130
shuning uchun ham o’zimizning «Dorulaytom»imizni ochdik. Bu maktabda o’qitish tekin
bo’lishi bilan birga bolalarga daftarlar, yozuv ashyolari va kitoblar ham tekin beriladi»
93
.
U o’z maktabi uchun «Engil adabiyot», «Qiroat kitobi», «Uqish kitobi» kabi darsliklarni
yaratdi.
Hamzaning 1914 yilda yozilgan «Engil adabiyot» dars-ligi boshlang’ich sinf
o’quvchilariga mo’ljallangan edi. Bu darslik 45 darsga taqsimlangan bo’lib, undan
axloqiy-didaktik hikoya va she’riy asarlar o’rin olgan. U «Engil adabiyot» darsligi so’z
boshisida o’z maqsadini bunday deb bayon etadi: «Demak, hozirgi o’qilib turgan
adabiyotlarimiz o’quvchilarga og’ir bo’lmasa hamki, yosh talabalarimizga ba’zi
lug’atlarning mafhumini og’irlik qilib turganligi shoyad boshqa bir muallimlarga tajriba
bo’lgandir.
Demak, u adabiyotlarga oldindan hozirlamoq uchun ochiq ma’noli qilib hamda
birinchi sinfga tayyorladik, toki haftada bir darsdagina ta’min o’lunub, shoyad ikkinchi
sinfga ko’chgandagi o’qilajak adabiyotlarga yordamchi bo’la olur edi»
94
.
Hamzaning «O’qish kitobi» 1914 yilda yozilgan bo’lib, u 2- sinf o’quvchilariga
mo’ljallangan. Bu darslik 9 darsga taqsim-langan bo’lib, muallifning 15 ta ma’rifiy-
tarbiyashunoslikka doir asarlari berilgan.
1915 yilda Hamza 2-sinf o’quvchilari uchun hikoyalardan iborat «Qiroat kitobi»ni
yozib tugatdi. Bu darslikda har bir dars so’zlarning kelib chiqishini izohlashdan
boshlanadi, so’ngra bu tushunchaning falsafiy mazmuni beriladi. Undan keyin aytilgan-
lar odob-axloqqa oid hikoyalar bilan mustahkamlanib, dars ta’lim-tarbiyaviy xotima-
yakun yasovchi ikki qatorli she’r bilan tugaydi.
Xullas, Hamza yaratgan darsliklarda bolalarning yosh xususiyatlari hisobga
olinganligini, bolalarda o’qishga qiziqish uyg’otishi va kitobga muhabbat tug’dirishini
alohida qayd etmoq lozim. Darsliklar xalq ijodidan keltirilgan parchalar bilan to’ldirilgan
bo’lib, yorqin va shirali xalq tilida yozilgan.
Hamza ta’limning tushunarli va ko’rgazmaliligi singari aniq ta’lim-tarbiya
qoidalarni qattiq turib himoya qildi. Bunga quyidagi misolni keltirish mumkin.
Maktabdagi geometriya darslaridan birida ko’r-gazmali qurol yo’q edi. Natijada, dars
unchalik ishonchli chiqmagan. Hamza zarur ko’rgazmali qurollarning eskizlarini yasab,
Shohimardondagi duradgor ustaga uni tayyorlab berishni topshirdi. So’ngra asboblardan
darslarda foydalana boshladi. Shunday qilishni boshqa o’qituvchi muallimlarga ham
maslahat berdi.
Hamzaning bolalarga ta’lim berish va ularni axloqiy tarbiyalash nazariyasi
masalalaridagi ko’pgina qoidalari hozirgi vaqtda ham maktablarimizda keng
foydalanilmoqda
95
. U tarbiyani inson shaxsini shakllantirish, hal qiluvchi kuch deb bilib,
bolani mehnatsevarlik, halollik, sofdillik, samimiylik, orastalik, sahiylik fazilatini
tarbiyalashga alohida e’tibor beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: