41-modda. Deponentning huquq va majburiyatlari Deponent quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang. o‘z depo hisobvarag‘idagi qimmatli qog‘ozlarni qonunchilikda belgilangan doirada va tartibda tasarruf etish;
(41-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) investitsiya vositachisiga va (yoki) Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga o‘z depo hisobvarag‘i bo‘yicha operatsiyalarni bajarish yuzasidan topshiriqlar berish (uchinchi shaxslar oldida majburiyatlar yuklatilgan qimmatli qog‘ozlarni qimmatli qog‘ozlarga majburiyatlar yuklatish tugallanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmasdan o‘tkazishga doir farmoyish bundan mustasno), so‘rovlar kiritish, topshiriqlar bajarilganligi to‘g‘risida hisobot talab qilish;
hujjatsiz va harakatsizlantirilgan hujjatli qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan mulk huquqini hamda boshqa ashyoviy huquqlarni hisobga olishni investitsiya vositachisiga va (yoki) Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga topshirish;
shartnoma shartlariga muvofiq o‘z depo hisobvarag‘ining holati haqida ko‘chirma va o‘z depo hisobvarag‘i bo‘yicha o‘tkazilgan operatsiyalar to‘g‘risida hisobot olish.
Oldingi tahrirga qarang. Deponent qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(41-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Deponent:
o‘z vakolatli shaxsining vakolatlari tugatilganligi yoki o‘zgartirilganligi to‘g‘risida investitsiya vositachisini va (yoki) Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysini xabardor qilishi;
o‘z rekvizitlaridagi barcha o‘zgarishlar haqida investitsiya vositachisiga va (yoki) Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga xabar berishi;
investitsiya vositachisi va (yoki) Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi yozma xabarlarining to‘g‘riligi va to‘liqligini tekshirishi hamda aniqlangan noaniqliklar haqida ularga o‘z vaqtida xabar berishi shart.
Oldingi tahrirga qarang. Deponentning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(41-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)