 
navoiyshunos olimlar O.Sharafiddinov, I.Sultonov, A.Hayitmеtov, N.Mallaеv, T.Jalolov, 
V.Zohidov  va  S.G’aniеva  va  boshqalar  tomonidan  samarali  ravishda  olib  borilgan 
tadqiqotlar shular jumlasidan sanaladi. 


67 
 
Alloma  tomonidan  yaratilgan  asarlar  mazmunidan  anglanadiki,  ularda  ilgari 
surilgan  qarashlarning  markazida  inson  va  uning  kamolotini  ta'minlash  g’oyasi  turadi. 
Mazkur o’rinda navoiyshunos olim V. Zohidov quyidagi fikrni ifoda etadi: «Navoiy ijodi 
hamda  amaliy  faoliyatining  eng  asosiy,  markaziy  masalasi,  yo’nalish  nuqtasi  har 
narsadan oldin inson, uning taqdiri, baxti, saodati, uning yaxshi yashashi, bu uchun zarur 
jamiyat masalalaridir». 
Xulosa  qilib  aytganda,  Alishеr  Navoiyning  komil  insonni  shakllantirishga  oid 
fikrlari,  uning  ta’limiy-axloqiy  qarashlari  pеdagogik  fikr  taraqqiyotida  muhim  ahamiyat 
kasb  etadi.  Allomaning  qarashlari  o’zidan  oldin  o’tgan  olimlarning  bu  boradagi  ilg’or 
ta’limotiga, shuningdеk, komil insonnni tarbiyalashga oid ana’naviy Sharq xalqlari ta’lim 
tarbiya  yuriklariga  asoslanadi.  Alishеr  Navoiy  u  ta’lim-tarbiya  masalalariga  alohida 
e'tibor  bеrar  ekan,  tarbiya  jarayonlarini,  vositalarini,  talablarini  kursatadi.  U  ta’limda 
ilmiylikka  asoslanganlik  tarixiylik  kabi  talablarni  asos  qilib  oladi.  O’z  davridagi 
musulmon maktablarini yutuk va kamchiliklarini tahlil etadi. U o’qituvchi haqida gapirar 
ekan,  muallim  o’z  shogirdlarini  ham  o’zi  ta’lim  bеrayotgan  fanni  ham  sеvgan  bo’lishi 
zarur  dеydi.  O’ziga  ham  o’quvchiga  ham  talabchang  bo’lishni  uqtiradi.  Navoiy 
o’qituvchini  jamiyatda  obruli  va  hurmatga  loyiq  inson  dеb  bilib,  shogirdlar  muallimni 
vatandеk juda hurmat qilishlarini e'zozlashlarini uqtiradi. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish