10.1-jadval.
O’zbekiston iqtisodiyotiga qilingan investitsiyalarning
texnologik tarkibi
11
(foiz hisobida)
Iqtisodiyot
tarmoqlari
Yillar
2017 yilda 2007
yilga nisbatan
o’zgarishi, f.p.
2007 2010 2013 2016 2017
Investitsiyalar jami
100
100
100
100
100
x
Shu jumladan:
Qurilish-montaj ishlari 49,6
52,1
52,8
56
59,5
9,9
Uskunalar,
instrumentlar,
inventarlarga qilingan
xarajatlar
38,1
39
37,4
34
31,6
-6,5
Boshqa
ishlar
va
xarajatlar
12,3
8,9
9,8
10
8,9
-3,4
Ma’lumki, yangi korxonalarni barpo etish, mavjud ishlab chiqarish va noishlab
chiqarish ob’ektlarini texnik jihatdan qayta qurollantirish bilan bog’liq bo’lgan
moliyaviy, iqtisodiy, moddiy va mehnat xarajatlari yig’indisi kapital qo’yilmalarni
anglatadi. O’z navbatida, kapital qo’yilmalar iqtisodiy
jihatdan kapital
11
Ўзбекистон Республикаси Давлат статистика қўмитаси маълумотлари.
198
investitsiyalarni anglatadi, ular deyarli bir mazmunni bildiradi. Ular mahsulot ishlab
chiqarish va xizmatlar ko’rsatish sohasida kiritiladigan investitsiyalarni –
qo’yilmalarni – xarajatlar majmuasini anglatadi. Iqtisodiy adabiyotlarda kapital
qo’yilmalarning mohiyatiga quyidagicha ta’riflar berilgan: «kapital qo’yilmalar - bu
asosiy kapitalga yo’naltirilgan real investitsiyalarni (qo’yilmalarni), shu jumladan,
yangi qurilish, faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni texnik qayta qurollantirish,
ta’mirlash, kengaytirish, mashina va uskunalar sotib olish, loyiha-qidiruv ishlari,
shuningdek, uy-joy hamda madaniy-maishiy qurilishlarni amalga oshirishga
yo’naltirilgan xarajatlardir»
12
. Statistik hisobotlarda va iqtisodiy tahlil jarayonlarida
bunday investitsiyalarni kapital hosil qiluvchi investitsiyalar deb ham nomlanadi.
Iqtisodiy mazmuniga ko’ra kapital qo’yilmalar asosiy fondlarni takror ishlab
chiqarishga yo’naltirilgan qo’yilmalarni anglatadi. Umuman olganda, kapital
qo’yilmalar aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish va iqtisodiyot tarmoqlarini
rivojlantirish uchun mo’ljallangan hamda asosiy fondlarni barpo etish va yangilash
bilan bog’liq bo’lgan jami xarajatlarni aks ettiradi.
Asosiy vositalar va boshqa uzoq muddat foydalaniladigan aktivlarni sotib olish,
qurish bilan bog’liq xarajatlar kapital sarflar yoki kapital qo’yilmalar deyiladi.
Kapital qo’yilmalar bilan xarajatlarni bir-biridan farqlay bilish kerak. Xarajat albatta
shu davrda daromad keltirishi kerak. Kapital qo’yilma esa bir necha yillardan keyin
daromad keltira boshlaydi.
Kapital qo’yilmalar tarkibiga asosiy vositalar, tabiiy resurslar va nomoddiy
aktivlarni sotib olishdan tashqari asosiy vositalarni o’stirish va ularni yaxshilanishiga
sarflanadigan xarajatlar ham kiradi. Asosiy vositani o’sishi (additions) deganda ishlab
chiqarish quvvatini fizik jihatdan kengaytirish tushuniladi.
Kapital qo’yilmalar bu korxonaning asosiy vositalari va nomoddiy aktivlarini
qayta ishlab chiqarish va ular sifat tarkibini yaxshilash borasida qiladigan sarf
xarajatlaridir.
«Kapital qo’yilma» tushunchasi «kapital qurilish» tushunchasiga nisbatan
kengroq ma’noga ega. Kapital qo’yilmalarning bir qismi qurilishni amalga
12
Нешитой А.С. Инвестиции: Учебник. – 4-е изд., перераб. и доп. – М.: «Дашков и К
0
», 2006. – С. 13.
199
oshirishga, shu jumladan, transport vositalari, qishloq xo’jaligi texnikalari, texnologik
uskunalar sotib olishga safarbar qilinadi.
Kapital qo’yilmalar quyidagi belgilariga ko’ra tasniflanadi:
1.
ishlab chiqarish (mo’ljallangan) ob’ektlari qurilishi;
2.
qishloq xo’jaligi (mo’ljallangan) ob’ektlari qurilishi;
3.
transport va aloqa ob’ektlari qurilishi;
4.
uy-joy qurilishi;
5.
ijtimoiy soha ob’ektlari qurilishi.
Asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish shakli bo’yicha kapital qo’yilmalar
quyidagilarga ajratladi:
6.
yangi qurilishga;
7.
faoliyat yuritayotgan korxonalarni kengaytirishga;
8.
korxonalarni ta’mirlash va texnik qayta qurollantirishga.
Texnologik belgilariga ko’ra kapital qo’yilmalar quyidagi turlarga ajratiladi:
9.
qurilish-montaj ishlari;
10.
mashina va uskunalarni sotib olish;
11.
va boshqa kapital ishlar va xarajatlar.
Kapital qo’yilmalar tarkibi takror ishlab chiqarish strukturasining yo’nalishlari,
texnologik struktura, mo’ljallanishi, xalq xo’jalik tarmoqlari, ishlarni bajarish usuli,
mablag’ bilan ta’minlash manbalariga ko’ra guruhlanadi.
Kapital qo’yilmalar maqsadga ko’ra: a) ishlab chiqarish maqsadlaridagi
ob’ektlar qurilishiga (qurilishi tuganlangandan so’ng moddiy ishlab chiqarish sohasi:
sanoat, qishloq xo’jaligi, transport aloqa va shu kabilarda ishlaydigan ob’ektlar); b)
noishlab chiqarish maqsadlaridagi (turar joy va kommunal xojalik sog’liqni saqlash
muassasalari, ijtimoiy ta’minot, xalq ta’limi va boshqa) ob’ektlarga ajratiladi.
Xalq xo’jaligi tarmoqlari bo’yicha kapital qo’yilmalar sanoat, qishloq xo’jaligi,
qurilish, transport, sog’liqni saqlash, xalq ta’limi va boshqa tarmoqlardagi kapital
qo’yilmalarga ajratiladi.
200
Kapital qo’yilmalar tarkibi takror ishlab chiqarish strukturasining yo’nalishlari,
texnologik struktura, mo’ljallanishi, xalq xo’jalik tarmoqlari, ishlarni bajarish usuli,
mablag’ bilan ta’minlash manbalariga ko’ra guruhlanadi.
Takror ishlab chiqarish strukturasining yo’nalishlari bo’yicha kapital
qo’yilmalar yangi qurilish, kengaytirish, ta’mirlash, texnik qayta jihozlash va ishlab
turgan korxonalar quvvatlarini saqlashga ajratiladi.
Texnologik strukturasiga ko’ra kapital qo’yilmalar quyidagi ish va xarajat turlari
qiymatidan tarkib topadi: qurilish ishlarining barcha turlari; uskunalar natijasi
bo’yicha ishlar; qurilish smetalarida nazarda tutilgan uskunalar xarajatlari (montaj
talab qiladigan va qilmaydigan); qurilish smetasiga kiritiladigan asbob va inventarlar
xarajatlari; boshqa kapital ish va xarajatlar.
Yangi qurilish deganda yangi tashkil etilayotgan korxona va tashkilotlarga
xizmat ko’rsatuvchi asosiy va yordamchi ob’ektlar majmuining qurilishi tushuniladi,
shuningdek, tasdiqlangan loyihalar bo’yicha yangi qurilish maydonida tashkil etilgan
ishlab chiqarish bo’limlari tushuniladi. Shuningdek, yangi qurilishga yangitdan
tashkil etilayotgan korxonalar, binolar va inshootlar, ishga tushirilgandan so’ng
mustaqil balansda bo’ladigan, yangi maydonchada yangi ishlab chiqarish quvvatlarini
yaratish maqsadlarida filial va ayrim ishlab chiqarishlarda amalga oshiriladigan
asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatish maqsadlaridagi ob’ektlar kompleksining
qurilishi kiritiladi.
Kengaytirish deganda faoliyat yurituvchi korxonalar va tashkilotlarda alohida
sexlar,
qo’shimcha
ishlab chiqarish ob’ektlarining qurilishi tushuniladi.
Kengaytirishdan maqsad – ishlab chiqarish quvvatini oshirishdir. Ishlab turgan
korxonalarni kengaytirish deganda ishlab turgan korxona (inshoot) larda qo’shimcha
ishlab chiqarishlarni qurish, shuningdek, ishlab turgan korxona hududi yoki unga
qo’shni maydonchada qo’shimcha yoki yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish
maqsadlarida ayrim sexlar yoki asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatishga
mo’ljallangan ob’ektlarni qurish va ishlab turganlarni kengaytirish tushuniladi. Ishlab
turgan korxonani kengaytirish, uning ishlab chiqarish quvvatini (unumdorligi)
ko’paytirish ishlari yangi qurilish yo’li bilan shunday quvvatlar yaratishdan ko’ra
201
qisqaroq muddat va kam xarajatlarda amalga oshirilishi lozim.
Ta’mirlash deganda faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlarda mavjud
ishlab chiqarishni, sexlarni va boshqa ob’ektlarni to’liq yoki qisman qaytadan qurish
(bunda, qoida tarzida, birinchi darajali ahamiyatga ega bo’lgan mavjud bino va
inshootlarni kengaytirmasdan turib, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish maqsadida
ularning texnik-iqtisodiy darajasini ko’tarish va ishlab chiqarishni takomillashtirish)
tushuniladi. Ishlab turgan korxonalarni ta’mirlash asosiy va yordamchi va xizmat
ko’rsatishga mo’ljallangan, ishlab turgan sex va ob’ektlarni ishlab chiqarshni
takomillashtirish va ularni texnik-iqtisodiy darajasini oshirish maqsadlarida qayta
qurish tushuniladi. Bu, odatda, asosiy maqsaddagi bino hamda inshootlarni
kengaytirmay amalga oshiriladi.
Faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarni texnik qayta qurollantirish -
alohida
ishlab
chiqarishlarni,
sexlarni, uchastkalarni zamonaviy
texnika-
texnologiyalarni
joriy
etish,
ishlab
chiqarishni
mexanizatsiyalash
va
avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish, modernizatsiyalash, jismoniy va ma’naviy
eskirgan uskunalarni yangisiga almashtirish, ularni intensivlashtirish asosida texnik
darajasini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar majmuini anglatadi.
Ta’mirlash va texnik qayta qurollantirishning asosiy maqsadi ishlab chiqarishni
texnik qayta qurollantirish orqali uning samaradorligini oshirishga qaratiladi va bu,
o’z navbatida, mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish, uning sifatini oshirish va
ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga amalga oshiriladi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, kapital qo’yilmalarni amalga oshirishda va
investitsion jarayonlarda asosiy rolni kapital qurilish o’ynaydi. Kapital qurilishning
investitsion jarayondagi o’rni va ahamiyati quyidagilar bilan izohlanadi:
1.
kapital qurilish kapital qo’yilmalarni o’zlashtirishda (amalga oshirishda)
qatnashadi. Jami kapital qo’yilmalar summasining 2/3 qismi qurilish-montaj va
qurilish tashkilotlari tomonidan bajariladigan qurilish-montaj ishlariga, loyiha-qidiruv
va boshqa qurilish ishlariga to’g’ri keladi;
2.
kapital qurilish korxonalar ishlab chiqarish quvvatining oshishi va asosiy
fondlari o’sishini ta’minlaydi, bu esa, o’z navbatida, aholining turmush farovonligini
202
oshirish, ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda xalq xo’jaligi tarmoqlarini
rivojlantirish imkonini beradi;
3.
kapital qurilish korxonalarda zamonaviy texnika va texnologiyalarni
qo’llanilishi asosida ishlab chiqarishda ilmiy-texnik taraqqiyotni ta’minlaydi;
4.
ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish jarayonida qurilishning o’ziga
xos o’rni shundaki, bir vaqtning o’zida bino va inshootlarni texnologik, energetik va
boshqa uskunalar montaj qilish ishlarini amalga oshiraturib, zavod, fabrika,
kombinatlarni ishga tushirish uchun sharoitni yaratadi (ta’minlaydi) va shu bilan
ularni barpo etishning umumiy jarayonini yakunlaydi (tugallaydi);
5.
qurilish tarmog’ida qurilishga qaratilgan investitsion loyihalarni ishlab
chiqish bilan bog’liq bo’lgan loyihaviy tashkilotlar (loyiha-qidiruv ishlari bilan
shug’ullanuvchi tashkilotlar) faoliyat ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |