Barno turdixodjaevna xalmatova, maktuba xabibullaevna mirraximova



Download 1,27 Mb.
bet91/170
Sana12.10.2022
Hajmi1,27 Mb.
#852584
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   170
Bog'liq
Халматова 2014-узб.лотин

OEY II daraja – bola aktivligi va emotsional tonusining pasayishi, apatiya, lanjlik, adinamiya, nutq va psixomotor funksiyalarning orqada qolishi, ishtahaning pasayishi bilan kechadi. Terisi oqimtir, quruq, qipiqlangan. To‘qima elastikligi va turgori, shuningdek, mushak tonusi pasaygan. Teri osti yog‘ qavati yuzida saqlangan, lekin nisbatan kamaygan yoki qorinda va qo‘l-oyoqlarida bo‘lmaydi. Tana vazni tanqisligi bo‘yiga nisbatan 20-30%ni tashkil qiladi, bo‘yi 2-4 sm orqada qolgan. Tana vazni ortishining egri chizig‘i yassilangan. Sutka davomida tana haroratining o‘zgarishi (1˚S) va oyoq-qo‘llarining doimiy sovuqligi termoregulyasiya buzilishidan guvohlik beradi. Ko‘p hollarda taxipnoe, aritmik dag‘al nafas, yurak tonlari bo‘g‘iqligi, taxikardiyaga moyillik va arterial gipotenziya aniqlanadi. Bolani majburiy emizilganda bola qayd qiladi, ba’zida qabziyat kuzatiladi. Ko‘p hollarda interkurrent kasalliklar qo‘shiladi (masalan, otit, pielonefrit, pnevmoniya). Laborator tekshirilganda gipoxrom anemiya, gipo- va disproteinemiya, ozuqa fermentlari faolligining aniq pasayganligi kuzatiladi. YOndosh somatik patologiyalar (pnevmoniya, otit, pielonefrit), defitsit xolatlar.
OEY III daraja – bola umumiy ahvolining yaqqol buzilishi bilan kuzatiladi: uyquchanlik, loqaydlik, qo‘zg‘aluvchanlik, negativizm, rivojlanishdan yaqqol orqada qolish, orttirilgan ko‘nikmalarni bajara olmaslik, anoreksiya. Bolanining tashqi ko‘rinishi skeletni eslatadi, terisi quruq, oq – kul rangda, dumba va sonlarida osilgan burmalar aniqlanadi. Yuzi qariyalarnikiga o‘xshash, bujmaygan, uchburchak shaklida. Teri osti yog‘ qavati hamma joyda yo‘qolgan, lunjida ham, bolalarga xos bo‘lgan, Bish yog‘ to‘plami yo‘qoladi. To‘qimalar turgori butunlay susaygan, mushaklar atrofiyalangan, lekin ularning tonusi odatdagidek, elektrolitlar muvozanatining buzilishi va nevrologik buzilishlar hisobiga yuqori bo‘ladi. Tana vazni tanqisligi 30% va undan ko‘pni tashkil etadi, tana vazni ortishining egri chizig‘i tekis yoki pasaygan. Bo‘yi yosh normasiga nisbatan 7-10 smga pasaygan. Suvsizlanish belgilari yaqqol ko‘rinadi: chanqash, katta liqildoq va ko‘z olmalari cho‘kishi, afoniya, kon’yuktivalar va shox parda quriq, lab shilliq qavatlari yaqqol bo‘yalgan, og‘iz burchagida yoriqlar (qarg‘a og‘zi). Tana harorati odatda pasaygan va atrof-muhit haroratiga bog‘liq holda o‘zgaradi, ba’zida subfebrilgacha ko‘tariladi. Qo‘l - oyoqlari sovuq. Nafas yuzaki va aritmik. Ko‘p hollarda belgisiz atelektaz va gipostatik pnevmoniya aniqlanadi. Pulsi sekinlashgan, kuchsiz, arterial bosim pasayadi, yurak tonlari bo‘g‘iq. Qorni tortilgan yoki dam va zo‘riqqan. Jigar va qora taloq o‘lchamlari kichraygan. Har doim oshqozon-ichak traktining diskinetik buzilishlari aniqlanadi: qayd qilish, qusish, tezlashgan suyuq najas. Peshob ajralishi kamaygan, oz miqdorda chiqadi.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish