Bank hisobi va audit” kafedrasi g’aniyeva umida abdugaffarovna mirzayeva matluba g’aybulla qizi “pul va banklar” fanidan


O’zbekiston Markaziy banki, maqsadi va vazifalari



Download 7,38 Mb.
bet91/100
Sana24.10.2022
Hajmi7,38 Mb.
#855726
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   100
Bog'liq
УМК ПБ 2020-2021 18.10.2021

2. O’zbekiston Markaziy banki, maqsadi va vazifalari
O’zbekiston Markaziy banki iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’lgan, yuridik maqomga ega tashkilot hisoblanadi. Markaziy bank o’z daromadlari hisobidan xarajatlarni amalga oshiradi. Agar uning xarajatlari daromadlarga nisbatan ko’p bo’lsa, ushbu farq (zarar) davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi. Hisobot yilining oxirida Markaziy bank ixtiyorida qolgan ortiqcha mablag’ (foyda) to’lig’icha davlat byudjeti hisobiga o’tkazib beriladi.
Ta’kidlash joizki, O’zbekiston Markaziy banki tashkil topganidan buyon hisobot yilini moliyaviy zarar bilan qoplamagan, aksincha hisobot yilning so’nggida juda katta miqdordagi mablag’ni davlat byudjetiga o’tkazib kelmoqda.
Markaziy bankning asosiy daromad manbalari sifatida emission daromad, tijorat banklariga beriladigan qayta moliyalash hisobidan oladigan foizlar, hukumatning oltin va valyuta zaxiralarini tasarruf etishdan oladigan foizlar, tijorat banklaridan iqtisodiy me’yorlarni buzganligi uchun undiradigan jarimalari, tijorat banklari elektron to’lov tizimidan foydalanganliklari uchun to’laydigan to’lovlari va boshqa manbalarni keltirish mumkin.
Mustaqillikning dastlabki yillarida tashkil etilgan O’zbekiston Markaziy banki qisqa muddat ichida banklarning banki sifatida juda katta ishlarni amalga oshirdi, shuningdek, uning faoliyati takomillashib va rivojlanib bordi. Buning natijasida uning faoliyatini amalga oshirish, huquq va majburiyatlarini belgilaydigan alohida huquqiy hujjatni qabul qilish zaruriyati vujudga keldi. Natijada 1995 yil 21 dekabrda “O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi. Ushbu qonun 9 ta bo’lim va 60 ta moddadan iborat bo’lib, Markaziy bankning maqsadi, majburiyat va huquqlarini belgilaydi, shuningdek, Markaziy bankning barcha faoliyat turlari mazkur qonunda aniq va ravshan qilib belgilab qo’yildi.
Mazkur qonunga ko’ra, Markaziy bank tijorat faoliyati bilan shug’ullanishi, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga moliyaviy yordam ko’rsatishi va ularning kapitalini shakllantirishda ishtirok etishi ta’qiqlanadi.
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 30 - moddasiga asosan Markaziy bank va uning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bosh boshqarmalari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining muassasalari barcha soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan ozod qilinadi, yagona ijtimoiy to’lov bundan mustasno.
Markaziy bank mamlakat banklarining banki hisoblanib, to’g’ridan – to’g’ri aholi va mijozlarga bank xizmatlarini ko’rsatmaydi. “Markaziy bank to’g’risida”gi Qonunning 31 – moddasida belgilangan holatlar bundan mustasno. Unga ko’ra Markaziy bank, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, ayrim davlat qo’mitasi va muassasalari, shuningdek, o’zining huzuridagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning asosiy hisobvaraqlariga xizmat ko’rsatish bo’yicha bank operatsiyalarini amalga oshirishi mumkin.
Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashdan iborat bo’lib, ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  • monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish;

  • O’zbekiston Respublikasida hisob – kitoblarning samarali tizimini tashkil etish va ta’minlash;

  • banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va garovxonalar faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga solish, banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va garovxonalarni nazorat qilish, qimmatli qog’ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash;

  • O’zbekiston Respublikasining rasmiy oltin – valyuta rezervlarini, kelishuvga binoan hukumat rezervlarini qo’shgan holda, saqlash va tasarruf etish;

  • mamlakatda yagona emission organ vazifasini amalga oshiradi.

Markaziy bank o’tgan yil faoliyatini mustaqil auditor tashkilotlar tekshiruvidan keyin hisobotni keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmasdan Oliy Majlis Senati ko’rib chiqishi uchun taqdim etadi va hisobot beradi.
Markaziy bankning oliy organi uning Boshqaruvidir. Boshqaruv Markaziy bank siyosati va faoliyatining asosiy yo’nalishlarini belgilab beradi, bankni boshqaradi. Boshqaruv o’n bir kishidan iborat bo’ladi. Boshqaruv tarkibiga Markaziy bank Raisi, uning o’rinbosarlari, shuningdek, bankning asosiy bo’linma rahbarlari kiradi.
Boshqaruvning majlislari oyiga kamida bir marta o’tkazib turiladi, boshqaruv majlisida quyidagi masalalar ko’rib chiqiladi va hal etiladi:

  • monetar siyosatning asosiy yo’nalishlarini, shu jumladan, Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari ko’lami, Markaziy bankning hisob va ssuda berishdagi foiz stavkalari hamda banklarning Markaziy bankdagi majburiy rezervlari normasini belgilaydi;

  • Markaziy bankning normativ hujjatlarini tasdiqlaydi;

  • Markaziy bankning xalqaro tashkilotlardagi ishtiroki masalasini hal qiladi;

  • banknotlar va tangalarning nominal qiymati va namunalarini, shuningdek, pul belgilarini muomaladan chiqarish shartlarini belgilaydi;

  • O’zbekiston Respublikasi Hukumatiga beriladigan ssudalar miqdori va shartlarini tasdiqlaydi;

  • banklar uchun iqtisodiy normativlarni va kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari hamda garovxonalar uchun moliyaviy operatsiyalar o’tkazish qoidalarini tasdiqlaydi, shuningdek ularga rioya etilishini ko’rib chiqadi;

  • bank faoliyati bilan shug’ullanish uchun litsenziyalar berish va ularni chaqirib olish to’g’risida qarorlar qabul qiladi, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va garovxonalar faoliyati, shuningdek qimmatli qog’ozlar blankalari ishlab chiqarish litsenziyalanishini amalga oshiradi;

  • Markaziy bankning tashkiliy tuzilmasini belgilaydi;

  • Markaziy bank muassasalari hamda korxonalarini tashkil etadi, qayta tuzadi va tugatadi;

  • Markaziy bank xarajatlari va daromadlari smetasini tasdiqlaydi;

  • Markaziy bankning yillik va moliya hisobotlarini ko’rib chiqadi;

  • Markaziy bankning tarkibiy bo’linmalari, muassasalari va korxonalari rahbarlarini tasdiqlaydi;

  • Markaziy bank tarkibiy bo’linmalari, uning muassasalari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlari hamda ma’ruzalarini tinglaydi;

  • Markaziy bank xodimlarini ishga yollash, ishdan bo’shatish, ularning mehnatiga haq to’lash shartlarini, shuningdek ularning kreditlar olishi va aktsiyalar sotib olishi tartibini qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi;

  • Markaziy bank vakolati doirasidagi boshqa masalalarni ko’rib chiqadi va hal qiladi.

2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, shuningdek pul-kredit siyosati, umuman bank tizimining barqaror faoliyat ko’rsatishi ustidan samarali nazoratni va Markaziy bank faoliyatini yanada takomillashtirishni ta’minlash maqsadida Markaziy bank faoliyatining strategik maqsadli yo’nalishlari deb quyidagilar belgilab olindi:
a) narxlar barqarorligi;
b) bank tizimi barqarorligi va rivojlanishi;
c) to’lov tizimi barqarorligi va rivojlanishi.
Amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida Markaziy bank faoliyatining ustuvor yo’nalishlari etib kuyidagilar belgilab olindi:
birinchidan, asossiz inflyatsion kutilmalarni oldini olish maqsadida inflyatsion targetlashning printsip va mexanizmlarini bosqichma-bosqich tatbiq qilish bilan pul-kredit siyosati va uning instrumentlarini tubdan takomillashtirish, ushbu usulga o’rta muddatli istiqbolda to’liq o’tish va pul-kredit sohasida amalga oshirilayotgan siyosat va choralarning shaffofligini oshirish;
ikkinchidan, inflyatsiya omillarini chuqur o’rganish va to’lov balansini hisobini yuritish va tahlil qilish tizimini to’liq shakllantirish asosida pul-kredit siyosatini shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish uslublarini takomillashtirish maqsadida statistik, tahliliy va tadqiqot bazasini rivojlantirish;
uchinchidan, bank tizimini tartibga solish va nazorat qilish mexanizmlarini, shu jumladan tijorat banklar faoliyatida yuzaga keladigan muammolarni dastlabki bosqichlarida aniqlash va ularni bartaraf etuvchi choralar ko’rish imkonini beruvchi tijorat banklar tavakkalchiligini boshqarish va baholash tizimini takomillashtirish;
to’rtinchidan, o’rta va uzoq muddat istiqbollarda iqtisodiyotni barqaror o’sishini ta’minlovchi muhim tarkibiy qism sifatida bank tizimini rivojlantirish, tijorat banklar va tadbirkorlik sub’ektlarining o’zaro to’liq sheriklik munosabatlarini shakllantirish, aholining bank tizimiga ishonchli institutsional sherik sifatida ishonchini mustahkamlash uchun raqobat sharoitlarni yaratish;
beshinchidan, to’lov tizimini yanada rivojlantirish, shu jumladan real vaqt rejimida tezkorlik bilan hisob raqamlarni boshqarish va bank operatsiyalarini o’tkazish imkonini beruvchi masofadan bank xizmatlari ko’rsatgan holda tijorat banklarining samarali axborot almashinuvi tizimini tashkil etish;
oltinchidan, nobank kredit tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini kuchaytirish, shuningdek ularning faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
yettinchidan, bank xizmatlari iste’molchilari huquqi va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash, aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga moliyaviy ochiqlikni va ularning savodxonlik darajasini oshirish.39
Xulosa qilib aytganda, O’zbekiston Markaziy banki mamlakat banklarining banki hisoblanib, milliy valyutaning barqarorligiga, kredit muassasalarining moliyaviy jihatdan barqaror faoliyat yuritishiga mas’ul bo’lgan davlatning moliyaviy tashkiloti hisoblanadi.

Download 7,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish