Tijorat banklarining umumiy kredit portfeli tahlili
№
|
|
Kredit miqdori, foizlarda
|
31.12.09.
|
31.12.10.
|
31.12.11
|
1
|
Tijorat banklari
|
0,48
|
0,27
|
1,30
|
2
|
Jismoniy shaxslar
|
2,37
|
3,00
|
10,60
|
3
|
Davlat korxonalari
|
60,73
|
53,60
|
27,30
|
4
|
Qo‘shma korxonalar
|
22,24
|
23,57
|
23,15
|
5
|
Xususiy korxonalar
|
14,18
|
19,56
|
37,65
|
|
Jami
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinadiki, keyingi yillarda davlat korxona- lariga ajratiladigan kreditlar ulushi kamayib bormoqda. Bu albatta birinchi navbatda xususiylashtirish ta’sirida bo‘lsa, ikkinchidan, mamlakatimizda xususiy, aksioner, qo‘shma korxonalar sonining ortib borishi bilan ifodala- nadi.
Demak, kredit munosabatlari tahlilida asosiy e’tibor beriladigan kredit va foiz to‘lovlarining o‘z vaqtida va to‘liq qaytishini ta’minlashga qaratilsa, bunga erishishning muhim omili sifatida mijozning kreditga layoqatliligi darajasi tahliliga qaratiladi.
Bank kreditlarining ta’minlanganligi tahlili
Tijorat banklari mijozlarni asosan kredit bilan ta’minlangan bo‘lsa, kredit beradi. Bank kreditining ta’minlanganligi kredit berish tamoyillaridan biridir. Mijozlar kreditlarning ta’minlanganligini mol-mulkini garovga qo‘yish, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kafolati hamda sug‘urta kompani-
yalarining kreditni sug‘urtalash yo‘li bilan amalga oshiradilar. Kredit ta’minoti sifatida mijozlarning mol-mulkini garovga qo‘yish juda ko‘p ishlatiladi. Mi- jozning binolari, inshootlari, asbob-uskunalari (turli xil ko‘chmas mulklari), transport vositalari, tovar-moddiy boyliklari garov bo‘lishi mumkin. Mulkni garovga qo‘yishda, o‘zgarib turuvchi bozor narxi sharoitida, mulkni to‘g‘ri baholash muhim ahamiyatga ega.
Respublika aksioner-tijorat «Ipak yo‘li» banki hisobotiga ko‘ra 2008-yilda kreditlarining ta’minlanganligi 68,3 foizi mulkni garovga qo‘yish bilan, 21,0
% boshqa subyektlarning kafolatlari bilan va 10,7 % esa ta’minlanganlikning boshqa turlari bilan amalga oshirilgan.
Bank kreditlarini mulkni garovga quyishda, bu mulklarni turlarini, ular- ning sifat holatlarini yaxshi o‘rganish lozim. Mijozning garovga qo‘yilayotgan mulkini maxsus tayyorgarlikga ega bo‘lgan mustaqil baholovchi mutaxassis- lar baholab, ularning qiymatini aniqlaganliklari ma’qul. O‘zbekiston Respub- likasi Markaziy banki tomonidan 2000-yil 22-fevralda tasdiqlangan «Tijorat banklari kredit siyosatiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida»gi Nizomda ga- rov mavzui sinchiklab baholanishi va uning bozor qiymat, uni sotish lozim bo‘lgan paytda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zarar o‘rnini qoplashi lozim- ligi, aniq yoritilishi zarurligi ko‘rsatilgan.
Tijorat banklari kreditlarining ta’minlanganligini tahlil qilganda, garovga qo‘yilgan mulkning turlari bo‘yicha, ularning o‘zgarishi bo‘yicha, hamda ta’minlanganlik turlari bo‘yicha o‘zgarishni o‘rganish lozim.
Bundan tashqari, kredit ta’minoti sifatida mol-mulk garovi qabul qilini- shida quyidagi tahlil jarayonlariga alohida e’tibor qaratilmog‘i zarur hisobla- nadi:
-garovga olinadigan mol-mulkning kredit qaytmagan taqdirda bank tasar- rufiga o‘tkazilishi uchun huquqiy asoslarning to‘liq mavjudligi. Buning uchun garov shartnomasi albatta huquqiy ekspertizadan to‘liq o‘tkazilishi lozim;
garovga olinadigan mol-mulkning likvidliligi, ya’ni uni zudlik bilan pulga aylantirish imkoniyatlari;
garovga olinadigan mol-mulkning bahosi, uning haqiqatdan ham bo- zor bahosiga mosligi. Bu yerda e’tibor garovning hozirgi davrdagi va kredit qaytishi lozim bo‘lganidan keyingi muddatdagi baholariga e’tibor qaratilishi lozim.
Kafolat yoki uchinchi bir shaxsning kafilligi kredit ta’minoti olinishi lozim bo‘lgan taqdirda bank, avvalambor, kafolatchi yoki kafilning kimligini bilishi va uning kreditga layoqatliligi yoki kredit qaytmagan taqdirida uni kafolatchi yoki kafildan to‘liq undirish imkoniyatlari o‘rganilmog‘i va ular- ning moliyaviy holati hamda to‘lov qobiliyatiga to‘liq ishonch hosil qilmog‘i lozim.
Hozirgi paytda sug‘urta tizimining rivojlanganligini e’tiborga olib, kreditlarni sug‘urta kompaniyalari tomonidan sug‘urtalash yo‘li bilan ta’minlanganlikni amalda qo‘llash muhim ahamiyatga ega. Bunda bank al- batta sug‘urtalovchi kompaniyaning reytingi, to‘lov qobiliyati va sug‘urta shartnomasining qonuniy asoslarini tahlil qilib ko‘rishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |