Biznes muloqot va akademik yozuv



Download 1,71 Mb.
bet180/208
Sana25.03.2022
Hajmi1,71 Mb.
#510149
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   208
Bog'liq
Бизнес мулоқот 2019-20

«Kalila va Dimna» dan
Muomala va muloqot qoidalari
16-topshiriq:. Insonlar bilan muloqotning asosiyusullari.
Ko’pchilik insonlar, ayniqsa yoshlar o’zlarini zamonaviy jamiyat va jamoada qanday tutishlari kerakligi haqidagi, uyda va ishxonada nimalarga e’tibor berishlari lozimligi, savdoda, ish vaqtida insonlar bilan qanday munosabatda bo’lish maqsadga muvofiqligi, do’stona va amaliy ko’rinishdagi suhbatlarni qanday qilib olib borish to’g’risidagi, oila va ishxonadagi konflikt sharoitlarda nimalar qilish mumkinligi haqidagi yangi va zamonaviy adabiyotlar bilan tanisha olmadilar, chunki, ular o’z vaqtida yaratilmadi va natijada bu sohaga oid ta’lim-tarbiya berish ishi ancha oqsab qoldi. Jamiyat hayotini va uning hozirgi holatini faqatgina o’zaro munosabatlar qoidalari mukammal emasligi bilan tushuntirish juda ham soddalik bo’lgan bo’lar edi. Ammo, bunday qonun-qoidalarning katta madaniy ahamiyatini rad etish ham katta xatolik bo’lar edi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, atrofdagilar bilan muloqot qoidalarini yaxshi bilmaslik ko’pchilik odamlar, ayniqsa, tadbirkorlar oldida kattagina muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu sohada o’tkazilgan ko’p yillik tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, moliyaviy munosabatlarda muvaffaqiyat qozonish, Hatto, iqtisodiyotning texnik sohalarida ham faqatgina 15% gina texnik bilimlarga, qolgan 85% esa hamkasblar bilan muomala qila bilish, boshqacha qilib aytganda, odamlarga rahbarlik qilishdagi shaxsiy fazilatlar va qobiliyatlarga bog’liq ekan. Amerikalik tanikli biznesmen Jon Rokfeller shunday degan ekan: «Odamlar bilan muomala qilish malakasi xuddi shakar yoki kofega o’xshash sotib olinishi mumkin bo’lgan tovardir. Men dunyodagi barcha narsalardan ko’ra, ana shu malaka uchun ko’proq haqto’layman».
Omad, muvaffaqiyat, do’stlar, sog’liq – bular hammasi ko’pchilik insonlar uchun oddiy insoniy baxt bilan bog’liq bo’lgan asosiy tushunchalardir. Xuddi shu baxtga qanday erishish usullarini Deyl Karnegi o’z kitoblarida batafsil holda, tarixiy dalillarga tayangan tarzda tushuntiradi va ularni ustalik bilan ko’rsatib beradi. Insoniy munosabatlar xuddi fan, san’at yoki texnika kabi umuminsoniy madaniyatning bir bo’lagidir va shuning uchun, ham bu sohadagi kitoblarni yaratish ham muhim ish bo’lib hisoblanishi kerak. Bunday kitoblar insonlarga ularning kundalik muammolarini ijobiy hal qilish uchun suv bilan havodek zarur desak, xato qilmagan bo’lar edik. Ular hayotda muvaffaqiyatga erishishga va boy-badavlat yashashga ko’maklashish uchun ham zarurdir. Ular insonlarni ijodiy hamda ijobiy fikrlashga majbur qiladi, o’zlari uchun kerakli va eng to’g’ri yo’lni tanlab olishlari uchun xizmatqiladi.
Agar, siz insonning tashqi qiyofasi va uningtabiatibir-biri bilan qanday bog’liqligini yaxshi bilib olsangiz, harqandaykishining xoh yaxshi, xoh yomon odat va hislatlarini hech bir tajriba,tekshiruvvaimtihon qilmasdan ham osongina bilib olishingizmumkin.Bunday odat va hislatlar tug’ma yoki uning hayoti davomidaorttirilganham bo’lishi mumkin. Agarda har bir kishining qiyofasidanuningyaxshi hislatlari ayon bo’lib tursa, uni do’st va ulfatqilishingizmumkin. Ammo,uningqiyofasidanyomonhislatvafe’l-atvorlarinamoyonbo’lib turgan bo’lsa, u kishi bilan suhbatni va oshnogarchiliklarnitarkqilib, yomonliklardan saqlanishingiz mumkin bo’ladi.Ko’pchilikfaylasuflar va ruhshunoslarning ilmiy izlanishlaridan hamda ko’plab tajribalaridan ma’lum bo’lganki, har kimsaning tashqi ko’rinishidagi alomatlar uning ichki dunyosini va ruhiyatini ma’lum ma’noda aks ettirar ekan.
1. Qoida. Birovni tanqid qilishdan saqlaning, chunki, bunga nisbatan, tanqidga uchragan inson himoyalanish istagida turli xil usullar bilan o’zini oqlashga harakat qiladi va sizga ashaddiy dushman bo’lib qoladi. Tanqid insonga qattiq botadi va uning g’ururiga tegadi, uning obro`sini pastga urish bo’lib hisoblanadi, uni qattiq xafa qiladi. Insonlar haqida yomon gaplar va fikrlar bildirmang, ularning faqat yaxshi tomonlari haqida gapiring, ularning obro`-e’tiborli insonlar ekanliklarini uqtiring. Buyuk odamning buyukligi uning kichkina odamlar bilan muloqot qilishida ko’rinadi. Birovni tanqid qilgandan ko’ra, u nega shunday sharoitda va holatda bunday qilganligini tushunishga harakat qilish ma’qulroqbo’ladi.
2.Qoida. Biror bir insonni nimadir qilishga undashning faqat bir usulibor, u ham bo’lsa, unda bu ishni qilishga astoydil hoxish-istak uyg’otishdir. Har bir inson o’zining ahamiyatli ekanini bilishni istaydi. Unga bu imkoniyatni yaratish kerak va uning bu intilishini iloji boricha qondirish lozim. Insonning ustunlik tomonlarini tan olgan holda va uni taqdirlash orqali unda biror bir ishni bajarishga qiziqish uyg’otish kerak. Agar, biror bir kimsaning qandaydir hislati sizga yoqib qolsa, uni munosib baholang va yaxshilab maqtang. Sizga xujum qilayotgan dushmanlardan qo’rqmang, ko’proq sizni juda ham maqtayotgan do’stlaringizdan qo’rqing. Har bir inson nimasi bilandir sizdan ustun turadi, shuning uchun, ham ulardan nimanidir o’rganish mumkin. Insonda ijobiy hislatlarni ko’rishga harakat qiling va bu haqda unga chin dildan ayting.
3.Qoida. Insonlarga ta’sir o’tkazishning birdan bir ta’sirchan usuli – ular hoxlayotgan narsalar haqida so’zlash va buni ular qanday qila olishlari mumkinligi to’g’risida gapirishdir. O’z suhbatdoshingizni nimanidir xohlab qolishga majbur qiling. O’zingizni suhbatdoshingiz o’rniga qo’ying va uning fikrlari yo’nalishini tushunishga harakat qiling. Agar, sizda ajoyib g’oya paydo bo’lsa, uning boshlanishini suhbatdoshingizga bildiring va qolganini o’ylab topishni uning o’ziga qo’yib bering. Shunda u g’oya o’zinikiligidan faxrlanib, siz bilan hamkorlik qila boshlaydi. Barcha uchrashuvlaringizning hisobini olib boring va ularda nimalarni to’g’ri hamda nimalarni noto’g’ri qilganligingizni tahlil qiling. Agar, nimadir noma’qul bo’lgan bo’lsa, xatti-harakatlaringizga tegishli o’zgartirishlar kiriting.
17-topshiriq. Odamlarga yoqishning usullari haqida.
Odam odam bilan tirik degan gap aslida bobolarimizdan bizga meros, ko’hna haqiqatdir. Ammo, har bir odam o’zi bir olam bo’lib yaralgan va hech kim, hech qachon birovga aynan o’xshamaydi. Biz birovlarga o’xshamaganimiz uchun ham bizlarning hoxish va ehtiyojlarimiz, orzu va umidlarimiz, yaxshilik va yomonlik haqidagi fikrlarimiz turlichadir. Bunday xilma-xillik bizning niyat va istaklarimizning to’liq ro`yobga chiqmasligiga sabab bo’ladi hamda bizda noto’kislik hissini paydo qiladi. Natijada, odamlar ichida u yoki bu tarzda yashashga, bizni yoqtirishlariga va bizga e’tibor bilan qarashlariga ehtiyoj sezamiz. Agar, bu insoniy ehtiyojlarimiz biror-bir tarzda qoniqmasekan, bizo’zimizni
odamlar ichida begona his qila boshlaymiz, o’zimizga turli- tuman tashvishlar orttirib boraveramiz.
Sizni ochiq ko’ngil bilan kutib olishlarini istasangiz….birinchi qoidaga amal qiling: Odamlar hayotiga, ularning turli urf – odatlari, e’tiqodlari va intilishlariga samimiy qiziqish bilan qarang. Siz odamlarga yoqishni istasangiz, ikkinchi qoidaga amal qiling! Samimiy va do’stonajilmaying. Yaxshi suhbatdosh bo’lishningoddiyligi doimo yodda tuting, odamning ismi — har qanday tilda ham eng yoqimli eshitiladigan so’zdir va har bir odam uchun o’z nomi boshqa har qanday so’zdan ko’ra qadrliroqdir.Agar, yaxshi suhbatdosh bo’lishni istasangiz, to’rtinchi qoidaga amal qiling: yaxshi tinglovchi bo’ling. Boshqalarni o’zlari haqida gapirishlariga rag’batlantiring. Doimo yodingizda tuting: Siz bilan suhbatlashayotgan odam siz bilan, sizning ishingiz bilan qiziqmasdan, balki o’zi bilan, o’zining xohishlari va muammolari bilan qiziqadi. Shunday qilib sabrli tinglovchibo’ling. Qanday qilib odamlarni qiziqtirishmumkin? Odamlarning ko’nglini topishingiz uchun, albatta, suhbatdoshingizni qiziqtiradigan masalalar doirasidagina suhbat olib boring.

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish