Amir Temurning ma’anaviyat, ma’rifat va ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limoti
asoslari
Amir Temur Ko’ragon
34
ibn Amir Tarag’ay (1336-1406) “Temur tuzuklari”
asarining ma’naviy – ma’rifiy va pedagogik mazmuni xususida fikr yuritishdan oldin
uning ana shu ta’limoti shakllanishining zaminlari, diniy-axloqiy manba va ildizlari
haqida aytib o’tishga to’g’ri keladi.
Amir Temur ulug’ davlat arbobi bo’lish bilan birga zamonasining komilu fozil,
benazir dahosi, Yaratganning nazari tushgan mislsiz qobiliyat va iste’dod egasi, ilm-fan
va madaniyatning noyob sohibi edi.
Buyuk bobokalonimiz yoshlik kezlaridan boshlab Sharq tarixi va falsafasiga,
adabiyot va san’atga, islom dini va uning odob-axloqqa oid muqaddas ta’limotiga iymon-
e’tiqod bilan qaragan. U xandasa, falaqiyot, mantiq, ilohiyot, fiqx, falsafa, tarix,
axloqshunoslik, jug’rofiya, tibbiyot, adabiyot va san’at ilmlarini teran o’zlashtirgan.
Zamonasining rasmiy uch tili, — turkcha, forscha va arabchani chuqur va mukammal
bilgan. Temurning shijoatli ruhida ilm va ilm axdiga hurmatu e’zozi favqulodda kuchli
bo’lgan. "Tarag’ay Bahodir o’g’li Amir Temur yoshlik chog’idan mard, dovyurak,
g’ururli, o’tkir zehn va aqlu idrok egasi bo’lib o’sdi. Turli dunyoviy ilmlarni, harbiy
san’atni egalladi. Qur’oni Karimni yod oldi, hadis ilmini o’rgandi. Imon-e’tiqodli, halol-
pok inson bo’lib etishdi"
35
.
Amir Temur yoshligida olishuv-kurash, ot o’yinlari, chavandozlik, poyga,
merganlik (tirandozlik), qilichbozlik, nayzabochlik, tosh ko’tarish, uzoqqa chopish kabi
32
Қаранг. Абдулаҳад Муҳаммаджонов. Темур ва темурийлар салтанати (Тарихий очерк). Т.: Қомуслар бош
таҳририяти, 1994,140-141-бетлар.
33
Қаранг. Ўзбекистон Республикаси. Энциклопедия. Т., Қомуслар Бош таҳририяти, 1997, 575-бет., Буюк
сиймолар, алломалар, 2-китоб. А.Қодирий номида халқ мероси нашриёти, -Т.: 1996, 8-бет.
34
Изоҳ: Ўтмишда жаҳон илм аҳли, машҳур муаррихлар ўз асарларида Амир Темур исмига Кўрагон,
Соҳибқирон Қутбиддин, Абулмансур каби унвонлар қўшиб, уни эъзозлаб, улуғлаб ҳикоят, ривоят ва
хотиротлар битганлар. Бу сўзларга шарҳ берилганда “Кўрагон” атамасига тўхталиш лозим. Кўп
манбаларда “Кўрагон” сўзи – хон куёви деган маънони англатади. Бундан шу нарса изоҳланадики, ўша
даврда Чингизхон насл-насаби билан яқинлик қилиш ҳокимиятга эгалик қилган амирлар учун афзал
ҳисобланади. Шу каби “Амир Темур ҳам 1370 йилда Балхда амир Хусайнни енгиб, Қозонхоннинг тул
қолган кизи” Сарой Мулкхонимга уйланганлиги, соҳибқиронга “Кўрагон” – хон куёви лақабини олиш
имконини берган, деган маълумот берилади. Можор олими Херман Вамберининг “Мовароуннаҳр тарихи”да
эса аксинча “Темурнинг уруғи барлос бўлган, аммо оила тармоғи кўрагон, яъни кўркам, тоза уруғдандир”,
дея изоҳ берилади. Бу билан иккинчи томондан Мирхонд, Шарафиддин, Хоммер каби тарихчиларнинг
“Амир Темур мўғул наслидан эди”, деган қарашларига ҳам чек қўяди. Ҳозирги тадқиқотчиларнинг
фикрларига қараганда Вамберининг бу маълумотлари анча ҳақиқатга эгадир.
35
Ислом Каримов. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. 1-жилд. Т.: "Ўзбекистон", 1996,
360-бет.
51
musobaqalarda qatnashib, chiniqqan. Yoshligidagi bu o’yin-mashqlar keyinchalik
sohibqironga juda asqotgan.
O’zi o’yin-mashqlarda chiniqqan Amir Temur xalq o’yinlaridan o’z qo’shinini
harbiy jihatdan tayyorlashda keng foydalangan. Jaxongir Amir Temur qo’shinini ruhiy va
jismoniy bardam qilish uchun mashq, musobaqa, o’yinlar tizimini yaratgan.
Amir Temur o’z sipohiylarining nihoyatda jasur, epchil va chaqqon bo’lishini talab
etgan. O’z askarlarini qilichbozlik, nayza uloqtirish, merganlik, baland qoyadan arqonda
chuqur soyga tushib o’zi bilan yana pastdan tosh olib chiqish va hokazo harbiy-
tayyorgarlik mashqlaridan foydanishga o’rgangan. Amir Temur qo’l, qalqon, pichoq,
qilich, yoy, nayza va tig’ bilan jang qila oladigan jismoniy va ruhiy baquvvat polvon,
mergan, qilichboz askarlar – mahoratli jangchilar tayyorlash maktabini yaratgan.
Amir Temur ulug’ligining zaminida uning ma’naviy sifatlari turadi. Sohibqiron
bobomiz ma’naviyat, diniy-axloqiy, ijtimoiy-falsafiy qarashlari markazida islom
ta’limoti, Qur’oni Karim, Hadisi Sharif, tavhid, tafsir, fiqx, tasavvuf ilmi va falsafasi
turganligini alohida ta’kidlashga to’g’ri keladi.
Tasavvuf falsafasi Amir Temurga turonliklarning mo’g’ul istibdodiga qarshi erk va
mustaqillik uchun boshlangan harakatlarga rahnomoligi uchun g’oyaviy asos bo’lib
xizmat qildi, milliy qahramonga aylanishida ma’naviy asos bo’ldi. Tasavvuf mohiyatini
yoshligidanoq teran his qilib, anglab etgan bobomiz yurt mustaqilligi uchun muzaffar
kurashga otlangan edi. U butun umri mobaynida davrining ulug’ mutasavvuflari, pirlari
bilan suhbatdosh bo’ldi, ularning pand-nasihatlari, ma’naviy yo’l-yo’riqlari va
ko’maklari sharofati bilan milliy davlat asoslarini yaratdi.
Amir Temur naqshbandiya tariqatining asoschisi Xoja Baxouddin va u yaratgan
ta’limotga ixlos-e’tiqodi nihoyatda kuchli bo’lgan.
Amir Temur Xoja Shamsuddin Kulol, Sayyid Amir Kulol, Mavlono Zaynuddin Abu
Bakr Toybodiy, Mir Sayyid Baraka singari ulug’ diniy allomalarni o’ziga pir deb bilgan,
ularning ma’naviy-ruhiy madadlaridan, ta’limotlaridan doimo mislsiz kuch-quvvat olgan,
buyuk davlat tizimini yaratish va mustahkamlashda foydalangan.
Ilmiy manbalarda yozilishicha, Amir Temur mudom, saltanatda erishgan jamiki
narsam va mustahkam makonlarni fath qilishim — bular hammasi Shayx Shamsuddin al-
Faxuriyning duosi, Shayx Zaynuddin al-Havofiyning hikmati tufayli va barcha topgan
barakalarim esa faqat Sayyid Baraka yordamida , bo’lgan, der ekan.
Amir Temur islom rahnamolari — sayyidlar, shayxlar, xo’jalarga samimiyat bilan
munosabatda bo’lgan. Buyuk jahongirning islom diniga munosabati va tasavvuf ahliga
e’tiqodi uning "Tuzuklar" va unga nisbat berilgan "Tarjimai hol" deb nomlangan
asarlarida, Nizomiddin Shomiy, Sharofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Ibn
Arabshohning “Amir Temur tarixi” kitoblari va boshqa ilmiy manbalarda o’z ifodasini
topgan.
"Yana tajribamda ko’rib bildimki,-deydi Amir Temur davlat agar dinu oyin asosida
qurilmas ekan, to’ra-tuzukka bog’lanmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va
tartibi yo’qoladi. Bunday saltanat yalang’och odamga o’xsharkim, uni ko’rgan har kimsa,
nazarini olib qochadi. Yoxud kasu nokas tap tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshigi-
to’sig’i yo’q uyga o’xshaydi. Shuning uchun men o’z saltanatim binosini dini islom, to’ra
va tuzuk asosida mustahkamladim... O’z saltanatimni shariat bilan bezadim"
36
.
Amir Temur sayyidlarga mehribonlik qilib, ularni o’ziga yaqin tutgan. Ulamo va
fozillarga izzat-ikrom ko’rsatib, ularni boshqalardan ustun va ulug’, deb bilgan. Diniy
36
Темур тузуклари. –Т.: Ғ.Ғулом номидаги нашриёт-матбаа бирлашмаси, 1991 57- бет.
52
arboblar, ulamo va shayxlar bilan mazmunli bahslar yuritgan, martabalarini har doim
oshirib, sovg’a-salomlar in’om etib turgan. "Musulmonlarga diniy masalalardan ta’lim
berib, shariat aqidalari va islom dini ilmlari: tafsir, hadis, fiqxdan dars bersinlar deb, har
bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qildim. Turli mamlakatlardagi sadrlar va
qozilarga shariatning asosiy talablari qanday bajarilayotganligi xususida menga xabar
qilib turishni buyurdim. Shunga o’xshash har el va har shaharda sipoh va raiyat orasida
urf-odatlarga oid janjallashishlar haqida menga ma’lumot berib tursin, deb adolat amrini
tayinladim. Shu tariqa dinni rivojlantirib, shariatni musulmon mamlakatlariga yoydim"
37
.
Mustaqil Turkiston davlati ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishda Amir Temur
Qur’on va Hadis talablariga qatiy amal qilgan, ularga zid ish qilishga zinhor yo’l
bermagan. U islom dinini, shariat qonun-qoidalarini xurofot, bid’at, mutaassiblik,
johillik, razolat, shakkoklik, diyonatsizlik kabi illatlardan astoydil turib himoya qilgan.
Amir Temur diniy ilmlar bilan bir qatorda dunyoviy ilmlarni ham mukammal
o’zlashtirgan. Ilm-fan va madaniyatning u xabardor bo’lmagan biron-bir sohasi
bo’lmaganligiga uning keng qamrovli, mazmunan nihoyatda chuqur "Temur tuzuklari"
misoldir.
Ilmiy, falsafiy, tarixiy manbalarda, hozirgi zamon muarrixlarining asarlari, ilmiy
tadqiqotlarida Amir Temurning Movarounnahr, Xurosonning bir necha ming yillik ilm-
fan, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analari, milliy qadriyatlarini chuqur bilganligi va
astoydil hurmat qilganligi haqida aniq ma’lumotlar berilgan. U o’z Vatani tarixini,
ayniqsa, qadimiy Turon va Turkiston xalqlari davlatchiligi masalasida keng bilim va
ma’lumotga ega bo’lgan.
Amir Temur mislsiz yorqin tarixiy shaxs sifatida o’zini tarbiyalagan, o’ziga
ma’naviy oziq bergan, buyuk ishlarga chorlagan el-yurtining ilmiy-falsafiy ta’limotlariga
katta qiziqish bilan qaragan. Ayniqsa, Sharq donishmandlari - Al-Xorazmiy, Abu Nasr
Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy singari buyuk mutafakkirlarning tabiiy-
ilmiy, ijtimoiy-siyosiy, falsafiy ta’limotlaridan to’la xabardorligibugun hech kim uchun
sir emas.
Amir Temur Sharqona an’analarga sodiq qolib, vaqti-vaqti bilan olimlar,
faylasuflar, hokimlar, tabiblar, munajjimlar, muhaddislar, amirlar, vazirlar, dongdor
san’at namoyondalari, turfa kasb-hunar egalari bilan kengashib, ularning maslahatini olib
ish yuritgan. Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma" asarida Eron imomlarining ulug’lari
va Turon sohibi ixtiyorlarining fozillaridan bo’lmish nomdor ulamolar va fozilu fuzalolar
bilan Amir Temur o’tkazgan kengash haqida hikoya qilingan. Unda Amir Temur, "o’tgan
asrlardagi ulamolar sultonlarga yaxshilik va adolat bobida yo’l ko’rsatganlar, sizlar esa
menga rahnomolik qilmaysizlar va men bajarishim vojib va lozim bo’lgan narsalarni
menga aytmaysizlar... Menga tahsin aytish va mening mijozimga muvofiq gapirishingiz
menga xush kelmaydi, vazifa shuki, sizlar har toifa har tomondan kelgansizlar, u
tomonning yaxshi ham yomon ahvolu avzoyini menga aytinglar va hech nimani mendan
yashirmanglar. Men bu so’zni sizlar menga ishonch bildiringlar yoki undan mening
mulkimga biror foyda etsin, deb aytayotganim yo’q"
38
, deydi.
Ana shu fikrlarning o’zi ham Amir Temur o’z davlatini faqat harbiy kuchga suyanib
emas, balki aql-zakovat, dinu diyonat, ijtimoiy adolat qoidalariga asoslanib idora
etganligini isbotlab turibdi. “Adolat kuchda emas, kuch-adolatdadir,” degan shior
Amir Temur saltanatining ilmiy-falsafiy, axloqiy-ma’naviy mezoni bo’lib xizmat qilgan.
37
Темур тузуклари. – Т.: Ғ.Ғулом номидаги нашриет-матбаа бирлашмаси, 1991, 58-бет.
38
Низомиддин Шомий. Зафарнома. – Т.: "Ўзбекистон", 1996, 550-бет.
53
Olimu fuzalolar, diniy ulamo va allomalar boshini doimo silab turganligi o’laroq,
firdavsmonand poytaxt Samarqand jahon ilm-fani va madaniyatining gultoji hisoblangan
faylasuflar, fiqxshunoslar, tarixchilar, musiqashunoslar, munajjimlar, muhaddislar,
mutasavvuflar maskani bo’lgan. Mavlono Abdumalik, Sayyid Sharif Jurjoniy, Xoji
Muhammad Zohid Buxoriy, Mavlono Ahmad, Nizomidtsin Shomiy, Hofizi Abru, Ibn
Arabshox, Sa’diddin bin Umar Taftazoniy va boshqa allomalar Amir Temur
rahnamoligida unumli ijod qilib, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotiga munosib hissalarini
qo’shganlar.
Ushbu dalillar Amir Temurning dunyoqarashi, din, odob-axloq, madaniyat,
ma’naviyat, ma’rifat haqidagi fikr va mulohazalari zaminsiz paydo bo’lmaganligidan
dalolat beradi.
Shaxsan Amir Temurning o’zi odob-axloq, iymon-e’tiqod, ta’lim-tarbiya,
madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat bobida yuksaklikka, mukammallikka erishgan
siymolardan biridir. Uning saltanati yuksak ma’naviyat va oliy darajadagi madaniyatga
yo’g’rilgan saltanat edi.
Ma’naviyat va ma’rifat, din, odob-axloq haqidagi Amir Temur ta’limotining
mohiyatini chuqur va mukammalroq bilib olish uchun uning o’zlari tomonidan yaratilgan
odob-axloqqa oid dasturlar, pand-nasihatlarni hamda boshqa olimlarning u hakda yozgan
asarlarini ko’zdan kechirish kifoyadir. "Temur tuzuklari", "Amir Temur o’gitlari", "Amir
Temur vasiyati", Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma", Ibn Arabshohning "Amir
Temur tarixi", Salohiddin Toshkandiyning "Temurnoma", B.Ahmedovning "Tarihdan
saboqlar" va "Amir Temur", Evgeniy Berezikovning "Buyuk Temur", Ashraf
Ahmedovning sohibqiron tarjimai holiga oid asarlari va boshqalar shular jumlasidandir.
Sohibqironning ma’naviyat va ma’rifat haqidagi ta’limoti asoslari, murakkab va
serqirra hayoti va ijgimoiy-siyosiy faoliyati uning "Tarjimai holi" da va "Tuzuklari" da
chuqur bayon etilgan.
Amir Temurning insonparvarligi, millatsevarligi, ma’na-viyat va ma’rifatning
jonkuyar homiysi sifatidagi insoniy fazilatlarini uning farzandlariga qoldirgan vasiyat
so’zlarida yaqqolroq namoyon etilgan: "O’g’illarim, millatning ulug’ martaba-sini,
saodatini saqlamoq uchun Sizlarga qoldirayotgan vasiyat va "Tuzuklar" imni yaxshi
o’qing, aslo unutmang va tatbiq eting.
Millatning dardlariga darmon bo’lmoq vazifangiz. Zaiflarni qo’ring, yo’qsillarni
boylar zulmiga tashlamang. Adolat va Ozodlik dasturingiz, rahbaringiz o’lsin. Men kabi
uzun saltanat surmak istasangiz qilichingizni yaxshi o’ylab chekingaz. Bir daf’a
chekkanda so’ngrada uni ustalikla qo’llangiz. Orangizda nifoq tuxumlari ekilmasligi
uchun ko’p diqqat bo’ling. Ba’zi nodimlaringiz va dushmanlaringiz nifoq tuxumlari
sochmakka, bundan foydalanmakka chalishajaqdurlar. Faqat vasiyatimda sizga idora
shaklini, uning ilkularini ko’rsatdim. Bularga sodiq qolsangaz tosh boshingizga
tushmas".
39
Amir Temurning farzandlari-yu nabiralariga qilgan o’gitlari va yo’l-yo’riqlariga
uning o’zi umrbod qat’iy amal qilgan. Jamiyatda ijtimoiy adolat tantanasi uchun
kurashda ikkilanish, chekinish nimaligini aslo bilmagan.
U kuch-qudrat zo’rlik, zo’ravonlikda emas, aksincha, adolatda ekanini chuqur
anglab etdi. Adolatni kuch bilan, kuchni esa adolat bilan uyg’unlashtirdi. Temur
39
Қаранг: Амир Темур васияти. –Т.: Ғ.Ғулом номидаги нашриёт – матбаа бирлашмаси, 1991, 4-бет., Амир
Темур ўгитлари. –Т.: “Навўз”, 1992, 6-бет.
54
tamg’asining naqshi "Rosti-rusti" bo’lib, bu "Haqgo’y bo’lsang – najot topasan",
demaqdir.
Sohibqiron
40
Do'stlaringiz bilan baham: |