Accounting equation – buxgalteriya balansiga oid tenglamalar. Korxonaning moliyaviy ahvolini ko‘rastadigan qiymatlar o‘rtasidagi bog‘liqlik. Masalan, korxonaning aktivlari = majburiyatlar + shaxsiy kapital (Assets= Liabilities + Owner’s Equity). Ushbu tenglikni hech bir xo‘jalik operatsiyasi buzolmaydi.
Accounts payable – to‘lovga qabul qilingan schyotlar. Kreditorlik qarzlari, tovar-materiallarni sotib olishda vujudga keladigan qarzdorlik yoki qisqa muddatli kredit shartlari bilan boshqa korxona tomonidan ko‘rsatilgan xizmat uchun to‘lanishi belgilangan miqdor.
Accounts receivable – kirim uchun qabul qilingan schyotlar. Buyurtmachi va sotib oluvchilarning debitorlik qarzlari. Shunigdek, ulgurji va chakana savdo yo‘li bilan sotib oluvchilarga kreditga sotishdan vujudga kelgan qisqa muddatli aktivlar miqdori, qisqa muddatli moliyaviy mablag‘lardan keyingi kundalik aktivlar bo‘limidagi balans qismi.
Accrual accounting – hisoblash usuli asosida yuritiladigan hisob. Bu usulda hisobni yuritish va olib borishdagi eng asosiy tamoyil– tegishlilik qoidasidir (matching rule). Bu tamoyilga asosan hisob yuritilganda, masalan, pul mablag‘lari olinganda yoki to‘langan davrda emas, ular bo‘yicha operatsiyalar va voqealar sodir etilgan moliyaviy
natijalarning aks ettirilishi davrida hisobga olinadi. Buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritishda mavjud bo‘lgan hisobga olishning boshqa tamoyillari, ya’ni kassa metodi va to‘lov metodidan bu hisob usuli tubdan farq qiladi.
Adjusted trial balance – to‘g‘rilangan sinov balansi. Bosh kitobga to‘g‘rilanadigan buxgalteriya yozuvlari o‘tkazilgandan keyin tuziladigan sinov balansi. Uning asosida umumiy ko‘rinishdagi moliyaviy hisobot tayyorlanadi. Yana boshqa nomi Preclosing trial balance (Yopiladigan buxgalteriya yozuvlarigacha bo‘lgan sinov balansi).
Adjusting entries – to‘g‘rilanadigan (korrektirovka qilinadigan) buxgalteriya yozuvlari. Hisobot davrida sodir etilgan xo‘jalik operatsiyalarini, yakuniy hisobot davrida, hisoblash tamoyili asosida o‘zaro mujassamlashtirish maqsadida bajariladigan buxalteriya yozuvlari. Bunday buxgalteriya yozuvlari sodir etilgan operatsiyalarni proporsional tarzda kechiktirib hisobga olish zaruriyati vujudga kelganda albatta zarur hisoblanadi. Masalan, hisobot davrida olingan foyda va yetkazilgan ziyonlarni bir nechta hisobot davri va o‘tkazmalarga bo‘lib chiqishni talab etilganda, foyda va ziyonning o‘z o‘rni bo‘lib, lekin hisobot registrida ro‘yxatdan o‘tmaganida. Shunigdek, kelajak davrdagi chiqimlarning bir qismini hozirgi davrga olib kelish, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha kelajakdagi davrda qarzlarni to‘lash muddati bilan foizlarni o‘tkazish, asosiy vositalarning amortizatsiyasini o‘tkazish zaruriyati tug‘ulganda va shu kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |