B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand


 Davlat byudjetining shakllanishi va taqsimlanish xususiyatlari



Download 1,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/120
Sana07.06.2023
Hajmi1,99 Mb.
#949546
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   120
Bog'liq
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samar

 
10.2. Davlat byudjetining shakllanishi va taqsimlanish xususiyatlari.
 
Davlat byudjeti
— davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun 
moʻljal-langan pul daromadlari va harajatlari majmui. D.b. davlat ixtiyoridagi pul 
fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh boʻgʻini 
hisoblanadi. D.b. tarkiban umumdavlat (yoki markaziy) byudjet i (mamlakat 
miqyosidagi umumiy daromadlar va harajatlar yigʻindisi) vamahalliy (munitsipal) 
byudjet (hududiy tuzilmalar — oʻlka, viloyat, tuman va h.k. doirasidagi pul daro-
madlari va harajatlari)ga boʻlinadi. Ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning 
ichki sharoitiga bogʻliq boʻladi. Davlat jamiyatga ijtimoiy xizmatlar (milliy 
xavfeizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saklash, atrof-muhitni himoya qilish, 
nochorlarga yordam berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va b.) 
koʻrsatadi va bularning barchasi harajat talab qiladi.
Byudjet daromadlari soliqlar, solikdan tashqari yigʻimlar, davlat zayom-
laridan tushgan pul, davlat mul-kini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan 
mablagʻlardan shakllanadi. Byudjet daromadining aholi jon boshiga hisoblangan 
miqdori mamlakatning byudjet salohiyati (potensiali) deb yuritiladi va bu byudjet 
daromadining umumiy hajmiga hamda aholining soniga bogʻliq. Byudjet 
harajatlari uning daromadidan ortib ketsa, byudjet taqchilligi, yaʼni kamo-madi 
yuzaga keladi. Kamomad miqdori mamlakat yalpi millim mahsulotning 3—3,5% 


116 
ga teng boʻlishi meʼyoriy hisoblanadi. Byudjet kamomadining gʻoyat oshib 
ketishi va uni daromad bilan taʼminlash mumkin boʻlmaganda byudjet harajatlari 
qisqartiriladi. Markaziy, mahalliy D.b.lari va D.b.dan tashqari fondlar (davlatning 
muayyan maqsadli fondlari, maxsus maqsadli soliqlar, zayomlar, byudjetdan 
subsidiyalar hisobiga yaratiladigan maxsus fondlar) yigʻindisi davlatning yigma 
byudjetini tashkil etadi. D.b., odatda, joriy yilda kelgusi yil uchun tuziladi. 
Iqtisodiy beqarorlik sharoitida u chorak yoki yarim yilga tuzilishi ham mumkin. 
D.b.ni huku-mat tuzadi va yuqori qonun chiqaruvchi organ (parlament) 
tomonidan tasdiqlanadi. 
D.b. muayyan mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarni ham 
ifodalaydi. Jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va faoliyatiga qarab 
D.b. mohiyati, uning daromadlari va harajatlari xususiyati hamda tarkibi turlicha 
boʻladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlatning iqtisodiyot, i.ch., milliy 
daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashga faol aralashuvi D.b. mavqeining 
oshishiga sabab boʻladi, milliy daromad davlat ixtiyorida yigʻiladi va uning 
byudjet orqali qayta taqsimlanadigan qismi koʻpayadi. 
Hozirgi rivojlangan mamlakatlarda D.b.ning asosiy qismi soliqlar 
(fuqarolarning shaxsiy daromadlaridan undiriladigan shaxsiy daromad soligʻi, ish 
haqi fondiga soliq va korxonalar, korporatsiyalar foydasidan undiriladigan foyda 
soligʻi va b.) hisobiga shakllanadi (mas, 1987 y.da AQShda soliq tushumlari 
D.b.ning 98% ini, Buyuk Britaniyada 96,7% ini, Fransiyada 91,5% ini tashkil 
qildi). AQSH federal byudjetidan qilinadigan harajatlar orasida "da-romadlar 
darajasini taʼminlash" (qariyalar, mehnatga layoqatsizlar, ishsizlar, nogironlar, 
tibbiy yordamga muhtojlar, boquvchisini yoʻqotgan oilalar va h.k.ga yordam 
koʻrsatish) sarflari 40%, milliy mudofaa harajatlari (28—30%) eng muhim 
oʻrinda turadi. Oʻzbekiston Respublikasining D.b. respublika D.b., 
Qoraqalpogʻiston Respublikasi D.6., viloyatlar va Toshkent sh. mahalliy 
byudjetlarini birlashti-radi. Oʻzbekistonning birinchi D.b. 1924—25 y.larda 
tuzilgan boʻlib, uning hajmi 3,64 mln. soʻmni tashkil etgan edi.
Oʻzbekistonda yangi boshlanayotgan yil uchun D.b. yil yakuni (dek. oyining 
oxiri)da OʻzR Oliy Majlisi sessiyasida tasdiqlanadi va qabul qilingan D.b. qonun 
kuchiga ega boʻladi hamda amaliyotga joriy etiladi. Oʻzbekiston mustaqillikka 
erishgandan soʻng D.b.ning shakllanish xususiyatlari boshqariladigan bozor 
iqtisodiyotiga oʻtish davridagi oʻzgarishlar bilan bogliq holda bordi. Oʻzbekistan 
Respublikasi D.b. daromadlarining mutlaq koʻpchilik qismi soliklar hisobiga 
olinmoqda. 
1995 y.da Oʻzbekistonda byudjet kamomadi 3%, 1996 y.da 3,5%, 1997 y.da 
2,2%, 2000 y.da yalpi ichki mahsulotning 1 % (32,8 mlrd. soʻm)ga teng boʻldi. 
Amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq tashkil etiladigan byudjetdan tashqari 


117 
jamgʻarmalar (ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi, ish bilan taʼminlashga 
koʻmaklashish jamgʻarmasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi 
jamgʻarmasi, yoʻl jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mul-ki 
qoʻmitasi jamgʻarmasi, mineral xom ashyo bazasini tak ishlab chiqarish fondi, 
oʻzini oʻzi boshqarish mahalliy organlarining maxsus fondlari)ning maqsadli 
yoʻnalishlarini saqlab qolgan holda, 1995 y.dan boshlab Oʻzbekiston 
Respublikasining birlashgan byudjetiga kiritildi. 
Oʻzbekiston Respublikasi D.b.da jami daromadlar va harajatlar oʻzgarish-
larida ishlab chiqarishning rivojlanishi, xoʻjaliklar va aholi daromadlarining 
oʻsishi asosiy ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda D.b.ni shakllantirish tartibi 
Oʻzbekistan Respublikasining 2001 y. 1 yanvardan kuchga kirgan "Davlat 
byudjeti tizimi toʻgʻrisida" qonuni (2000 y. 14 dek.)ga muvofiq olib boriladi. 

Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish